Jalaquduqda o‘zini “kadastr” xodimi deb tanishtirgan shaxs mahalladan yer olib berishni, Jondorda esa kadastr mutaxassisi boshqa bir fuqaroga yer maydonini dehqon xo‘jaligi nomiga rasmiylashtirishni va’da qiladi. Ushbu shaxslar har ikki holatda ham o‘z xizmati evaziga kelishilgan mablag‘ni olayotganida qo‘lga tushadi.
Shavkat Darvishev Do‘stlik tumani hokimi vazifasiga tayinlandi. Ushbu tayinlovdan avval, u Jizzax viloyati Moliya bosh boshqarmasi rahbari bo‘lgan.
1 fevral holati bo‘yicha O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 34,3 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Xalqaro zaxiralarning kamayishiga xorijiy valyutadagi aktivlarning 700 mln dollar miqdorda kamayishi sabab bo‘lgan. Oltin zaxiralari 0,3 mln unsiyaga oshgan.
SpaceX Falcon 9 raketasi yordamida 60 ta ushbu turdagi sputniklarni fazoga uchirdi. Kompaniya Yer yuzini internet bilan ta’minlaydigan Starlink sun’iy yo‘ldoshlari tizimini yaratish maqsadini o‘z oldiga qo‘ygan.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston Respublikasiga tashrif buyurib, 3 mamlakatning tashqi siyosiy mahkamalari rahbarlari bilan uchrashadi.
Bosh prokuratura, DXX va IIV tomonidan Nukusda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaroni ichki ishlar tizimiga ishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi, 28-moddasi, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qurilish vazirligi boshqarma boshlig‘i Nasrullo Boboyevning xabar berishicha, Sardoba suv omborini qayta tiklash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining yopiq qarori qabul qilingan va izlanishlar yakunlangach, to‘g‘onni tiklash ishlarini ikki bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan.
Toshkent shahrida 3 nafar fuqaro tadbirkorni aldov yo‘li bilan uyiga olib kelib, do‘pposlab, ma’lum bir vaqt ushlab turishgan. Tadbirkorni qo‘yib yuborish uchun uning yaqinlaridan 29 ming dollar pul olishiga qaramay, yana pul talab kilingan. Rad javobini olgan jinoyatchi tadbirkorni o‘ldirib, murdasini bo‘laklab ko‘mgan. Tadbirkorning qotili 25 yilga, uning jinoiy sheriklari esa 15 va 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Xitoy vaksinasining O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan klinik sinovlarining dastlabki natijalariga ko‘ra, emlanganlar orasida 1-darajali nojo‘ya ta’sirlar 0,3% ni tashkil qildi. Vaksinadan favqulodda foydalanish uchun ruxsat berilsa, vaksina yaratilishida hamkor tomon sifatida O‘zbekistonga vaksina imtiyozli narxlarda yetkazib beriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilda Jizzax viloyatida amalga oshiriladigan 515 ta loyiha haqida ma’lumot taqdim etildi. Loyihalarning umumiy qiymati 35,5 trln so‘m bo‘lib, ular natijasida yiliga 25 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi aytildi.
Navbatdan oldin emlangan Peru tashqi ishlar vazirining iste’fosi, Qirg‘iziston prezidentining Rossiyaga tashrifi arafasida o‘z-o‘zini yakkalagani, Tesla’ning Hindistonda zavod ochayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Bosh prokuratura va DXX Namanganda fuqarolarni Rossiyaga soxta hujjatlar bilan jo‘natishga uringan shaxslarni qo‘lga oldi. Ular karantin davrida Federatsiyaga kirish taqiqlanganidan foydalanib, ikki kishini davolanish uchun hujjatlarni soxtalashtirib, yubormoqchi bo‘lgan.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov O‘zbekistonda yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlarni tashkil etish SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi farmoni bilan tartibga solinishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Shunga qaramasdan u bu borada qonunbuzarlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjud bo‘lsa-da, mitinglarni tashkil etish tartibi belgilanmaganini tan oldi.
JSST mutaxassislariga ko‘ra, COVID-19'ning og‘ir ko‘rinishini boshdan o‘tkazgan bemorlar 3−6 oygacha o‘zini yomon his qilishlari mumkin. Bunday uzoq muddatga cho‘zilgan kasallanish jarayoni holsizlikka, fikrlash qobiliyati, hotiraning susayishiga olib kelishi mumkinligi aytilmoqda.
Xitoyning Vuxan shahrida koronavirusning kelib chiqishini aniqlash uchun tadqiqot olib borgan JSST mutaxassislari shaharda SARS-COV-2'ning 13 ta ehtimoliy turini aniqlashgan.
Dollarning rasmiy kursi 9 so‘mga qimmatladi va jami 10 540 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Ekologiya davlat qo‘mitasi ishdan bo‘shagan sobiq matbuot kotibi Bunyod Abdullayev bo‘yicha rasmiy munosabat bildirib, uning «vajlari haqiqatga mos kelmasligini» aytmoqda. Qo‘mita Abdullayevga bosim o‘tkazilgani hujjatli asosga ega emasligini ta’kidlagan. Bayonotda sobiq matbuot kotibining yig‘ilishdan chiqib ketganligi «qonun buzilishi» deb hisoblanishi qayd etilgan.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoni mart oyining birinchi yarmida boshlanishini ma’lum qildi. Birinchi bo‘lib xavf guruhiga kiruvchi aholi emlanadi. Sanitariya xizmati vaksina ishlab chiqaruvchi 12 ta korxona bilan muzokara olib borayotganligini ham aytgan.
Poytaxtda haydovchilik guvoxnomasiga ega bo‘lmagan fuqaro mashinada boshqaruvni yo‘qotib, 2 ta «Cobalt» ga urilgan. To‘qnashuv natijasida bir nafar piyoda jarohat oldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sessiyasida Gulnara Bazarbayeva Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining raisi etib saylandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting