Farg‘ona vodiysida kuchsiz zilzila qayd etildi
12 noyabr 2020, 14:07

Farg‘ona vodiysida kuchsiz zilzila qayd etildi

Qirg‘izistonda yuzaga kelgan zilzila Farg‘ona vodiysida ham sezildi. Andijonda yer osti silkinishlari kuchi 3 ballni tashkil etdi.

Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi
12 noyabr 2020, 13:52

Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi

Prezident qarori bilan Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi.

Surxondaryo DSB Equinox sotib olish uchun hujjatlarni qalbakilashtirdi
12 noyabr 2020, 13:43

Surxondaryo DSB Equinox sotib olish uchun hujjatlarni qalbakilashtirdi

Moliya vazirligi Surxondaryo davlat soliq boshqarmasi Equinox xizmat avtomashinasini sotib olish uchun hujjatlarni qalbakilashtirgani haqida xabar berdi. Vazirlik Nexia-3 sotib olishga ruxsat bergan, ammo DSB Equinox avtomobilini moliya organiga rusxat so‘rab xat yozish va javob xatini olishdan avval sotib olgan.

«Xorazm shakar» ish faoliyatini tikladi
12 noyabr 2020, 12:44

«Xorazm shakar» ish faoliyatini tikladi

Iyulda faoliyati to‘xtatilgan «Xorazm shakar» zavodi Braziliyadan keltirilayotgan xom-ashyodan shakar ishlab chiqarishni boshladi.

Mobil telefonda olingan yo‘llardagi qoidabuzarliklar uchun jarima solinadi
12 noyabr 2020, 12:08

Mobil telefonda olingan yo‘llardagi qoidabuzarliklar uchun jarima solinadi

Mobil telefonga olingan yo‘llardagi qoidabuzarliklar endilikda videoregistratorlar bilan tenglashtiriladi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Maktab direktorlari kengashlar ruxsati bilan tayinlanadi
12 noyabr 2020, 12:04

Maktab direktorlari kengashlar ruxsati bilan tayinlanadi

2021 yil 1 yanvardan boshlab maktab direktorlari xalq deputatlari kengashlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Hududiy xalq ta’limi boshqarmalarining rahbarlari endi hokimlarning maslahatchilari hisoblanadi.

«Velosipedda yuraman desangiz, har o‘n metrda ariq uchraydi» — Aziz Abduhakimov
12 noyabr 2020, 11:38

«Velosipedda yuraman desangiz, har o‘n metrda ariq uchraydi» — Aziz Abduhakimov

Turizm bo‘yicha o‘tkazilgan seminarda Aziz Abduhakimov ko‘chalardagi piyoda va veloyo‘laklar qoniqarsiz ahvolda ekanini aytdi. «Yoshlarimiz, boshqa katta yoshli aholimiz ham jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullangisi keladi. Lekin joy yo‘q», — deya ta’kidladi bosh vazir o‘rinbosari.

Prezident Qashqadaryoga jo‘nab ketdi
12 noyabr 2020, 09:53

Prezident Qashqadaryoga jo‘nab ketdi

Prezident pandemiya sharoitida Qashqadaryodagi vaziyatni o‘rganish maqsadida viloyatga jo‘nab ketdi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston qirg‘iz xalqiga iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatadi
12 noyabr 2020, 09:41

O‘zbekiston va Qozog‘iston qirg‘iz xalqiga iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatadi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy hamkorlik va qirg‘iz xalqiga iqtisodiy yordam ko‘rsatish masalalarini muhokama qilishdi.

Yil boshidan buyon OAV 90 ta ogohlantirish oldi
11 noyabr 2020, 20:16

Yil boshidan buyon OAV 90 ta ogohlantirish oldi

Yil boshidan buyon AOKA ommaviy axborot vositalariga 90 ta ogohlantirish yubordi. Davlat telekanallariga 20 ga yaqin xat kelib tushgan bo‘lsa, Zo’r TV va Sevimli kanallari mos ravishda 7 va 5 ta ogohlantirish olgan. Gazeta va jurnallar 29 marta, internet nashrlari 22 marta ogohlantirildi.

2021 yilgacha bolalarni ro‘yxatga olish jarayonlari to‘liq avtomatlashtiriladi
11 noyabr 2020, 18:30

2021 yilgacha bolalarni ro‘yxatga olish jarayonlari to‘liq avtomatlashtiriladi

2021 yil 1 sentyabrga qadar tug‘ilganlikni qayd etish, yashash manzili bo‘yicha doimiy ro‘yxatga qo‘yish, bir martalik mukofot pulini ajratish, poliklinikaga joylashtirish va bog‘chaga navbatga qo‘yish to‘liq avtomatlashtiriladi.

Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Milliy yarashuv oliy kengashi raisini qabul qildi
11 noyabr 2020, 18:22

Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Milliy yarashuv oliy kengashi raisini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Milliy yarashuv oliy kengashi raisi Abdulla Abdullani qabul qildi.

90% bitiruvchilari OTMga kirgan maktab direktorlariga pul mukofoti beriladi
11 noyabr 2020, 17:49

90% bitiruvchilari OTMga kirgan maktab direktorlariga pul mukofoti beriladi

Bitiruvchilarining 90 foizi OTMga kirgan yoki ishga joylashgan maktab direktorlariga o‘z oyligidan tashqari qo‘shimcha ravishda 8 mln so‘m, o‘rinbosariga 4 mln so‘m miqdorida bir marttalik pul mukofoti beriladi. Bundan tashqari, tuman bo‘yicha reytingi eng yuqori bo‘lgan maktab direktorlariga ham moliyaviy rag‘batlar ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Ekologiya qo‘mitasi raisi lavozimiga yangi nomzod ma’qullandi
11 noyabr 2020, 17:45

Ekologiya qo‘mitasi raisi lavozimiga yangi nomzod ma’qullandi

Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga Alisher Maqsudov nomzodi deputatlar tomonidan ma’qullandi.

Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda
11 noyabr 2020, 17:44

Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zgidromet 12−13 noyabrda Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi va tuman tushishi haqida xabar berdi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga rais saylandi
11 noyabr 2020, 16:40

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga rais saylandi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi etib Qudratilla Rafiqov bir ovozdan saylandi. Uning nomzodi Oqsoqollar kengashi tomonidan tavsiya qilindi.

10 oy davomida O‘zbekistondan 119,4 mingta televizor eksport qilindi
11 noyabr 2020, 16:24

10 oy davomida O‘zbekistondan 119,4 mingta televizor eksport qilindi

Joriy yilning 10 oy davomida 13,8 mln dollarlik 119,4 mingta televizor va 5,2 million dollarlik 32,4 mingta muzlatkich eksport qilindi. Bu yildan Gruziya va Turkiyaga ham ushbu mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yildi.

«So‘x voqealari» bo‘yicha ayblanuvchilar soni 22 nafarga yetdi
11 noyabr 2020, 15:58

«So‘x voqealari» bo‘yicha ayblanuvchilar soni 22 nafarga yetdi

May oyida Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan sud jarayoni boshlandi. Ayblanuvchilar soni 22 nafarga yetdi, avgustda ular sonining olti nafar ekani xabar qilingandi. Sudlanuvchilar orasida ikki nafar voyaga yetmagan shaxs ham bor.

O‘zbekistonda Xalqaro migratsiya tashkiloti vakolatxonasi ochiladi
11 noyabr 2020, 15:54

O‘zbekistonda Xalqaro migratsiya tashkiloti vakolatxonasi ochiladi

XMT va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Unga ko‘ra, jumladan, Toshkentda tashkilotning to‘laqonli vakolatxonasi ochiladi.

Apple o‘zi ishlab chiqqan protsessorda ishlaydigan MacBook’ni taqdim etdi
11 noyabr 2020, 15:42

Apple o‘zi ishlab chiqqan protsessorda ishlaydigan MacBook’ni taqdim etdi

Apple o‘zining shaxsiy Apple Silicon protsessorini o‘z ichiga olgan birinchi Mac kompyuterlarini taqdim etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting