Samarqandda 2 nafar bolani o‘ldirib, murdalarini yoqib yuborgan ayol qo‘lga olindi
15 mart 2021, 17:23

Samarqandda 2 nafar bolani o‘ldirib, murdalarini yoqib yuborgan ayol qo‘lga olindi

Samarqandda o‘z tanishining uyiga o‘g‘rilikka tushgan fuqaro xonadon egasining ikki nafar farzandini o‘ldirib qo‘ydi. U bolalarni aldab, o‘z uyiga oborgan va belkurak bilan bosh qismlariga tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng, ularning jasadlarini yoqib yuborgani aytilmoqda. Unga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket oltinchi bor ko‘tarilmoqda
15 mart 2021, 16:39

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket oltinchi bor ko‘tarilmoqda

Dollarning rasmi kursi 9 so‘mga qimmatladi va jami 10 528 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.

«So‘g‘diyona» — «Turon» uchrashuvi bosh hakami futbol uchrashuvlarni boshqarishdan vaqtincha chetlatildi
15 mart 2021, 16:16

«So‘g‘diyona» — «Turon» uchrashuvi bosh hakami futbol uchrashuvlarni boshqarishdan vaqtincha chetlatildi

14 mart kuni bo‘lib o‘tgan «So‘g‘diyona» — «Turon» uchrashuvi bosh hakami Viktor Serazitdinovning mazkur uchrashuvdagi faoliyati qoniqarsiz deb baholandi va hakamlik faoliyatidan nomuayyan muddatga chetlatildi. Shuningdek, maxsus inspeksiya tomonidan mazkur holat bo‘yicha o‘rganib chiqish ishlari boshlandi.

Maktablarda bahorgi ta’tillar 20 martdan boshlanadi
15 mart 2021, 15:57

Maktablarda bahorgi ta’tillar 20 martdan boshlanadi

Bahorgi ta’til 20 dan-28 martgacha davom etadi. 29 martdan o‘quv yilining 4-choragi boshlanadi.

O‘zbekistonda Koreyaning «Kyongnam Banki» ning vakolatxonasi ish boshlaydi
15 mart 2021, 15:23

O‘zbekistonda Koreyaning «Kyongnam Banki» ning vakolatxonasi ish boshlaydi

O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning «Kyongnam banki» vakolatxonasi Markaziy bank tomonidan akkreditatsiya qilindi.

Beeline Uzbekistan’ga Anjey Malinovskiy rahbarlik qiladi
15 mart 2021, 14:50

Beeline Uzbekistan’ga Anjey Malinovskiy rahbarlik qiladi

Anjey Malinovskiy Beeline Uzbekistan bosh direktori bo‘ladi. Oldinroq Artashes Davtyan ushbu lavozimni egallashi haqida xabar berilgan edi, ammo kompaniya uni ishga olish jarayonini yakunlay olmadi.

Xatirchi tumaniga yangi hokim tayinlandi
15 mart 2021, 14:41

Xatirchi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Toshkent viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Nizamov Sayfiddin Xatirchi tumaniga hokim etib tayinlandi.

«Bularga kim chora ko‘radi? Qachongacha chidash mumkin?» — «Turon» jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov
15 mart 2021, 14:32

«Bularga kim chora ko‘radi? Qachongacha chidash mumkin?» — «Turon» jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov

O‘zbekiston Superligasida «So‘g‘diyona» — «Turon» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yinning 52-daqiqasida bahsli holat yuzaga keldi va ushbu holat xaqida o‘yindan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida «Turon» bosh murabbiyi futboldagi korrupsiya haqida va adolatsizlik haqida gapirdi.

Ish haftasining ikkinchi yarmidan havo harorati ko‘tariladi
15 mart 2021, 14:26

Ish haftasining ikkinchi yarmidan havo harorati ko‘tariladi

Haftaning ikkinchi yarmi boshidan Eron hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib kelishi boshlanadi va havo harorati keskin ko‘tariladi.

O‘zbekistonda inson o‘zini baxtli his qilishi uchun yiliga 21 ming dollar kerak bo‘ladi
15 mart 2021, 14:19

O‘zbekistonda inson o‘zini baxtli his qilishi uchun yiliga 21 ming dollar kerak bo‘ladi

O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, o‘zbekistonliklar o‘zlarini baxtli his qilishlari uchun yiliga 21 960 dollardan ko‘proq mablag‘ topishlari kerak. Baxt uchun eng kam pul «talab qilinadigan» mamlakatlar deb Surinam (6 799 dollar), Argentina (8 788 dollar), Angola (8 921 dollar) va Qirg‘iziston (8 997 dollar) topildi.

Asakada hokimlik zaxirasidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
15 mart 2021, 14:16

Asakada hokimlik zaxirasidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Asaka tumanida sobiq fermer hokimlik zaxirasidagi 50 sotix yerni tanishlari orqali issiqxona qurish va sholichilik uchun ajratib berishini va’da qilgan. U buning uchun 10 ming dollar talab qilgan. Keshilgan pulning 5 ming dollarini olayotgani vaqtida Bosh prokuratura va DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Poytaxtda karantin talablariga rioya qilinishi qat’iy nazorat qilinadi, jamoat transportida niqob taqish talabi qo‘yildi
15 mart 2021, 13:26

Poytaxtda karantin talablariga rioya qilinishi qat’iy nazorat qilinadi, jamoat transportida niqob taqish talabi qo‘yildi

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda karantin talablariga rioya qilish qat’iy nazoratga olinishini ma’lum qildi. «Toshshahartransxizmat» jamoat transportida yo‘lovchilarga tibbiy niqob taqish talab etilishi haqida xabar berdi.

«Agar bu inson huquqlariga zid, deyishsa tupurdim bunday huquqiga» — Rasul Kusherbayev besoqolbozlikni qonuniylashtirish haqida
15 mart 2021, 13:26

«Agar bu inson huquqlariga zid, deyishsa tupurdim bunday huquqiga» — Rasul Kusherbayev besoqolbozlikni qonuniylashtirish haqida

«ILGA Europe» xalqaro tashkiloti O‘zbekistonda besoqolbozlikni taqiqlovchi qonun normalarini chiqarib tashlash taklifini bildirdi. Bunga Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘z munosabatini bildirar ekan, «agar bu inson huquqlariga zid, deyishsa tupurdim bunday huquqiga», deya ta’kidladi. Deputat «bu kabi mantiqsiz, aksiltabiiy taklifni berganlar bizga asli kim ekani va maqsadi nima ekanligini tushunib olavering», deya qo‘shimcha qildi.

15 mart kuni Toshkentning Sergeli va Olmazor tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
15 mart 2021, 13:22

15 mart kuni Toshkentning Sergeli va Olmazor tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

«Hududgaz Poytaxt» ning xabar berishicha, Sergeli va Olmazor tumanlarining gaz tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli ayrim hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘payishni boshladi. SSV ushbu vaziyat bo‘yicha izoh berdi
15 mart 2021, 13:15

COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘payishni boshladi. SSV ushbu vaziyat bo‘yicha izoh berdi

14 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar (tasdiqlanganlari) soni 111 tani tashkil qildi va 24 dekabrdan beri birinchi bor bu ko‘rsatkich 100 tadan oshdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi xavotirga sabab yo‘qligini aytib, Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonalarining to‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

«EVOS» filiallaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi
15 mart 2021, 12:20

«EVOS» filiallaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Yakshanba, 14 mart kuni Shayhontoxur tumanidagi «EVOS» umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Shoxobchaning 10 kv.m maydoni zarar ko‘rgan.

«Navbahor» muxlisi YTHda vafot etdi
15 mart 2021, 11:07

«Navbahor» muxlisi YTHda vafot etdi

«Navbahor» futbol klubi muxlisini Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasi bilan o‘yinidan so‘ng mashina urib yubordi. Fuqaro bir necha tan jarohatlari bilan vafot etdi.

Talabalar sovg‘asini «arzimas narsa» deb atagan Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi
15 mart 2021, 09:53

Talabalar sovg‘asini «arzimas narsa» deb atagan Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi

Buxoro davlat universitetida talabalarning 8 martga sovg‘asini «arzimas narsa» deb atab, «endi hammasi boshqacha bo‘ladi» deya ogohlantirgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi.

Xonqa sudi binosining tomi kuchli shamolda qulab tushdi
14 mart 2021, 14:46

Xonqa sudi binosining tomi kuchli shamolda qulab tushdi

Kuchli shamol natijasida Xonqa tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi binosining tomi qulab tushdi.

Chegaralarda koronavirusga ekspress-test olish tartibi 15 martdan bekor qilindi
14 mart 2021, 08:05

Chegaralarda koronavirusga ekspress-test olish tartibi 15 martdan bekor qilindi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan aeroport, temir yo‘l vokzali yoxud chegara punkti hududida koronavirusga antigen ekspress test olish tartibi 15 martdan bekor qilinadi. 15 martdan salbiy PZR testi bilan (oxirgi 72 soat ichida olingan) O‘zbekistonga kirishga ruxsat beriladi. 25 martga qadar natijalari O‘zbekistonda tan olinadigan xorijiy laboratoriyalar ro‘yxati tuziladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting