Rishton tumanida Qirg‘izistondan arzon temir mahsulotlarini olib kelishi uchun tanishiga $30 ming AQSH dollarini bergan fuqaro aldanib qoldi. Uning ishonchiga kirgan shaxs pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Toshkent shahri Shayxontohur tumani “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Abdurahmonov Yahyo Ubaydullo o‘g‘li “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruv kengashi raisi vazifasiga tayinlandi.
Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlik sub’ektlari toifasini aniqlash borasida taklif qilayotgan yangi tartibiga ko‘ra, sub’ektlar kichik, o‘rta va yirik korxonalarga ajratilib, ularning o‘rtacha tushum miqdorlari belgilab qo‘yiladi.
So‘ngi yetti yil ichida xalqaro to‘lovlarda yevro ulushi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning oktyabr oyida transchegaraviy to‘lovlarning 37,8 foizi yevroda, 37,6 foizi dollarda amalga oshirildi.
23 noyabrdan boshlab Toshkentdan Sianga parvozlar to‘xtatilib, 4 hafta davomida reyslar bo‘lmaydi. Parvozlar bekor qilinishining sababi 5 noyabr kuni 11 ta yo‘lovchilarda koronavirus infeksiyasi aniqlanishi bo‘lgan.
Prezident qarori bilan 2021−2022 o‘quv yilidan O‘zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi. Rossiya va boshqa xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
2020 yilda Global ochlik indeksida eng yaxshi deb topilgan mamlakatlar orasida O‘zbekiston o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarini yaxshilab, 30 o‘rinni egalladi. Belarus, Bosniya va Gersegovina, Braziliya davlatlari reytingda eng yuqori pog‘onada bo‘lsa, eng kichik ko‘rsatkichlar Madagaskar, Timor Leste va Chad mamlakatlarida kuzatilmoqda.
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida 20 nafar yo‘lovchisi bor avtobus yo‘l sirpanchiqligi oqibatida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Ikki nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Davlat ekologiya qo‘mitasining xabar berishicha, Toshkentning Gagarin ko‘chasida oltita daraxt qonuniy ravishda kesilgan, chunki ular qurib, kasallangan deb topilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan chinor noqonuniy ravishda kesilgan, buning zarari esa 43 mln so‘mga teng.
Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov uch mingdan ortiq maktablarda oshxonaning o‘zi yo‘qligi, borining ham 60 foizga yaqini talab darajasida emasligini ta’kidladi. «Farzandlarimizni fiziologik-depressiv holatini yuzaga kelishini hisobga olsak, o‘qituvchilarga bo‘lgan munosabati keskinlashishi, maktabga jinoyatni kirib kelgani bu — albatta ovqatlanish bilan bog‘liq masala», — dedi Alisher Qodirov.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Anvar Asamov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bachadon bo‘yni saratonini bartaraf qilishni tezlashtirish bo‘yicha Global strategiyani ishlab chiqdi. Strategiyada taqdim etilgan tavsiyalarni amalga oshirish 2050 yilga kelib kasallanish holatlarini 40 foizga kamaytirishga va 5 million o‘limning oldini olishga imkon yaratadi.
Antimonopoliya qo‘mitasi UzAuto Motors ishi bo‘yicha Toshkent shahar ma’muriy sudi qarori ustidan apellyatsiya shikoyatini kiritdi. 30 oktyabr kuni Toshkent shahar ma’muriy sudi qo‘mita maxsus komissiyasining 19 avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topgan edi.
O‘zbekiston Qirg‘izistonga 200 o‘ringa mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan shifoxona konteynerlarini yubordi. Shuningdek, mamlakatga COVID-19ga qarshi kurashda yordam berish uchun o‘zbekistonlik shifokorlarni yuborish rejalashtirilgan.
So‘nggi 9 oy ichida korrupsiya holatlari yuzasidan 838 ta jinoiy ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ular bo‘yicha 647 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Jinoiy javobgarlikka tortilganlarning 4 nafari respublika miqyosidagi, 15 nafari viloyat miqyosidagi, 626 nafari esa shahar-tuman miqyosidagi mansabdor shaxslarni tashkil qiladi. Ushbu korrupsion jinoyatlar oqibatida 200 mlrd so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan.
O‘zbekiston yanvar-sentyabr oylarida qiymati 50,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 2,4 million dona shina import qilgan. Eng ko‘p shinalar Xitoy, Chexiya va Koreya Respublikasi mamlakatlaridan import qilingan.
Noqulay ob-havo sharoiti sababli Toshkentdan qatnaydigan barcha shaharlararo avtobus qatnovlari 19-noyabr sanasi uchun bekor qilindi.
2019−2020 o‘quv yilida AQSHdagi o‘zbekistonlik talabalar soni 546 nafarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 4,4 foizga kamroq.
Ilon Mask Forbes va Bloomberg milliarderlar reytingida Mark Sukerbergni ortda qoldirdi. Tesla bosh direktorining boyligi yil oxiriga qadar kompaniyaning aksiyalari S&P 500 indeksiga kirishi haqidagi yangilik ostida o‘sib bormoqda.
Berlindagi karantinga qarshi namoyishlar, Eronning yadroviy kelishuvga qaramasdan uranni yangi uskunalarda boyitishi, BMT bosh kotibining rivojlangan davlatlardan mablag‘ so‘ragani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting