Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxonov qurilish vaziri Botir Zokirovning oila a’zolariga aloqador bo‘lgan «Trest-12» kompaniyasi qo‘lga kiritgan loyihalarda manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur kompaniya tendersiz 5 tln so‘mlik (tahminan $471 mln) loyihalarni amalga oshirgan. Agentlik bu kabi muammolarni bartaraf etish uchun ikkita taklifni ilgari surmoqda.
Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi prezidentga murojaat yo‘llab, mansabdor shaxslar tomonidan deputatlarga bosimlar o‘tkazilayotganini bildirdi. Shuningdek, ular deputatlarning daxlsizlik huquqini buzilishi e’tiborsiz qoldirilayotganidan shikoyat qilishdi.
Kolombo yaqinida kimyoviy moddalar bilan to‘ldirilgan kemaning olti kundan buyon yonayotgani, bir nechta mamlakatlarning Suriyadagi saylovlarni tan olmaslikka chaqirayotgani, AQSH Kongressining Xitoyga qarshi qaratilgan qonun loyihasini taqdim etgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Senatning o‘ng beshinchi yalpi majlisi, Toshkent viloyatida bir yarim ming gektardan ortiq yer o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, Equinox`ning Qozog‘istondagi narxi, Samarqandda maktab-internati tarbiyalanuvchilari kaltaklanishi, Shahrisabzda masjid hovlisida ayvon qurilishi nima sababdan to‘xtatilgani — “Gazeta.uz"ning 26 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Vazirlar mahkamasi mas’ul xodimi murojaat bilan kelgan sobiq mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga masala hal qilinishi bo‘yicha tushuntirish berilganligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, murojaatchilar har biriga 100 mln so‘mdan pul to‘lab berilmasa, uylariga qaytmasliklarini aytib shart qo‘ygan. Hukumat apparati xodimi voqea Vazirlar mahkamasi binosida emas, binoning oldida, fuqarolar qabul qilinadigan hududda sodir bo‘lganligini ma’lum qildi.
Toshkentda MIB xodimi ikki yil ichida depozit hisobvarag‘iga kelib tushgan 596 mln so‘mdan ko‘proq pulni talon toroj qilgani aytilmoqda. U buni elektron to‘lov topshiriqnomalariga soxta ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan amalga oshirgan. Sudlanuvchiga 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
«Tolibon» harakati Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarni o‘z hududiga chet el qurolli kuchlarini joylashtirmaslikka chaqirdi. «Biz o‘z yerimizdan boshqalar xavfsizligiga qarshi foydalanilmasligini bir necha marta ma’lum qildik va boshqalarni ham o‘z yerlari va havo hududlaridan mamlakatimizga qarshi foydalanmaslikka chaqiramiz», — deyiladi bayonotda.
Belarus prezidentining ta’kidlashicha, Ryanair samolyotida bomba borligi haqidagi xabarlar bir vaqtning o‘zida Afina, Vilnyus va Minsk aeroportlariga kelgan. Biroq Shveysariya aviatsiya ma’murlari bu haqda xabarsiz bo‘lganliklarini ma’lum qilishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda JIB Yangiyo‘l shahar sudi majlislar zalida sudlanuvchilar qo‘llarini kesib, tartibsizlikni yuzaga keltirgani aks etgan video tarqaldi. IIV mahbuslar lezviya bo‘laklari bilan o‘zlariga tan jarohati yetkazgani, noo‘rin talablarni qo‘yib, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganini ma’lum qildi. Viloyat IIBB esa voqeaning kelib chiqish sabablarini o‘rganmoqda.
Rejissyor Zulfiqor Musoqov rahbarligidagi Focus maktabi badiiy filmlar rejissyorligining o‘zbek tilidagi guruhiga arizalar qabulini e’lon qildi.
Shahrisabz shahridagi Hazrati Imom masjidi hovlisida namoz o‘qish ayvonining qurilishi to‘xtatildi. Bunga qurilish haqida tegishli tashkilotlar ogohlantirilmaganligi sabab bo‘lgan. Musulmonlar idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili ayvon binosi hududdagi tarixiy obidalarga hech qanday zarar yetkazmasligini ta’kidladi.
Dollarning rasmiy kursi 8,37 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 609,91 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaygan.
Ombudsman Feruza Eshmatova boshchiligidagi ekspertlik guruhi 23-son mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan kasalxonaga bordi. Unga hamrohlik qilgan IIV Jazoni ijro etish departameni tibbiy bo‘limi boshlig‘i Bahodir Yusupovning aytishicha, qamoqxonalarda yil boshidan beri COVID-19`ga chalinish holatlari qayd etilmagan.
Oqdaryo tumanida 1 gektar yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 50 ming dollar va Nexia-3 avtomashinasi talab qilgan mas’ul shaxslar qo‘lga olingan. Shuningdek, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om, Samarqand va Payariq tumanlarida ham noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.
Nurafshon shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik Navro‘z Omonboyev vafot etdi. Podpolkovnik «Kuchlik» neft baza yaqinida avtohalokatga uchragan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi 63-sonli maxsus maktab-internatining tarbiyalanuvchilari yuz-ko‘zlari ko‘kargani aks etgan surat va xabarlar tarqaldi. Holat hokimlik tomonidan o‘rganilmoqda, Senat tomonidan nazoratga olindi.
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 1-bosqichda emlanganlar 1 212 597 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 470 519 nafarni tashkil qilmoqda. Emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari qayd qilmoqda.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev sentyabr oyidan yaxshi o‘zlashtirgan maktab o‘quvchilariga 500 ming so‘m miqdorida hokim stipendiyasi joriy etilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, ularning o‘qituvchilariga 1 mln so‘mdan berilishi belgilandi.
Qozog‘istonda Chevrolet Equinox avtomobillari 13 490 000 tenge (331 mln so‘m atrofida) narxida sotilmoqda. UzAuto Motors saytida e’lon qilingan narxlarga ko‘ra, O‘zbekistonda avtomobil narxi 414 mln so‘mga teng deb belgilangan.
Toshkent viloyatida 9 ming 614 ta holatda 1618 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi. Bundan tashqari, yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishidan oldin yetkazilgan zararni qoplash choralari ko‘rilmagani qayd etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting