Farg‘ona viloyatida 11 yoshli bola ikki yil davomida o‘z amakisining jinsiy tajovuziga uchragani aytilmoqda. Hodisa to‘g‘risida bloger Aqida Xanum ma’lum qildi.
Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining o‘n birinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar yengil atletika, yunon-rum kurashi, boks hamda og‘ir atletika bellashuvlarida qatnashishdi. Musobaqaning navbatdagi kunida O‘zbekiston bitta oltin medalga ega bo‘ldi.
Xalq banki muammoli kreditlar salmog‘i oshib ketgani uchun tijoriy kreditlar berishni to‘xtatdi. 1 iyul holatida ularning ulushi iyundagi 6 foiz o‘rniga 15 foiz yoki 3,2 trln so‘mga yetdi.
Qirg‘izistonning birinchi prezidenti Askar Akayev DMXQdagi so‘roqdan keyin «Kumtor» oltin koni to‘g‘risidagi ish bo‘yicha tergov bilan hamkorlik qilish uchun mamlakatga kelganini ma’lum qildi.
Toshkentda IIV Jazoni ijro etish departamentidagi tanishlari orqali 19 yilga qamalgan shaxsni ozodlikka chiqarishga va’da bergan surxondaryolik fuqaro qo‘lga olindi.
Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarining og‘ir atletika sportida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Akbar Jo‘rayev oltin medalni qo‘lga kiritdi va ikkita yo‘nalish bo‘yicha Olimpiada rekordini o‘rnatdi.
Prezident raisligida o‘tayotan videselektorda Shavkat Mirziyoyev pandemiyani yengib o‘tish doirasida olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda 10 mingga yaqin bemor shifoxonada, 3 ming nafari uy sharoitida davolanayotgan bo‘lsa, 2,4 ming nafari og‘ir, 890 nafari o‘ta og‘ir ahvolda. «Virusdan himoyalanish va uni yengishning eng muhim sharti — vaksinatsiya», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Dollarning rasmiy kursi 7,02 so‘mga pasayli va jami 10 646,98 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa biroz ko‘tarildi.
YUNESKO Umumjahon merosi qo‘mitasi pandemiya sharoitida O‘zbekistonga Shahrisabzning tarixiy qismini qayta tiklashi uchun yana bir yil muddat berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Italiyaning “Roma” klubiga o‘tgan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov haqida uning agenti hamda “Roma” klubi bosh direktori fikr bildirdi. Shuningdek, Shomurodov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi. “Vatanimni tanitishdan faxrlanaman”, — deydi u. Bundan tashqari Eldor Shomurodov klubdagi fotogalereyasini ham o‘tkazdi (foto, video).
Fransiyaning Veolia kompaniyasi Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi boshqaruvini qo‘lga kiritadi. Kompaniya 30 yil ichida 315 mln yevro hamda loyiha davrida olinadigan daromad hisobidan 1 mlrd 80 mln yevro investitsiya kiritadi. 10 yil ichida Toshkentdagi barcha qozonxonalarni yopiq issiqlik ta’minoti tizimiga o‘tkazish ham reja qilingan. Sinov loyihalari ikkita tumanda amalga oshiriladi.
Poytaxt jamoat transportining real vaqtdagi harakatini kuzatishga mo‘ljallangan «Toshkent transporti» mobil ilovasi ishga tushirildi. Ilova orqali transport kartalarini sotish shahobchalarining joylashuvini ham ko‘rish mumkin.
Buxorodagi «Abdullaxon» madrasasi orqa tomon devorining bir bo‘lagi o‘pirilib tushdi. Qayd etilishicha, hodisa issiq va sovuq iqlim, yog‘ingarchiliklar va yer osti suvlarining ko‘tarilishi ta’sirida sodir bo‘lgan.
Toshkent viloyatida yana YPX xodimi Malibu haydovchisiga protokol tuzmoqchi bo‘lganida, u haydovchining telefonida “xo‘jayin” bilan gaplashdi. Yakunda xodim haydovchini “ogohlantirib”, qo‘yib yubordi. Mazkur jarayon Toshkent telekanali efirida uzatilgan.
Respublika bo‘ylab 2021−2022 o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan xiyobon va stadionlarning manzillari ro‘yxati ma’lum qilindi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 899 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 7 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, dushanba kuni 516 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Majburiy emlashni qonuniylashtirishga oid hujjat prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan karantinli va xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori bilan aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi belgilanmoqda. Qolaversa, Mehnat kodeksiga xodim emlashdan o‘tishni rad etgan holda ish beruvchi uni ishdan chetlatishiga haqli degan norma kiritildi.
Italiyaning «Roma» klubi «Jenoa» safida to‘p surgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov transferi uchun 17,5 mln yevro to‘ladi. Futbolchi rimliklar bilan 2026 iyunining oxirigacha shartnoma imzoladi. Shomurodov «bo‘rilar» safida 14 raqam ostida harakat qiladi.
Poytaxtda 2 avgustdan 7 avgustgacha «Shahrimiz daraxtlarini birgalikda asraylik!» shiori ostida daraxtlarni sug‘orish aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Senat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Andijon filiali Rossiyaga ishga jo‘natgan 41 nafar o‘zbekistonliklar va’da qilingan maosh to‘lanmayotganligi haqidagi murojaatni o‘rganish natijalarini e’lon qildi. Aniqlanishicha, fuqarolarning pasportlari rasmiylashtirish uchun olingan va ular bir soatlik ish haqini bir kunlik deb «noto‘g‘ri tushunishgan». Ushbu voqealar ortidan agentlikning Andijon filiali rahbari Ulug‘bek Yuldoshev ishdan bo‘shatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting