Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bir nafar yo‘lovchi vafot etgan, ikki nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
TIV Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha bayonotida, O‘zbekiston «qo‘shni davlatning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga sodiqligini» qat’iy bildirdi. Shuningdek, O‘zbekiston tomoni chegara himoyasini ta’minlash va chegara hududida tinchlikni saqlash masalalari bo‘yicha «Tolibon» harakati vakillari bilan yaqin aloqada bo‘lib turganini ma’lum qilindi. Mamlakatning Kobul va Mozori Sharifdagi diplomatik vakolatxonalari odatdagi tartibda ishlamoqda.
Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, hududlarga tashrif chog‘ida «marshrut»ni o‘zgartirish joylardagi rahbarlarni bo‘shashmasdan, doimo ishchan holatda turishga o‘rgatadi. Davlat rahbarining qayd etishicha, uning ogohlantirishiga qaramasdan, joylarda faqat prezidentning tashrifi oldidan ko‘cha va maydonlarni tozalash ishlari davom etmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan 2020 yilda turli darajadagi mansabdorlar tomonidan 500 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilning besh oyida esa 1696 nafar mansabdorga nisbatan jinoiy ish ochilib, yetkazilgan zarar 450 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 846 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, dushanba kuni 407 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev endilikda poytaxt va yirik shaharlardagi yangi qurilishlar shahar tashqarisida amalga oshirilishi haqida ma’lum qildi. Shuningdek, davlat rahbari daraxtlar kesilishi masalasiga to‘xtalib, «yashil hududlarni kamaytirish holatlari tufayli turarjoy mavzelarida odamlar sayr qiladigan joylar qolmayotganini» ta’kidladi.
Qarshi shahrida Nexia piyodalar o‘tish joyidan onasi bilan o‘tayotgan, bolalar aravachasida bo‘lgan 9 oylik chaqaloqni urib yubordi. Voyaga yetmagan bola og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
AQSh prezidenti Afg‘onistondan harbiylarni olib chiqib ketayotganidan afsusda emasligini aytib, Amerika Afg‘onistonda o‘z maqsadiga erishganini ma’lum qildi. «Bizning Afg‘onistondagi yagona hayotiy va muhim manfaatimiz AQShga nisbatan terrorchilik hujumlarining oldini olish bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi», — dedi u.
Kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan afg‘onistonlik marshal Abdul-Rashid Do‘stum «Tolibon» nazoratiga o‘tgan Mozori-Sharifdan O‘zbekiston tomonga qochib ketdi, deb xabar tarqatmoqda xorij OAVlari. Mazkur ma’lumot hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q.
Bosh prokuratura o‘zining Telegram kanalidan Afg‘onistonning harbiy samolyot va vertolyotlari O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi xabarni oxirigacha tasdiqlanmaganligi sababli o‘chirib tashladi.
Tarmoqlarda O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va harbiylari Surxondaryoga qo‘ngan va ichida afg‘on harbiylari bo‘lgan ikkita vertolyotni ko‘zdan kechirayotgani aks etgan videoyozuv paydo bo‘ldi. «Toliblar Kobulni egalladi, biz jang maydonidan qochdik… Boshqa choramiz yo‘q edi»", — deydi afg‘on harbiylaridan biri.
«Gazeta.uz»ning yo‘l harakati qoidalarini buzganlik haqidagi videoyozuvlarni ko‘rib chiqishdagi muammolar to‘g‘risidagi maqolasidan so‘ng YHXBB xizmat tekshiruvi tayinlanganligini ma’lum qildi.
14−15 avgust kunlari Afg‘onistonning 22 ta harbiy samolyoti va 24 ta harbiiy vertolyoti O‘zbekiston havo hududiga kirgan va Termiz xalqaro aeroportiga majburiy qo‘ndirilgan. 15 avgustda Afg‘onistonning Embraer 314 harbiy samolyoti uni kuzatib borayotgan O‘zbekiston HHKning «MIG-29» samolyoti bilan to‘qnashib, har ikki samolyot Surxondaryo viloyati hududiga qulagan. Ularning uchuvchilari parashyut orqali yerga tushishgan.
Malayziya bosh vazirining iste’fosi, Rossiyadagi o‘rmon yong‘inlari va suv toshqinlari, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qonunchilik palatasi deputatlari Toshkent shahri va viloyatining to‘rttadan tumanlari chegaralarini o‘zgartirish tasdiqladilar. Poytaxt chegaralari 7853,3 ga yer maydoni hisobiga kengayadigan bo‘ldi. Shu bilan birga, Sergeli va Bektemir tumanlaridan bir qism yer Zangiota va Yuqorichirchiq tumanlari tarkibiga o‘tadi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Afg‘oniston havo kuchlariga tegishli samolyotning Surxondaryoda qulab tushganini tasdiqladi. «Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinishning oldi olingan», — deya qayd etdi vazirlik. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga ushbu mamlakatda ro‘y bergan halokatli suv toshqinlar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Buxoroda 10 ming dollar evaziga vakolatli tanishlari yordamida uy-joy qurish uchun yer olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga tushdi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berish moddalari bilan ish ochildi.
Dollarning rasmiy kursi 23,00 so‘mga pasaydi va jami 10 660,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham biroz pasaydi, yevro kursi ko‘tarildi.
Kobul aeroportida yuzlab odamlar Afg‘onistondan uchadigan so‘nggi samolyotlarga tirmashib chiqishayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Ulardan ba’zilari samolyotlarning bortiga, ba’zilari esa tezlikni oshirayotgan samolyot tagiga qo‘llari bilan ilinmoqchi bo‘lganlar. Hozirda aeroportdagi holatlardan so‘ng bir necha kishi halok bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting