«Bolalar g‘amxo‘rlikni to‘liq his qilayapti-mi? Afsuski, yo‘q». Prezident — mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari haqida
28 iyul 2021, 18:00

«Bolalar g‘amxo‘rlikni to‘liq his qilayapti-mi? Afsuski, yo‘q». Prezident — mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari haqida

Chorshanba kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev mehribonlik uylaridagi bolalar g‘amxo‘rlikni to‘liq his qilmayotganini qayd etdi. Shuningdek, hokimlar, sektor rahbarlari va Xalq ta’limi vazirligi mehribonlik uylari bilan yetarlicha ishlamagani tanqid ostiga olindi. Shundan kelib chiqib, 16 ta «Mehribonlik uyi» va 4 ta «Bolalar shaharchasi» Milliy Gvardiya tizimiga o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Tokio-2020: O‘zbekiston Olimpiadaning beshinchi kunini bronza medali bilan yakunladi
28 iyul 2021, 17:31

Tokio-2020: O‘zbekiston Olimpiadaning beshinchi kunini bronza medali bilan yakunladi

Tokiodagi Olimpiadaning beshinchi kunida dzyudochi Davlat Bobonov bronza medali sohibiga aylanib, O‘zbekiston terma jamoasiga musobaqadigi ikkinchi medalni keltirdi. Bokschilar Mirazizbek Mirzahalilov va Dilshod Ro‘zmetovlar Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroklarini tugatishdi. Dzyudochi Gulnoza Matniyazova ham yakka bahslardagi ishtirokini muvaffaqiyatsiz yakunlab, aralash jamoaviy yo‘nalishdagi ishtirokiga tayyorlanadi.

«Roma» Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda — OAV
28 iyul 2021, 17:30

«Roma» Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda — OAV

Italiyaning «Roma» klubi o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, rimliklar futbolchi uchun 15 mln yevro taklif qilgan, ammo «Jenoa» jamoasi forvard uchun 20 mln yevro talab qilishmoqda. Insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, Shomurodov faoliyatini «Roma»da davom ettirishga yaqin.

Yaponiya qishloqlarda ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga grant ajratadi
28 iyul 2021, 16:59

Yaponiya qishloqlarda ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga grant ajratadi

Yaponiya hukumati O‘zbekistonning uzoq qishloqlarida ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga 2,7 mln dollardan ko‘proq miqdorda grant ajratmoqda. Loyiha Jahon banki ko‘magida Mahalla vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Farg‘ona vodiysida 29−31 iyul kunlari sel kelishi xavfi bor
28 iyul 2021, 16:51

Farg‘ona vodiysida 29−31 iyul kunlari sel kelishi xavfi bor

29−31 iyul kunlari Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga sel kelishi xavfi bor.

Prezident mehribonlik uylarini Milliy gvardiya mas’ulligiga o‘tkazishni taklif qildi
28 iyul 2021, 16:23

Prezident mehribonlik uylarini Milliy gvardiya mas’ulligiga o‘tkazishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi 21-mehribonlik uyiga tashrif buyurdi. Prezident ta’kidlashicha, «mehribonlik uyida sharoitlar yaxshi, lekin tarbiyalanuvchilarning 18 yoshdan keyingi mustaqil hayotiga ko‘maklashuvchi mas’ul idora yo‘q». Shu sababli, davlat rahbari barcha mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlarni Milliy gvardiya mas’ulligiga o‘tkazish taklifini bildirdi.

Dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik o‘sishdan so‘ng biroz pasaydi
28 iyul 2021, 16:12

Dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik o‘sishdan so‘ng biroz pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 21,97 so‘mga pasaydi va jami 10 648,03 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.

Tokio-2020. O‘zbekistonlik dzyudochi Davlat Bobonov bronza medal sohibi bo‘ldi
28 iyul 2021, 16:07

Tokio-2020. O‘zbekistonlik dzyudochi Davlat Bobonov bronza medal sohibi bo‘ldi

-90 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik dzyudochi Davlat Bobonov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritib, O‘zbekiston delegatsiyasiga ikkinchi medalni taqdim qildi.

Endi «tonirovka» ruxsatnomasi faqat yagona portal orqali beriladi
28 iyul 2021, 15:18

Endi «tonirovka» ruxsatnomasi faqat yagona portal orqali beriladi

1 oktyabrdan «tonirovka» ga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati faqat my.gov.uz orqali ko‘rsatiladi. Ruxsatnoma 1 yil muddatga beriladi va oynalar haydovchi tomonidan mustaqil ravishda qoraytiriladi.

«Murojaatlarning 30 foizi ijobiy hal bo‘lgan». Ombudsmanning 6 oylik faoliyati sarhisob qilindi
28 iyul 2021, 14:45

«Murojaatlarning 30 foizi ijobiy hal bo‘lgan». Ombudsmanning 6 oylik faoliyati sarhisob qilindi

Joriy yilning birinchi yarmida Ombudsmanga 9 632 ta murojaat kelib tushgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 32 foizga ko‘p. Hozirga qadar ularning 30 foizi ijobiy hal qilingan. Natijada 13 ta jinoiy, 4 ta ma’muriy va 8 ta intizomiy ish qo‘zg‘atilgan. 16 nafar mansabdor javobgarlikka tortilgan, qolaversa, 10 dan ortiq fuqaro ishga tiklangan.

AQSh O‘zbekiston bolalar bog‘chalari uchun $21 mln ajratadi
28 iyul 2021, 14:12

AQSh O‘zbekiston bolalar bog‘chalari uchun $21 mln ajratadi

AQSh “O‘zbekistonda ta’lim va bolalar uchun oziq-ovqat” dasturi doirasida maktabgacha ta’lim muassasalari uchun 21 mln dollar ajratadi. Mazkur mablag‘ 400 dan ortiq maktabgacha ta’lim muassasasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi 245 ta qishloq va kam ta’minlangan MTTlariga yo‘naltiriladi.

Toshkentda YTH oqibatida 17 yoshli yigit vafot etdi
28 iyul 2021, 13:59

Toshkentda YTH oqibatida 17 yoshli yigit vafot etdi

Toshkentning Yunusobod tumanida Nexia-2 avtomashinasi piyodani urib yubordi. Yigit olgan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi.

Migratsiya va odam savdosi bo‘yicha Telegram-bot ishga tushirildi
28 iyul 2021, 13:39

Migratsiya va odam savdosi bo‘yicha Telegram-bot ishga tushirildi

O‘zbekistonlik mehnat migrantlariga yordam berishga mo‘ljallangan Telegram-bot ishga tushirildi. Unda chet elda ishlash va yashash qoidalari, ularning huquq va majburiyatlari, shuningdek, chet elda ishlayotganlarni qo‘llab-quvvatlash turlari to‘g‘risida bilib olish mumkin. Bundan tashqari, botga odam savdosi to‘g‘risida ma’lumot yuborilishi mumkin.

Yarim kunga suv ta’minotidan uzilgan aholiga maxsus mashinalarda ichimlik suvi yetkazish taklif etildi
28 iyul 2021, 12:51

Yarim kunga suv ta’minotidan uzilgan aholiga maxsus mashinalarda ichimlik suvi yetkazish taklif etildi

Qonunchilik palatasi tomonidan ichimlik suvi ta’minotiga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, har oyda kamida bir marta hisoblagichlar holatini o‘rganish, ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar davomiyligi 12 soatdan oshsa aholini maxsus mashinalarda ichimlik suvi bilan ta’minlash va tariflar narxi o‘zgarishi haqida 15 kun oldin xabardor qilish taklif etilmoqda.

O‘zbekistonda 5 iyuldan beri pnevmoniyadan 60 kishi vafot etdi
28 iyul 2021, 12:24

O‘zbekistonda 5 iyuldan beri pnevmoniyadan 60 kishi vafot etdi

O‘zbekistonda 5 iyuldan beri 8723 nafar bemorlarda pnevmoniya aniqlangan bo‘lib, ularning 2770 nafari sog‘ayib chiqqan. Shu kungacha bemorlarning 60 nafari vafot etdi. Viloyatlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri (3240), Toshkent (1288) va Jizzax viloyatida (998) qayd etilgan.

Notariuslar faoliyati «Sirli mijoz» orqali tekshiriladi
28 iyul 2021, 11:53

Notariuslar faoliyati «Sirli mijoz» orqali tekshiriladi

Hukumat qarori bilan notariuslarning qonun hujjatlariga rioya etishi ustidan nazorat qilish, jumladan, rejali, qisqa muddatli, kameral tekshiruvlar o‘tkazish tartibi belgilandi. Shu bilan birga, notariuslar adliya organi rahbarining buyrug‘i asosida «Sirli mijoz» tadbiri yordamida tekshiriladi.

Samarqandda 5 ta uy yonib ketdi
28 iyul 2021, 11:35

Samarqandda 5 ta uy yonib ketdi

Samarqand viloyatida 5 ta uy yonib ketdi. Yong‘in kuchli shamol oqibatida katta maydonga tarqalgan. Uni o‘chirishga 1 soatdan oshiq vaqt ketdi. Yong‘in natijasida jarohat olganlar yo‘q.

Qashqadaryoda 10,4 mlrd so‘mlik davlat xaridlariga oid ish va xizmatlar shartnomasiz bajarilayotganligi aniqlandi
28 iyul 2021, 11:33

Qashqadaryoda 10,4 mlrd so‘mlik davlat xaridlariga oid ish va xizmatlar shartnomasiz bajarilayotganligi aniqlandi

Antikorrupsiya agentligining Qashqadaryo viloyatida o‘tkazgan o‘rganishlari natijasida davlat xaridlariga oid amaldagi e’lonlar bo‘yicha 32 ta holatda 10,4 mlrd so‘mlik ish va xizmatlar hali shartnomalar tuzilmasdan pudratchilar tomonidan boshlab yuborilganligi aniqlandi. E’lon muddati hali tugamagan ba’zi ishlar 100 foiz bajarilgan.

1 sentyabrdan Rossiyaga tashrif buyuruvchi o‘zbekistonliklar maxsus mobil ilovadan foydalanishi kerak bo‘ladi
28 iyul 2021, 11:28

1 sentyabrdan Rossiyaga tashrif buyuruvchi o‘zbekistonliklar maxsus mobil ilovadan foydalanishi kerak bo‘ladi

O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarning erkin harakatlanishi uchun yaratilgan «Puteshestvuyu bez COVID-19» («COVID-19`siz sayohat qilaman») ilovasiga qo‘shildi. 1 sentyabrdan boshlab ilovadan foydalanish Rossiyaga tashrif buyurayotgan o‘zbekistonliklar uchun majburiy bo‘ladi. Ilovada tahlil natijalarini ko‘rish uchun belgilangan laboratoriyalarda PZR-testini topshirish kerak bo‘ladi.

Surxondaryoda «UAZ» avtomobilidagi gaz balloni yorildi
28 iyul 2021, 10:40

Surxondaryoda «UAZ» avtomobilidagi gaz balloni yorildi

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida «UAZ» avtomobilidagi gaz balloni yorildi. Jabrlanganlar yo‘q.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting