Qoraqalpog‘istonda Damas haydovchisi salkam 30 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi bilan harakatlangani aniqlandi. Holatga “bog‘chaning ikkinchi avtomobili buzilib qolgani” sabab bo‘lgan.
O‘zbekistonda gaz ta’minotiga ulanmagan hovlili uy-joylar uchun ham elektr energiyasi tarifidan 50 foizlik chegirma berilishi rejalashtirilmoqda. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning aytishicha, bu o‘zgarishni 1-yanvardan joriy etishga harakat qilinmoqda.
“Afrosiyob” elektrpoyezdlari qatnovlari vaqti 8-oktabrdan boshlab bir soat oldinga ko‘chiriladi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi buni sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq bo‘lishini ta’minlash bilan izohlagandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Rossiya poytaxti Moskva shahriga jo‘nab ketdi. Mamlakat rahbari MDH ishtirokchi davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
Tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofoti genlar faoliyatini boshqaruvchi mikroRNK molekulalarini kashf etgan Viktor Ambros va Gari Ruvkunga berildi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets salomatligi yomonlashgani sabab Eron va BAAga qarshi bahslarda ishtirok etmaydi. Uchrashuvlarga jamoani yordamchi murabbiylar Alesh Chex hamda Vlado Radmanovich tayyorlaydi.
Namangan shahrida 5 nafar o‘quvchi ijaraga olgan Gentra yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, katta tezlikda yuk mashinasiga urildi. Oqibatda mashina boshqargan 17 yoshli o‘smir vafot etdi, qolgan 4 nafari shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.
Energetika vaziri elektr energiyasi uchun kiritilgan 200 kilovattlik norma oshirilishi kutilmayotganini aytdi. “200 kVtlik norma oshirish uchun emas, tahlil qilib, barchasini o‘rganib, iste’mol va me’yorlardan kelib chiqib kiritilgan”, — dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov.
Respublika tez tibbiy yordam markazi yanvar-sentabr oylarida 9,9 millionta chaqiriq qabul qildi. Ularning eng ko‘pi Farg‘ona vodiysi va Toshkentda, eng kami esa Jizzax, Buxoro hamda Xorazm viloyatida qayd etildi. Chaqiruvlarning 2,5 milliontasida bemorlar surunkali kasalliklardan shikoyat qilgan.
Qozog‘iston Markaziy komissiyasi AES qurish bo‘yicha o‘tkazilgan referendumning dastlabki natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, referendumda ishtirok etgan 5,56 million yoki 71,12 foiz fuqaro AES qurishni yoqlab ovoz berdi.
Energetika vaziri apreldan sentabrgacha propanning birja narxi 2 baravarga oshgani haqidagi savolga javob berdi. Jo‘rabek Mirzamahmudovning aytishicha, bunga jumladan propan-butan ishlab chiqarish yetarli darajada oshmagani, propanda harakatlanuvchi avtotransportlar soni esa 1,57 baravar oshgani sabab bo‘lgan.
Giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasi, shuningdek, bu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etganlik uchun jazolar kuchaytirildi. Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga qo‘shimcha moddalar qo‘shildi. Yangi moddalar va ularda belgilangan jazolar bilan ushbu materialda tanishish mumkin.
"O‘zagrosug‘urta" yangi xalqaro hamkori Swiss Rye bilan birgalikda fermerlarning sug‘urta xatarlarini qayta sug‘urta qilish masalasini muhokama qildi.
Raqobat qo‘mitasi Shaffof sement sanoat’ga nisbatan chora ko‘rilganini ma’lum qildi. Korxona 20 ming tonnadan ortiq sementni birjaga qo‘ymasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotgan, bu harakat esa manipulyatsiya deb baholanadi.
Energetika vaziri O‘zbekiston umumiy energoquvvatining juda kichik qismini tashkil qilishiga qaramay mamlakatda kichik AES qurilishi rejalashtirilayotgani haqidagi savol berdi. “Bizning maqsadimiz keyinroq kattasini qurish”, — dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov.
Pastdarg‘om tumanida mumkin bo‘lmagan joydan qayrilib olgan “GAZ53” yuk mashinasi “Jiguli” bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi.
O‘zbekiston prezidenti 7−8-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Moskvaga boradi. 8-oktabr kuni u yerda MDH davlatlari rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Haydovchilar uchun qaysi gaz “zapravka”lar ishlayotganini ko‘rsatuvchi mobil ilova 1-dekabrgacha tayyor bo‘ladi, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. U ilova bepul bo‘lishi va uni ishlatish AGTKSHlar uchun ihtiyoriy bo‘lishini ta’kidladi.
Nukus-Shumanay-Taxtako‘pir yo‘lida belgilanmagan joydan o‘tayotgan velosiped haydovchisini Lacetti urib yubordi. Oqibatda 32 yoshli fuqaro voqea joyida halok bo‘ldi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov qish mavsumi uchun “Gazli” va “Xo‘jaobod” yerosti gazni saqlash omborlariga 5,1 mlrd kub metrdan ortiq gaz zaxirasi jamlanganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilgi hajmga nisbatan 1,1 mlrd kub metr ko‘proq hisoblanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting