Kecha O‘zbekistonda 731 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 494 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 6 nafar bemor vafot etdi.
Prezident farmoni bilan 1 yanvardan xorijga chiqish pasporti, tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida yangi namunadagi guvohnoma, advokatlik byuro, firma va hay’atlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdorlari arzonlashtiriladi. Xususiy bandlik agentliklari reyestriga kiritish xizmati esa bepul bo‘ladi.
Shanba kuni Afg‘onistonning 31 ta viloyatida komendantlik soati e’lon qilindi. IIV rasmiy vakili ushbu qaror «Tolibon» harakatini cheklash maqsadida qabul qilinganini aytmoqda. Hozirda 10 dan ortiq tumanlarda hukumat harbiylari va toliblar o‘rtasida faol to‘qnashuvlar davom etmoqda.
1 yanvardan boshlab davlat organlari tomonidan moliyaviy hisobotlar nusxalari, jismoniy shaxslarning so‘nggi 12 oydagi ish haqi to‘g‘risidagi, tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tganligi, davlat boji, yig‘imlar va aliment to‘langanligi, kam ta’minlanganlik va fuqaroning «Yoshlar daftari» yoki «Ayollar daftari»ga kiritilganligi haqidagi jami 15 turdagi ma’lumotlarni so‘rash tartibi bekor qilinadi. Ushbu ma’lumotlar «Elektron hukumat» platformasi orqali onlayn olinadi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining ikkinchi kunida yettita sport turi bo‘yicha 11 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.
1999 yilning 16 fevral kuni poytaxtdagi portlashlar sabab jinoiy javobgarlikka tortilgan 5 fuqaro oqlandi. Oqlanganlar «16 fevral voqealari»ning asosiy ijrochilari deb topilganlar emas. Ular sobiq bojxona xodimlari hisoblanadi.
Harbiy xizmatchi 2 yoshli farzandi bilan birga Toshkentdagi Anhor kanalida cho‘kayotgan ayolni qutqarib qoldi.
Xorijiy davlatlar rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashi, yangi chiqarilgan qarorlar, Toshkentning Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari chegarasi o‘zgarishi, Tokio olimpiadasining birinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilarlar birorta ham g‘alabaga erishmagani — “Gazeta.uz"ning 24 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida o‘zbekistonlik kurashcilar 5 ta medalni qo‘lga kiritishdi.
Afg‘onistonning 31 ta provinsiyasida komendantlik soati e’lon qilingani, Avstraliya va Fransiyadagi norozilik namoyishlari, koronavirusning yangi shtammi aniqlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Toshkent IIBB sobiq xonanda Jahongir Otajonovning videomurojaatda aytgan gaplarida haqorat alomatlari bor deb topdi. Ish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar sudga oshirildi.
Tokiodagi yozgi Olimpiadaning birinchi kunida bahslarga kirishgan qariyb barcha o‘zbekistonlik sportchilar mag‘lubiyatga uchrab, musobaqalarni tark etdi. Faqatgina eshkak eshuvchilar yarim finalda qo‘shimcha o‘rin uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldilar.
Toshkentning Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari hududiga Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray, Yuqori Chirchiq va O‘rtachirchiq tumanlaridan 7,8ming gektardan ko‘proq yer maydonlari qo‘shib berildi. Shu bilan birga, Sergeli va Bektemir tumanlaridan 171,3 gektar yer maydoni Toshkent viloyatiga o‘tkazildi.
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hozircha pandemiyagacha bo‘lgan darajaga yetgani yo‘q, biroq o‘sishda davom etmoqda. 2021 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, tashqi savdo hajmi 13,6 foizga o‘sib, 18 mlrd dollarga yetdi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 10 ta hamkor davlatlar ro‘yxatiga Ukraina ham kirdi.
Shahlo Ahmedova TBRG Open loyihasida O‘zbekiston nomidan qatnashadi va David Guetta “Get Together” singlining remiksini yaratadi.
24 iyul kuni, prezident Shavkat Mirziyoyev 64 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan prezident bir qator xorijiy davlatlar rahbarlari va jamoat arboblaridan tabrik va qutlovlar qabul qildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Andijon filiali Rossiyaga ishga jo‘natgan 41 nafar o‘zbekistonliklar va’da qilingan maosh to‘lanmayotganligi va yetarli sharoitlar yaratilmaganligi ustidan shikoyat qilmoqda. Oliy Majlis Senati ushbu holatni o‘z nazoratiga oldi.
O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro biologiya olimpiadasida 2 ta oltin va 1 ta kumush, xalqaro fizika olimpiadasida 1 ta bronza va xalqaro matematika olimpiadasida bittadan kumush va bronza medallari sohibi bo‘lishdi.
Tojik-qirg‘iz chegarasidagi Isfara shahri hududida otishma sodir bo‘ldi. Tojik aholisi huddudagi «Qummazor» davolash maskanida hashar o‘tkazmoqchi bo‘lganlarida, o‘zaro to‘qnashuv yuzaga kelgan. Bunga sabab esa «qirg‘iz tomonining roziligisiz hududni qumlardan tozalashni boshlashgan» ni ekanligi aytilmoqda. Har ikki tomondan otishma 10 daqiqa davom etgan.
Dollarning rasmiy kursi 18,87 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 634,36 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl kursi esa biroz pasaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting