Shaxsiy ma’lumotlar bo‘yicha qonunchilikni buzgan TikTok, Twitter, Skype va «VKontakte» internet platformalari qatoriga Xitoyning WeChat ijtimoiy tarmog‘i ham qo‘shildi. O‘zbekistonda ushbu ijtimoiy tarmoqlar faoliyati cheklangan.
Karantin tadbirlari boshlangandan beri O‘zbekiston bo‘ylab 1 mln 184 mingdan ortiq qoidabuzarliklar aniqlangan. Ulardan 1 mlndan ortig‘ida jarima belgilangan. Tibbiy niqob taqmaganlik bo‘yicha 1,1 mlntadan ortiq qoidabuzarlik holatlari qayd etilgan.
1 noyabrdan Davlat xizmatlari markazlari, «Litsenziya» axborot tizimi hamda YAIDXP orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari belgilangan muddatidan 3 ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, xizmat uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi 1 ish kunida qaytariladi.
DXX Chegara qo‘shinlari «Gazeta.uz» so‘roviga bergan javobida Afg‘oniston bilan chegara hududda qochoqlar uchun palatkalar shaharchasi qurilayotgani haqidagi xabarni rad etdi. Shuningdek, Chegara qo‘shinlari afg‘on harbiy xizmatchilari va mahalliy qurolli guruhlar ko‘ngillilari iyun oyida O‘zbekiston chegarasini qay tarzda kesib o‘tishganini ham ma’lum qilishdi.
27 iyuldan boshlab respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo‘yi hududidan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi. Haftaning oxiriga kelib havo harorati +33 daraja atrofida bo‘ladi. Yaqin kunlarda ba’zi hududlarda shamol va chang bo‘ronlarining kuchayishi kutilmoqda.
Bekobod shahrida yashovchi aka-ukalar o‘z xonadonlarida voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy tarzda diniy saboq berayotganliklari aniqlandi. Ular bolalardan 800 ming so‘mdan 1,5 mln so‘mgacha oylik to‘lov olib kelgan. Ushbu shaxslarga nisbatan BHMning 7−8 baravari miqdorida jarima hamda ulardan biriga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvi avgust oyining boshida o‘tkazilishi kutilayotgani ma’lum qilindi. Bundan tashqari, davlat rahbarining haftalik ish rejasi haqida ham ma’lumot berildi.
Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan soyda cho‘milayotgan ayol boshqa bir ayol tomonidan kaltaklandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Elektron onlayn-auksionni o‘tkazish tartibini soddalashtirish va shaffofligini oshirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, onlayn-auksionlar tartib-taomillarining yagona tartibi joriy etiladi. Hujjat bilan obyektlarni auksionga chiqarish uchun to‘lanadigan yig‘im bekor qilinmoqda. Shuningdek, auksion g‘olibi to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortgan taqdirda, g‘olib hamda uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sischilari auksionlardan chetlatiladi.
Kecha O‘zbekistonda 705 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 482 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 7 nafar bemor vafot etdi.
O‘zbekistonda avgust oyidan boshlab koronavirusga qarshi xitoy-o‘zbek vaksinasi ishlab chiqarish bo‘yicha memorandum imzolanishiga kelishildi. Birinchi bosqichda oyiga 10 mln doza vaksina ishlab chiqarish va keyinchalik bu ko‘rsatkichni yiliga 200 mln dozagacha olib chiqish ko‘zda tutilmoqda.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining uchinchi kunida beshta sport turi bo‘yicha 7 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.
Tokiodagi Olimpiadaning ikkinchi kuni taekvondochi Ulug‘bek Rashitovning oltin medali va gimnastikachi Oksana Chusovitinaning karerasini yakunlagani bilan tarixda qoldi. Shu kuni O‘zbekiston terma jamoasining yana 9 nafar sportchisi musobaqalarda qatnashdi, medallar uchun kurashlarni esa faqat bokschilar davom ettiradigan bo‘ldi.
Suzish federatsiyasi rahbarining vaqtincha ishdan chetlatilishi, o‘zbekistonlik 2 nafar tennischi kelishilgan o‘yinlar sababli diskvalifikatsiya qilinishi, Tokio olimpiadasidagi ilk oltin medal va Olimpiya o‘yinlari atrofidagi jarayonlar — “Gazeta.uz” ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.
Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida taekvondo yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Ulug‘bek Rashitov final bahsida britaniyalik raqibi Bredli Sinden ustidan g‘alaba qozonib, olimpiada chempioni bo‘ldi.
Samarqand viloyatining Urgut tumanida Cobalt avtomashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan 5 yoshli piyodani urib yuborgan. Qizaloq voqea joyida vafot etgan.
O‘zbekistonlik sport gimnastikachisi Oksana Chusovitina olimpiada o‘yinlarida saralash bahslarida 11-o‘rinni egalladi va final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. Mazkur olimpiada Chusovitina uchun sakkizinchi olimpiada bo‘ldi. Avvalroq, u olimpiadadan keyin faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi.
24 iyul kuni O‘zbekistonga Ispaniyaning Bilbao shahridan jo‘natilgan «Afrosiyob» poyezdi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida vagonlari yig‘ilib, yaxlit holatga keltirilganidan so‘ng, temir yo‘l orqali olib kelindi. Avvalroq, poyezd 2 ta lokomotiv va 11 ta vagondan iborat ekanligi e’lon qilingan.
Xorij mamlakatlarida doimiy istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish imkoniyati yaratiladi. Ular davlat boji va boshqa to‘lovlarni chet el valyutasida xalqaro to‘lov tizimlari orqali to‘laydi.
Makaronli, kartoshka va qo‘ziqorinli, frikadelkali, rezavor meva hamda tvorogli — Zira.uz mazali va to‘yimli toblatmalar retseptlarining ro‘yxatini taqdim etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting