2020 yilda O‘zbekiston tashqi qarzi 21,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Senat majlisida moliya vaziri Timur Ishmetov tashqi qarz nimalarga sarflangani haqida ma’lumot berdi.
Senatning 15-yalpi majlisida Tanzila Narbayeva qarzdor korxona va tashkilotlardan qarzni undirishning o‘rniga, mukofot puli uchun ularni bankrot deb e’lon qilishga intilayotgan sud boshqaruvchilarini tanqid qildi. Moliya vaziri Timur Ishmetov esa mazkur tartib o‘tgan chorakdan to‘xtatilgani va qayta ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Ushbu tartib, prezidentning 2019 yil 1 fevraldagi qarori bilan belgilab berilgandi.
Yanvar-mart oylarida O‘zbekiston davlat qarzi miqdori $23,2 milliardni tashkil etib, yil boshiga nisbatan $133,7 millionga kamaygan.
27 may kuni poytaxtning Yakkasaroy tumanida Nexia va Isuzu avtobusi to‘qnashuvi oqibatida yengil avtomobil haydovchisi vafot etdi. Xuddi shu kuni Yashnobod tumanida piyoda Matiz urib yuborishi natijasida vafot etdi.
Poytaxtning Mirobod tumanida 3 nafar ayol 24 yoshli kar-soqov bo‘lgan ayolni kaltaklab, tan jarohati yetkazishdi. Jabrlanuvchi tez tibbiy yordam mashinasini to‘xtatib, qo‘l harakatlari bilan tibbiy yordamga muhtojligini ma’lum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bank kassalari orqali naqd pul aylanmasining ko‘payishi pul muomalasining bir qismi sifatida muomaladagi naqd pul miqdorining ko‘payganini anglatmaydi, deya izoh berdi Markaziy bank. 2021-yil boshidan buyon muomaladagi naqd pullar hajmi kamayib, depozitlar ulushining ortishi kuzatilmoqda.
O‘zbekistonda 1,8 mln dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 298 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizga yetdi.
Suriyadagi prezident saylovlarida amaldagi davlat rahbari Bashar Asad 95,1% natija bilan g‘alaba qozondi. U 20 yildan ortiq vaqt davomida mamlakatni boshqarib kelmoqda.
Qonunchilik palatasi yig‘ilishida hozirda 1,7 million o‘zbekistonlik chet elda, asosan Rossiya va Qozog‘istonda mehnat qilayotganligi ma’lum qilindi.
«Ashxobod» sayilgohi boshqaruvchisi bo‘lgan J-United Group kompaniyasi reklamalardagi noto‘g‘ri ma’lumot sabab tashrif buyuruvchilarga yetkazilgan zararni qoplashi kerak. Sud Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining ko‘rsatmasini o‘z kuchida qoldirdi.
BMT, Yevroittifoq va AQSH O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga mojaroli hududlardan qaytarilgan ayollar va bolalarni jamiyatga qayta integratsiyalashuviga ko‘maklashish uchun texnik va moliyaviy resurslarni taqdim etadi.
Ozarbayjonning Armaniston Qurolli Kuchlarining olti nafar askarini asirga olgani, «Belavia»ning sakkizta mamlakatga reyslarni bekor qilgani, Berlinda uch jahon dini ibodatxonasi qurilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
«Trest 12» 5 trln so‘mga yaqin loyihalarni tendersiz amalga oshirganligi, YUNESKOning 44-sessiyada Shahrisabz masalasi ko‘tarlishi, Isroil bilan aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi, Misr samolyotining Toshkentdan uchib o‘tishi — «Gazeta.uz»ning 27 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Saudiya Arabistonida o‘tadigan markazlashgan saralash bahslari uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi. Tarkibga 28 nafar futbolchini jalb etilgan. Iyun oyida O‘zbekiston MTJ JCH-2022 hamda OK-2023 qo‘shma saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistonida o‘tadigan markazlashgan turnirda Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoni jamoalariga qarshi o‘yinlarda keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
Pastdarg‘om tumanidagi kanaldan 17 yoshli qizning murdasi topilgani yuzasidan o‘zini o‘zi o‘ldirishga undash moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Dollarning rasmiy kursi 20,88 so‘mga pasaydi va jami 10 589,03 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham biroz pasaygan.
Samarqanddagi 63-sonli aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyalanuvchilari kaltaklangani bo‘yicha holat Bola ombudsmani tomonidan o‘rganib chiqildi. Suratdagi 2 nafar bolani otasi uyiga qaytarib olib ketgan, ko‘zi ko‘kargan bola esa tengdoshi bilan urishganini aytgan. «Muassasada nosog‘lom muhit hukm surmoqda», — deyiladi xabarda.
Misrning «Fly Egypt» aviakompaniyasi samolyoti Toshkentning markaziy hududidan uchib o‘tdi. Transport vazirligi mazkur holatni izohlab, samolyot «Toshkent» aeroportidan parvozni amalga oshirish jarayonida noto‘g‘ri manyovrni amalga oshirganini ta’kidladi.
Para-dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Boku shahridagi Gran-pri musobaqasida 10 ta medalni qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.
Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, TATUning Samarqand filiali bo‘limi boshlig‘i va uning sherigi samarqandlik fuqaroga Qozog‘istondagi institutlardan birida o‘qiyotganligi haqida hujjat tayyorlab berish evaziga 3000 dollar olganida ushlangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting