COVID-19 holatlari soni 40 mingtadan oshdi
27 avgust 2020, 00:34

COVID-19 holatlari soni 40 mingtadan oshdi

O‘zbekistonda kun davomida 390 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 40 mingtadan oshdi. Sog‘ayganlar soni esa 36,5 mingtadan ko‘proqni tashkil etmoqda.

Barcha o‘qituvchilar 1 oktyabrgacha grippga qarshi emlanadi
26 avgust 2020, 20:41

Barcha o‘qituvchilar 1 oktyabrgacha grippga qarshi emlanadi

Respublikadagi barcha boshlang‘ich, umumiy o‘rta ta’lim va tibbiyot muassasalarining 1,5 mln nafardan ortiq xodimlari bepul grippga qarshi emlanadi.

810 ming bolani qo‘llab-quvvatlash uchun 400 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi
26 avgust 2020, 20:10

810 ming bolani qo‘llab-quvvatlash uchun 400 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi

Prezident qarori bilan 810 mingdan ortiq bolani moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun 400 milliard so‘m (har bir bola uchun 500 ming so‘m) ajratiladi. Ushbu yordam kam ta’minlangan oilalar farzandlarini qishki kiyim-kechak, maktab formasi va o‘quv qurollari bilan ta’minlashga qaratilgan.

Charter reyslar chiptalari juda qimmat narxlarda sotilayotganiga izoh berildi
26 avgust 2020, 18:47

Charter reyslar chiptalari juda qimmat narxlarda sotilayotganiga izoh berildi

Transport vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda charter reyslari chiptalari juda qimmat narxlarda sotilayotgani haqidagi xabarlarga izoh berib, ular tijoriy charter reyslariga oid ekanini ma’lum qildi. Respublika maxsus komissiyasi tasdiqlagan charter reyslar chiptalari 400 dollarga narxda sotilmoqda.

COVID-19 bilan qayta kasallanish ehtimoli juda oz — JSST
26 avgust 2020, 18:13

COVID-19 bilan qayta kasallanish ehtimoli juda oz — JSST

Koronavirus infeksiyasiga qayta chalinish mumkin, lekin bu ommaviy tendensiya emas, deya ta’kidladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Margaret Xarris. Bunday holatlar Gonkong, Belgiya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlarda qayd etildi.

«Mehr-shafqat va Salomatlik» jamg‘armasi mansabdorlari 2,8 mlrd so‘mlik mablag‘larni talon-toroj qildi
26 avgust 2020, 17:04

«Mehr-shafqat va Salomatlik» jamg‘armasi mansabdorlari 2,8 mlrd so‘mlik mablag‘larni talon-toroj qildi

O‘zbekiston «Mehr-shafqat va Salomatlik» jamoat jamg‘armasi direktori va boshqalar tomonidan 2,8 mlrd so‘mlik mablag‘lar talon-toroj qilingani aniqlandi.

Mo‘ynoqda yangi ishga tushgan aeroportga Airbus A-320 parvozi amalga oshirildi
26 avgust 2020, 16:14

Mo‘ynoqda yangi ishga tushgan aeroportga Airbus A-320 parvozi amalga oshirildi

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq shahrida yangi aeroport ishga tushirildi. Unga birinchi bo‘lib Airbus A-320 samolyotida Toshkentdan yo‘lovchi parvozi amalga oshirildi.

1,2,3-darajali serjant harbiy unvonlari joriy etildi
26 avgust 2020, 15:59

1,2,3-darajali serjant harbiy unvonlari joriy etildi

O‘zbekistonda 1,2,3-darajali serjant harbiy unvonlari joriy etildi.

O‘zbekistonda ilk raqamli bank — Anor Bank ro‘yxatdan o‘tkazildi
26 avgust 2020, 15:47

O‘zbekistonda ilk raqamli bank — Anor Bank ro‘yxatdan o‘tkazildi

Markaziy bank O‘zbekistondagi ilk raqamli bankni — Anor Bank ro‘yxatdan o‘tkazib, unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berdi.

Oliy sud IIV boshlagan avtomobil orqa eshigi oynasiga parda o‘rnatish bo‘yicha ma’muriy ishni tugatdi
26 avgust 2020, 15:03 1

Oliy sud IIV boshlagan avtomobil orqa eshigi oynasiga parda o‘rnatish bo‘yicha ma’muriy ishni tugatdi

Oliy sud Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati avtomobil oynasiga parda o‘rnatish bo‘yicha IIV boshlagan ma’muriy huquqbuzarlik ishini tugatdi. Buxorolik fuqaroning harakatlarida huquqbuzarlik alomatlari mavjud emas deb topildi.

Toshkentning Bektemir va Sergeli tumanlarida IIO FMB boshliqlari tayinlandi
26 avgust 2020, 15:02

Toshkentning Bektemir va Sergeli tumanlarida IIO FMB boshliqlari tayinlandi

Toshkentning Bektemir va Sergeli tumanlarida ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi.

Qamchiqdagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
26 avgust 2020, 12:15

Qamchiqdagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Qamchiq dovonida Isuzu haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, temir to‘siq bilan to‘qnashuv sodir etdi. Kelib chiqqan yong‘inda ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Ilk bor o‘zbekistonlik tadbirkor Forbes Tech kengashiga a’zo bo‘ldi
26 avgust 2020, 11:31

Ilk bor o‘zbekistonlik tadbirkor Forbes Tech kengashiga a’zo bo‘ldi

O‘zbekistonlik tadbirkor Bobir Akilxanov Forbes jurnalining texnologiya bo‘yicha kengashi (FTC) tarkibiga kirdi. Tadbirkor ushbu kengashga a’zo bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘lib, bu unga taniqli jurnalda texnologiya bo‘yicha maqolalar joylashtirish imkoniyatini beradi.

«Maktablarda qat’iy forma talab qilinmaydi» — Sherzod Shermatov
26 avgust 2020, 10:35 1

«Maktablarda qat’iy forma talab qilinmaydi» — Sherzod Shermatov

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov maktablarda qat’iy forma talab qilinmasligini, lekin ma’lum tartiblarga rioya qilinishi kerakligini ta’kidladi.

Koronavirus holatlari 39,8 mingga yaqinlashdi
26 avgust 2020, 10:08

Koronavirus holatlari 39,8 mingga yaqinlashdi

O‘zbekistonda 126 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Hozirda koronavirusdan davolanayotganlar soni 3518 kishini tashkil etib, ularning 294 nafari og‘ir ahvolda, 110 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.

MGIMO rektori «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi
26 avgust 2020, 09:41

MGIMO rektori «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) rektori Anatoliy Torkunovni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi.

Baxtiyor Rahmonqulov Yashnobod tumani hokimi etib tayinlandi
25 avgust 2020, 23:54

Baxtiyor Rahmonqulov Yashnobod tumani hokimi etib tayinlandi

Toshkent hokimi o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Baxtiyor Rahmonqulov Yashnobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Kun davomida 316 ta koronavirus holati aniqlandi
25 avgust 2020, 23:44

Kun davomida 316 ta koronavirus holati aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida so‘nggi vaqtlardagi eng kam — 316 ta koronavirus holati aniqlandi (umumiy — 39 664 ta).

Toshkentning Bektemir tumaniga hokim tayinlandi
25 avgust 2020, 23:28

Toshkentning Bektemir tumaniga hokim tayinlandi

Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Jahongir Ibrohimov Toshkentning Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi.

Maktablarda qanday sanitariya qoidalarini joriy etish taklif qinmoqda?
25 avgust 2020, 20:59

Maktablarda qanday sanitariya qoidalarini joriy etish taklif qinmoqda?

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o‘rinbosari pandemiya munosabati bilan maktablarda o‘quv jarayoni qanday tashkil etilishi mumkinligini so‘zlab berdi. Dars davomiyligini qisqartirish, ta’limni 2−3 smenali tashkil etish, qo‘llarni yuvish uchun sharoitlar yaratish va uch nafardan ortiq o‘quvchida koronavirus aniqlangan sinflarni onlaynga o‘tkazish taklif qilinmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting