Toshkent shahar IIBB futbol muxlislarini O‘zbekiston-Eron terma jamoalarining “Bunyodkor” stadionida bo‘ladigan uchrashuviga ertaroq kelish va jamoat tartibini saqlashga chaqirdi. O‘FA muxlislarga maydonga tushish qat’iyan man etilganini eslatdi.
Toshkentda PM2,5-mayda zarrali changlar ta’siri oqibatida yiliga 3042 kishi bevaqt vafot etmoqda. Jahon banki hisobotida qayd etilishicha, aholi salomatligiga yetkazilayotgan zarar 488,4 mln dollarga baholanmoqda. Poytaxt aholisining 83 foizi havosi yuqori darajada ifloslangan hududlarda istiqomat qiladi.
Yangi Buxoro xalqaro aeroportini qurish uchun 307 (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 380) gektar yer maydoni ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. Majmua shahar markazidan 26 km uzoqlikda joylashadi.
Prezident farmoni bilan Abror Mirzo Olimov Markaziy bank raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar MBda departament direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Avvalgi o‘rinbosar Shayxontohur tumani hokimi bo‘lgandi.
Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov prezident shahardagi har bir tumanning bosh rejalarini ishlab chiqish taklifini berganini ma’lum qildi. Shuningdek, Toshkentda arxitektorlar tayyorlash uchun shaharsozlik instituti, tirbandliklarni bartaraf etish bo‘yicha Yo‘llarni boshqarish departamenti tashkil etish rejasi aytildi.
O‘zbekiston elchixonasi AQShning Florida shtatidagi o‘zbekistonliklarni “Milton” to‘foni sabab ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi. Tez yordam kerak bo‘lganida vakolatxona va shtatdagi yordam xizmatlariga murojaat qilishlari so‘raldi.
Toshkent metropolitenining ventilyatsiya tizimi ikki yildan buyon ta’mirlanmoqda. Ta’mirlash va sozlash ishlari yo‘lovchilar oqimi oshgani va ventilyatsiya qurilmalari uzoq yillardan beri uzluksiz ishlab kelayotgani bois boshlangan. 2025-yilda 10 ta yangi ventilyator xarid qilish rejalashtirilgan.
Samarqand shahrida yuqori tezlikda harakatlangan Range Rover avtomobili Lacetti va Damas`ni urib yubordi. Oqibatda haydovchilardan biri vafot etdi.
AQSh o‘zining USAID dasturi orqali 435 ming dollarlik 131 tonna oziq-ovqat yordamini O‘zbekistonga yetkazdi. Mazkur insonparvarlik yordami 145 dan ziyod ijtimoiy muassasalarga hamda aholining ehtiyojmand qatlamiga tarqatiladi. Bu orqali 33 mingdan ortiq insonni qamrab olish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi qo‘lda terilgan paxtaning har bir kilogrammi uchun 2500 so‘mdan haq to‘lanishini ma’lum qildi. Bu uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan fermerga imtiyozli kredit beriladi.
Sherzodjon Polvonov Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi. U bunga qadar Mahallalar uyushmasida boshqarma boshlig‘i vazifasida ishlagan.
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida Mercedes-Benz mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Labo bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida Labo ichidagi ikki nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahrida prokuratura katta tergovchisiga qidiruv e’lon qilindi. U fuqarodan jinoyat ishini hal qilib berish evaziga 40 ming dollar olib, qochib ketgan.
Prezident Buxoro xalqaro aeroporti qurilishi rejasi bilan tanishdi. U yangi aeroportda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 2 barobar oshirib, soatiga 8 ta samolyot kelish-ketishiga imkoniyat yaratish zarurligini ta’kidladi.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yangi rahbari Abdul G‘affor Teraviyni qabul qildi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, foydalanilmayotgan salohiyatni ro‘yobga chiqarish, yangi loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Qarshi shahridagi ona va bola salomatligi markazi 4 dona chiller sovutish tizimini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab, 2,1 mlrd so‘m zarar keltirgani ma’lum bo‘ldi.
Samarqandning Narpay tumanida belgilanmagan joydan yo‘lga yugurib chiqqan ayolni Damas urib ketdi. Oqibatda u shifoxonada vafot etdi.
III chorakda O‘zbekiston aeroportlarining asosiy ko‘rsatkichlari oshdi. 2023-yilning shu davriga nisbatan yo‘lovchi tashish 33 foizga o‘sib, qariyb million kishini tashkil etdi. 82 637 ta reysga xizmat ko‘rsatildi, bu o‘tgan yilning yanvar-sentabriga nisbatan 36 foizga ko‘p.
KXDR “milliy xavfsizlik himoyasi uchun” Janubiy Koreya bilan qolgan barcha avtomobil va temiryo‘llarni yopishini e’lon qildi. Janubiy Koreya buni “Kim Chen In muvaffaqiyatsiz rejimining umidsiz chorasi” deb atadi.
Toshkent shahrining 2045-yilgacha bosh rejasi loyihasiga ko‘ra, hudud 3 ta zonaga bo‘linadi: konservatsiya, rekonstruksiya va renovatsiya. Ekologik muammolar, “15 daqiqalik shahar” tamoyili hamda Toshkent viloyati tumanlarini poytaxt bilan yagona aglomeratsiya sifatida rivojlantirish hisobga olingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting