Sodiq Toshboyev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimiga tayinlandi.
“Navbahor” — “Paxtakor” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng (1:2), namanganlik muxlislar hakamlarning o‘yinda chiqargan qarorlaridan norozi bo‘lib, tartibsizliklar yuzaga keltirishdi.
O‘zbekiston mahalliylashtirish dasturi hisobiga yil oxiriga qadar 3 mlrd dollarlik mahsulotlar importini qoplashni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov. Buning uchun 2300 dan ortiq loyihalarni amalga oshirish mo‘ljallangan.
Abdugofur Ahmedov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimidan ozod etildi.
Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishida poyezd texnik sabablarga ko‘ra to‘xtab qoldi. Yo‘lovchilar estakada orqali evakuatsiya qilindi. Metro yo‘nalishi bo‘ylab avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Toshkent shahrida emlangan fuqarolarda kuzatilgan nojo‘ya ta’sirlarni davolash uchun 4 ta shifoxona tayyorlab qo‘yilgani ma’lum qilindi. Bunga qadar, SES boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov 6 kun ichida respublika bo‘yicha 71 nafar fuqaroda nojo‘ya ta’sirlar qayd etilganini ta’kidlagandi.
«Qatar Airways» departamenti rahbari Salam Al-Samarriy aviakompaniyaning O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish va respublikaning mintaqaviy aeroportlarida joriy qilingan «ochiq osmon» rejimidan foydalanishga yuqori qiziqish bildirdi.
4 aprel kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida kuchli yog‘ingarchilik va shamol oqibatida «Surxon» va «G‘uzor» podstansiyalari oralig‘idagi havo elektr uzatish tarmog‘ining ikkita tayanchi qulagan edi. 7 aprel kuni mazkur tayanchlarni tiklash ishlari yakunlanib, elektr uzatish tarmog‘i qayta tiklandi.
Mahalliy kinokompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan filmlarni saqlash uchun «O‘zbekiston milliy kinofondi» tashkil etiladi. Fond byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Prezident farmoni bilan «Zomin» turistik-rekreatsion zona va umummavsumiy kurort tashkil etiladi. Hududda elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari, vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchalari, sportning ekstremal turlari uchun sharoit yaratilishi reja qilingan.
Surxondaryoda bolalarga baqirib, qo‘pol ravishda muomala qilgan tarbiyachining videosi tarqalganidan so‘ng, u vazifasidan ozod etildi. Yordamchi tarbiyachiga nisbatan intizomiy hayfsan jazo chorasi qo‘llandi.
Urgutda fuqaro otasiga qarashli fermer xo‘jaligi yerini $14 mingga sotishga urindi. Prokuratura va DXX xodimlari uni pullarni olgan vaqtida qo‘lga olishgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlikka oid moddasi bilan ish ochildi.
Chorshanba kuni Yakkasaroy tumanida samarqandlik fuqaro boshqaruvidagi Lacetti Spark va Matiz mashinalari bilan to‘qnashadi. Oqibatda Matiz ag‘darilib, qarshisida turgan avtobusga urilgan. Ikki avtomobil yo‘lovchilari tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Chorshanba kuni prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov vazirlik va idoralarning matbuot kotiblari bilan uchrashdi. «Ayrim tanqidlar, savollar ochiq qolayapti», — dedi u. Ta’kidlanishicha, uchrashuv davomida «prezident matbuot kotibi bilan davlat idoralari matbuot kotiblari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani yo‘lga qo‘yish mexanizmi kelishib olingan».
Yaqin Sharqda 50 mlrd tup daraxt ekilishi, Turkiyaning Istanbul kanali qurilishidan voz kechmasligi, Efiopiyada jamoalararo to‘qnashuvda 100 dan ortiq odamning halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
SES rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov emlashdan keyingi nojo‘ya ta’sirlar 71 kishida kuzatilganini ta’kidladi. Ularning orasida ko‘proq tana haroratining 37,5 darajadan ortishi hamda tanadagi og‘riqlar qayd etilgan. Shu bilan birga, inyeksiya qilingan joyda qichish, og‘riq, asabiylashish, xolsizlik va qo‘rqish ham kuzatilgan.
Qashqadaryodagi GTL texnologiyasi asosida sun’iy yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodini avgustda ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Statistika qo‘mitasi va YUNISEF ayollar, bolalar va uy xo‘jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ishni boshladi. Kuzatuvlar 726 ta mahallada olib borilib, 4 oy davom etadi.
Andijon va Namangan viloyatlarida seshanba kuni osmonda yorqin chaqnoq qayd etildi. Mazkur hodisa Qirg‘iziston hududidan ham ko‘rindi. Ulug‘bek nomidagi astronomiya instituti hodisaga izoh berdi.
2020 yilda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida davlat byudjeti va jamg‘armalari hisobidan ajratilgan 671,3 mlrd so‘mlik mablag‘lar noqonuniy xarajatlar va o‘zlashtirishlar aniqlangan. Jumladan, o‘tgan yil davomida Halq ta’limi vazirligi muassasalarida 192,2 mlrd so‘mlik moliyaviy xatolik va o‘zlashtirish holatlari kuzatilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting