Tojikistonning Xatlon viloyatida afg‘on qochqinlari uchun vaqtinchalik saqlash bazasini qurish rejalashtirilmoqda. Viloyat rahbari Qurbon Hakimzoda afg‘onlarning o‘z vaqtida fuqarolik urushi jarayonida tojikistonliklarni dastaklaganini esga oldi. Iyul boshida O‘zbekiston Termiz yaqinida ham chodirli shaharcha qurilishi haqida xabar qilingan edi, biroq mamlakat hukumati hozircha ushbu xabarga izoh bermadi.
Umumiy ovqatlanish punktlaridan ovqat yetkazib berish xizmatlariga 8:00 dan 23:00gacha ishlashga ruxsat berildi.
20 iyuldan yopiq binolarda o‘tkaziladigan oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarda 50 nafargacha mehmon qatnashishi mumkin. Ochiq havoda esa 1 avgustgacha ishtirokchilar soni 100 nafargachani tashkil etishi mumkin.
Afg‘oniston qurolli kuchlarining bir necha hududlarni toliblardan qaytarib olgani, Xitoy va Hindistondagi kuchli yomg‘irlar, Shanxayda dunyodagi eng katta planetariyning ochilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida mast holda tibbiyot xodimlariga tajovuz qilgan fuqaroga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabriklab, pandemiya sharoitida diniy ibodatlarni uy sharoitida ado etish xalq hayoti va salomatligini asrashga qaratilgan eng to‘g‘ri qaror ekanini ta’kidladi.
Departament va DXX xodimlari 4200 va 7000 dollar evaziga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga kiritib qo‘yishni va’da qilgan agrar agrar universiteti sport murabbiyi va jismoniy tarbiya universiteti stajyor-o‘qituvchisini qo‘lga oldi.
Navoiy aeroporti bojxonachilari 1841 yilda Aleksandr II nikoh to‘yi sharafiga zarb etilgan 14 ta Rus imperiyasi tangasining olib chiqilishiga chek qo‘yishdi.
Dollarning rasmiy kursi 12,72 so‘mga pasaydi va jami 10 598,66 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
Toshkentning Chilonzor tumanida 20 yoshli qiz 9-qavatdan tushib ketib, vafot etdi. Bosh prokuratura ayol ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketganini ma’lum qildi. Biroq qizning ota-onasi uning o‘limida qaynonasi va kuyovini ayblamoqda. Holat yuzasidan surishtiruv xarakatlari olib borilmoqda.
The Guardian va boshqa 16 ta nashr jurnalistlarining birgalikdagi surishtiruvda Isroilning NSO Group kompaniyasiga tegishli Pegasus josuslik dasturi hukumatlar va maxsus xizmatlar tomonidan butun dunyo bo‘ylab, shu jumladan Qozog‘iston, Ozarbayjon va Belarus jurnalistlari, faollari va kompaniya rahbarlari telefonlariga xakerlik hujumi uchun ishlatilganini aniqlashdi.
1 iyun holatiga ko‘ra, respublikada xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 12 ming 654 tani tashkil etmoqda. Hududlar kesimida Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida eng ko‘p xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona mavjud.
46 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sankt-Peterburgda 2009 yilda tug‘ilgan qizchani zo‘rlaganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atishga oid masala muhokama qilinmoqda.
Xalqaro suzish federatsiyasi Olimpiada yo‘llanmasini olish uchun natijalarni soxtalashtirgan bir qancha o‘zbekistonlik suzuvchilarning ko‘rsatkichlarini bekor qildi. Bu hind sportchisi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida yuzaga chiqdi. Soxtalashtirishga urinish sababli O‘zbekistonga qo‘shimcha sanksiyalar joriy etilishi mumkin. MOQ bayonot bilan chiqdi.
Avgust oyida o‘zbekistonlik askarlar va ofitserlar tojikistonlik va rossiyalik hamkasblari bilan birgalikda tojik-afg‘on chegarasini jangarilar hujumidan qo‘riqlash bo‘yicha amaliyot o‘tkazadilar. Mashg‘ulotlarda uch davlatning havo kuchlari, havo hujumidan mudofaa kuchlari, zirhli texnika va maxsus qo‘shinlari ishtirok etadi.
Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» Qatardagi muzokaralarda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erisha olishmadi, lekin iloji boricha tezroq kompromissga erishishga kelishishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer va kansleri Angela Merkelga ushbu mamlakatda ro‘y bergan halokatli toshqinlar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.
O‘zbekistonlik MMA jangchisi, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev avtohalokatga uchrab, vafot etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida shu hafta oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish yuzasidan videoselektor yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida gidrotexnik inshootlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistonlik 30 yoshli talaba Tokiodagi Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik chog‘ida yaponiyalik qizni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda. Milliy Olimpiya qo‘mitasining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, ushbu fuqaro O‘zbekiston Olimpiya delegatsiyasi tarkibiga kirmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting