Ko‘chaboshi va uyboshilarga kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha har oyda kompensatsiya to‘lanadi. Bunda ularga biriktirilgan ko‘cha yoki uyda kamida 3 oy davomida faoliyat ko‘rsatgani inobatga olinadi va 70 balldan yuqori ball to‘plagan taqdirda kompensatsiya puli beriladi.
Aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz ravishda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida 25 fevraldan gaz quyish shohobchalari ish vaqti cheklanishi mumkin. «Hududgazta'minot» gaz to‘ldirish ishlarini ertalabki 05:00 dan — kechki 15:00 vaqt oralig‘ida amalga oshirishni tavsiya qildi.
Turkmanboshi O‘zbekiston prezidentiga maktub yo‘llab, Ashxobodda «Toshkent» madaniyat va istirohat bog‘i qurilishini ma’lum qildi. Bog‘ni loyihalashtirish va qurish bo‘yicha e’lon qilingan tenderga o‘zbek kompaniyalari ham taklif etildi.
Qashqadaryo viloyatida «Jiguli» haydovchisi yo‘lning katnov qismini kesib o‘tayotgan 15 yoshli qizni urib yubordi. Piyoda tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ikki nafar sirdaryoliklar Andijondan Mo‘ynoqqa qarab piyoda yo‘lga chiqishdi, ular Navro‘zni qoraqalpoq xalqi bilan birga nishonlamoqchi. Havaskor sportchilar 15 fevral kuni Andijondan yo‘lga otlanib, 9 kun deganda Toshkentga yetib kelishdi.
Samarqandda xotinini xiyonatda gumonsirab, uni va u bilan bo‘lgan erkakni savdo markazida pichoqlab o‘ldirgan fuqaroga 22 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
AQSHning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan vaksina Isroildagi ommaviy vaksinatsiya jarayoni natijalariga ko‘ra, birinchi dozadan so‘ng samaradorlik 57%, ikkinchisidan so‘ng 94% deb topildi.
Yo‘l harakati xavfsizligi va transport vositalaridan foydalanish qoidalariga qarshi jinoyatlarni og‘ir jinoyat deb topish tavsiya etildi. Jinoyat kodeksining yangi tahririda bunday qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin.
Amerika Kengashlari tomonidan O‘zbekistonga ingliz tilini rivojlantirish uchun 1000 ga yaqin o‘qituvchilarning yuborilishi rejalashtirmoqda. 2022 yil oxirigacha respublika hududida ta’lim yarmarkasi tashkil etiladi. Bundan tashqari, «English Speaking Nation» dasturi doirasida 15 mingdan ziyod o‘rta maktab ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Avvalroq noqulay ob-havo sharoiti sababli barcha shaharlararo avtobus qatnovlari bekor qilingani haqida xabar berilgan edi. Hozirgi paytga kelib esa Toshkent avtovokzalidagi shaharlararo reyslar qayta tiklandi.
Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, 1 maydan boshlab IELTS, TOEFL, GMAT, GRE va SAT imtihonlaridan yuqori ball to‘plagan yoshlarga imtihon xarajatlari to‘liq qoplab berilishi kutilmoqda. 2022 yildan boshlab yana 12 ta xalqaro imtihon bo‘yicha ham ushbu tartib joriy etiladi. Kompensatsiya olish tartibi va har bir imtihon uchun minimal ko‘rsatkich haqida.
“„Obnalchi“ halol tadbirkorning birinchi va yagona dushmani. U davlatni, jamiyatni aldaydi”, — dedi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev. Davlat soliq qo‘mitasi rahbari QQS bilan hisob-kitoblarni bekor qilish bo‘yicha yangi to‘lqin kutilayotganidan ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “obnalchi” firmalarning umri keskin qisqardi.
Chilonzor tumanidagi 18 ta bankomatdan 7 oy davomida jami 2,3 mlrd so‘m naqd pulni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Noqulay ob-havo sharoiti sababli Toshkent shahridan qatnaydigan 25 fevral sanasidagi barcha shaharlararo avtobus qatnovlari bekor qilindi.
Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda 2021-yilgi sug‘orish mavsumida suv ta’minoti 25 foiz kam bo‘lishi kutilayotgani aytildi. Shu bois, 430 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish orqali 3 mlrd kubmetr suvni tejash lozimligi ta’kidlandi.
Prezident raisligida o‘tgan videoselektorda bu yil Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasiga 24 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi ma’lum qilindi. Bunda, birinchi marta, sabzavot yetishtirishga Markaziy bankning asosiy stavkasida kreditlar berish uchun 300 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratish nazarda tutilgan.
Prezidentning poytaxt ko‘chalarini kengaytirish bo‘yicha bergan topshirig‘idan so‘ng, IIV tomonidan poytaxtda kengaytiriladigan ko‘chalar, qayta ochiladigan yo‘llar hamda yangi qurish reja qilingan yo‘nalishlar ro‘yxati e’lon qilindi. Batafsil.
«Shovvozsoy» dam olish maskani nafaqat temiryo‘lchilarga, balki, prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, turli vazirlik, idora va davlat tashkilotlari, mahalliy hokimliklar, respublika aholisi va chet ellik investorlarga xizmat ko‘rsatadi, deya bayonot berdi «O‘zbekiston temir yo‘llari».
Ukrainaning MDHning havo makoni to‘g‘risidagi shartnomasidan chiqayotgani, Belarusda muhim tovarlar narxlariga cheklovlar qo‘yilgani, Xitoy sudining fuqaroga uy ishlari uchun rafiqasiga pul to‘lashni buyurgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabovning ma’lum qilishicha, “hozirda Davlat test markazi va tegishli vazirliklar bilan birgalikda fanlar majmuasi ishlab chiqilgan. Avvalgi yil bilan solishtiradiganda, juda katta farq bo‘lmaydi”. Fanlar majmuasi kechikayotganiga blogerlar o‘z munosabatini bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting