Saidjamol Sultonov Bektemir tumaniga hokim bo‘ldi
11 fevral 2021, 18:21

Saidjamol Sultonov Bektemir tumaniga hokim bo‘ldi

Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Saidjamol Sultonov Bektemir tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkaziladi
11 fevral 2021, 18:19

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini birlamchi bosqichda sertifikatlashtirish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish ma’qulladi.

Koronavirusga qarshi birinchi navbatda kimlar emlanadi?
11 fevral 2021, 18:15

Koronavirusga qarshi birinchi navbatda kimlar emlanadi?

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 65 yoshdan oshgan qariyalar, surunkali kasalliklari bor shaxslar, maktab o‘quvchilari, tibbiyot va huquqni muhofaza qilish organi xodimlari birinchi navbatda emlanishi ma’lum qilindi.

Germaniya bilan aviaqatnovlar cheklovi bekor qilindi
11 fevral 2021, 17:57

Germaniya bilan aviaqatnovlar cheklovi bekor qilindi

Maxsus komissiya tomonidan O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi aviaqatnovlarga joriy etilgan cheklovlar bekor qilindi.

Davlat organlariga Digital Holding bilan tenderlarsiz shartnoma tuzishga ruxsat beriladi
11 fevral 2021, 17:23

Davlat organlariga Digital Holding bilan tenderlarsiz shartnoma tuzishga ruxsat beriladi

«USM Telecom» va MegaFon o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladigan Digital Holding korxonasiga stansiyalarni qurish uchun doimiy foydalanishga mo‘ljallangan yer uchastkalarini auksionlarsiz olish imkoniyati, va shuningdek, turli imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, prezident qarori bilan korxonaga bir qator vazifalar qo‘yildi.

Samarqandda 300 ming daraxt va butalar ekiladi
11 fevral 2021, 16:34

Samarqandda 300 ming daraxt va butalar ekiladi

Samarqandning asosiy sayyohlik hududlarida 2022 yilda SHHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rish uchun 300 mingga yaqin manzarali daraxt va butalarni ekish rejalashtirilmoqda.

2023 yildan ish yuritishda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tiladi
11 fevral 2021, 16:10 1

2023 yildan ish yuritishda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tiladi

Hukumat qarori bilan, 2023 yil 1 yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda ish yuritishda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tiladi. Rasmiy veb-saytlar, mahalliy OAV, internet saytlari, rasmiy hujjatlar va ish qog‘ozlari ham to‘liq lotin yozuviga o‘tkaziladi. Normativ-huquqiy hujjatlar muhokama uchun ham lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilida e’lon qilinishi kerak bo‘ladi.

Andijon viloyati hokimining sobiq birinchi o‘rinbosari Andijon tumani hokimi bo‘ldi
11 fevral 2021, 15:51

Andijon viloyati hokimining sobiq birinchi o‘rinbosari Andijon tumani hokimi bo‘ldi

Abdujabbor Egamberdiyev Andijon tumani hokimi vazifasiga tayinlandi. Tayinlovdan avval u viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Bag‘dod tumanida 8 ming dollar evaziga yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
11 fevral 2021, 15:33

Bag‘dod tumanida 8 ming dollar evaziga yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati «Yermulkkadastr» Bag‘dod tuman filiali sobiq mutaxassisi o‘zini haliyam kadastrda ishlashini aytib, fuqaroga 8 gektar yer olib berishni va’da qiladi. Buning evaziga esa 8 ming dollarni olgan vaqtida qo‘lga tushadi.

O‘zbekistondagi eng faol banklar aniqlandi
11 fevral 2021, 15:32

O‘zbekistondagi eng faol banklar aniqlandi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan tayyorlangan O‘zbekistondagi yirik banklarning faollik indeksida «Kapitalbank», Hamkorbank va «Aloqabank» eng yuqori o‘rinlarni egalladi.

Ikkita niqob taqish koronavirusdan himoyalanish darajasini oshiradi — CDC
11 fevral 2021, 14:33

Ikkita niqob taqish koronavirusdan himoyalanish darajasini oshiradi — CDC

AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, mahkam jipslangan niqob yoki ikkita niqob taqish koronavirusdan himoyalanish darajasini sezilarli darajada oshirishi aniqlandi.

6 kgdan ko‘proq giyohvandlik vositasini sotmoqchi bo‘lgan jinoiy guruhlar qo‘lga tushdi
11 fevral 2021, 14:30

6 kgdan ko‘proq giyohvandlik vositasini sotmoqchi bo‘lgan jinoiy guruhlar qo‘lga tushdi

Davlat bojxona qo‘mitasi hamda DXX hamkorligida o‘tkazilgan tadbirlarda 6 kgdan ko‘proq giyohvandlik vositasini sotmoqchi bo‘lgan jinoiy guruhlar qo‘lga tushdi. Og‘ular xorij davlatidan sotish maqsadida keltirilgani aniqlandi.

Namanganda sodir etilgan YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
11 fevral 2021, 13:48

Namanganda sodir etilgan YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Namangan shahrida 20 yoshli yigit boshqaruvidagi Lacetti katta tezlikda reklama ustuniga borib urildi. Buning oqibatida, haydovchi va mashina ichidagi ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi.

Bosh prokuratura bloger Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha qonun buzilmaganini ma’lum qildi
11 fevral 2021, 13:45

Bosh prokuratura bloger Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha qonun buzilmaganini ma’lum qildi

Bosh prokuratura bayonotiga ko‘ra, surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyning ishi bo‘yicha qonun buzilishi holatlari aniqlanmadi. Bundan tashqari, bloger ustidan 7 ta holat bo‘yicha murojaatlar kelib tushgani aytilmoqda.

Qo‘rg‘ontepa tumaniga yangi hokim tayinlandi
11 fevral 2021, 12:43

Qo‘rg‘ontepa tumaniga yangi hokim tayinlandi

Elyorbek Nabijonov Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi vazifasiga tayinlandi. Tayinlovdan avval u Qo‘rg‘ontepa tumani «Khantex Group» MCHJ kuzatuv Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

«Hafta o‘rtasida birorta vazirni Toshkentda ko‘rsam, ishdan olaman» — prezident
11 fevral 2021, 12:38

«Hafta o‘rtasida birorta vazirni Toshkentda ko‘rsam, ishdan olaman» — prezident

Shavkat Mirziyoyev vazirlar ish kunlarini Toshkentda emas, viloyatlarda o‘tkazishi kerakligini ta’kidladi. Ular Toshkentda faqat shanba va yakshanba kunlari bo‘lishi mumkin. Prezident «vazir respublikaga xizmat qilishini, Toshkentni qorovullab o‘tirmasligini» aytdi.

Andijon viloyati IIB boshqarma boshlig‘i hokim o‘rinbosari bo‘ldi
11 fevral 2021, 12:35

Andijon viloyati IIB boshqarma boshlig‘i hokim o‘rinbosari bo‘ldi

Maxamadjon Nishonov Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bundan avval, u viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

«Oliy ta’lim muassasasida hammasi isloh bo‘ladi, bizga atigi 3 oy kerak» — Abduqodir Toshqulov
11 fevral 2021, 11:47

«Oliy ta’lim muassasasida hammasi isloh bo‘ladi, bizga atigi 3 oy kerak» — Abduqodir Toshqulov

Abduqodir Toshqulov oliy ta’lim muassasalari isloh qilinishi, buning uchun esa uch oy vaqt kerakligini ma’lum qildi. «Umuman oliy ta’lim muassasasida nima yoqmagan bo‘lsa hammasi isloh bo‘ladi», — dedi vazir.

Gelenjikdagi «Putin saroyi» ning qurilishida o‘zbeklar ham ishtirok etgan — BBC
11 fevral 2021, 11:45

Gelenjikdagi «Putin saroyi» ning qurilishida o‘zbeklar ham ishtirok etgan — BBC

BBC Muholifatchi Aleksey Navalnыy surishturividagi «Putin saroyi» qurilishida ishtirok etgan ishchilar bilan suhbat qildi. Saroyning qurilishi shoshilinch bo‘lganligi va unda harbiylar, o‘zbeklar, ruslar qatnashgani aytilmoqda.

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
11 fevral 2021, 10:33

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Otabek Tursunov Andijon viloyati hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting