Yarim yilda O‘zbekistonga 1,2 mln chet ellik keldi
23 iyul 2020, 15:32

Yarim yilda O‘zbekistonga 1,2 mln chet ellik keldi

Yarim yil davomida O‘zbekistonga 1,2 mln chet el fuqarosi tashrif buyurdi. Ular soni 2019 yilning mos davriga nisbatan 60 foizga kamaygan. Kelganlarning aksariyati MDH davlatlari fuqarolari bo‘lib, ular karantin cheklovlari o‘rnatishidan oldin mamlakatga tashrif buyurgan.

Asosiy stavka yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi
23 iyul 2020, 14:30

Asosiy stavka yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank bazaviy stavkani yiliga 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Yil oxirida inflyatsiya prognozi 11−12,5% darajasida saqlab qolindi.

Turkmaniston JST kuzatuvchisiga aylandi
23 iyul 2020, 14:19

Turkmaniston JST kuzatuvchisiga aylandi

Jahon savdo tashkiloti a’zolari Turkmanistonga kuzatuvchi maqomini berishni qo‘llab-quvvatladilar. Turkmaniston sobiq sovet respublikalari orasida JST bilan rasmiy munosabatlar o‘rnatgan oxirgi mamlakatga aylandi.

Xitoy Marsga ilk missiyasini boshladi
23 iyul 2020, 13:37

Xitoy Marsga ilk missiyasini boshladi

Xitoy Mars sayyorasini o‘rganish uchun Tianwen-1 zondini uchirdi. Sayyora yuzasiga chiqish uchun yetti oy kerak bo‘ladi. Agar missiya rejadagidek amalga oshirilsa, zond 2021 yilda Yerga birinchi ma’lumotlarni yuboradi.

Narxni oshirgan taksi haydovchilari jazolandi
23 iyul 2020, 12:45

Narxni oshirgan taksi haydovchilari jazolandi

Toshkentda karantin vaqtida yo‘l haqlarini oshirgan 25 ta yuridik korxona jarimaga tortildi va 64 ta yo‘nalishsiz taksining litsenziya varaqalari bekor qilindi.

Farg‘onada stikersiz taksi haydovchisi o‘zini osmoqchi bo‘ldi
23 iyul 2020, 11:49

Farg‘onada stikersiz taksi haydovchisi o‘zini osmoqchi bo‘ldi

Farg‘onada stikersiz taksi haydovchisi jarima maydonchasida daraxtga o‘zini osmoqchi bo‘ldi. Milliy gvardiya xodimlari uni to‘xtatib qoldi.

AQSHda qayta ishlatiladigan niqoblar yaratildi
23 iyul 2020, 11:21

AQSHda qayta ishlatiladigan niqoblar yaratildi

Massachusets texnologiya instituti muhandislari qayta ishlatish mumkin bo‘lgan, arzon va N95 respiratori bilan bir xil himoya qiladigan silikon niqob ishlab chiqishdi.

UzAuto Trailer kompaniyasi e’lon qilgan mega aksiya tugashiga oz qoldi
23 iyul 2020, 11:00

UzAuto Trailer kompaniyasi e’lon qilgan mega aksiya tugashiga oz qoldi

UzAuto Trailer kompaniyasi «KAMAZ» bilan hamkorlikda e’lon qilgan mega aksiya tugashiga oz qoldi. 1 avgustga qadar katta chegirma bilan «KAMAZ» rusumli yuk tashuvchi avtomashinasini xarid qilgan aksiya ishtirokchilariga servis xarajatlari va bonuslar taqdim etiladi.

Koronavirus holatlari 18,5 mingdan oshdi
23 iyul 2020, 10:05

Koronavirus holatlari 18,5 mingdan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 152 nafarga ortib, jami 18531 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘istonda, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.

Kun davomida 498 ta koronavirus holati aniqlandi
23 iyul 2020, 00:28

Kun davomida 498 ta koronavirus holati aniqlandi

22 iyul kuni O‘zbekistonda 498 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 18379 taga yetdi. Kun davomida rekord darajada — 351 bemor sog‘aydi, 3 kishi vafot etdi.

Koronavirus aniqlangan sobiq bosh prokuror o‘rinbosari vafot etdi
22 iyul 2020, 19:37

Koronavirus aniqlangan sobiq bosh prokuror o‘rinbosari vafot etdi

O‘zbekiston bosh prokurorining sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘istonning sobiq prokurori Xakimbay Xalimov olamdan o‘tdi. Avvalroq unda koronavirus aniqlangan edi.

Kam ta’minlanganlarga ajratilgan 82,2 mln so‘m o‘zlashtirib yuborildi
22 iyul 2020, 19:18

Kam ta’minlanganlarga ajratilgan 82,2 mln so‘m o‘zlashtirib yuborildi

Shahrixon tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘ini mansabdor shaxslari kam ta’minlangan oilalar toifasiga kirmaydigan 51 fuqaroga asossiz ravishda moddiy yordam puli to‘lab bergan. Oqibatda 82,2 mln so‘m byudjet mablag‘i talon-toroj qilingan.

Andijon SEOM mansabdorlari 160 mln so‘mga yaqin byudjet mablag‘larini talon-toroj qildi
22 iyul 2020, 18:52

Andijon SEOM mansabdorlari 160 mln so‘mga yaqin byudjet mablag‘larini talon-toroj qildi

Andijonda viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining mansabdorlari 326,4 mln so‘mlik dezinfeksiya vositalarini bozor narxidan 159,3 mln so‘mga sotib olib, byudjet mablag‘larini talon-taroj qildi. Avvalroq Navoiy, Namangan, Buxoro va Qashqadaryoda ham xuddi shunday jinoyatlar sodir etilgandi.

Toshkentdagi Jomiy bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi — video
22 iyul 2020, 18:13

Toshkentdagi Jomiy bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi — video

Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan Jomiy bozori yaqinidagi bir nechta qurilish do‘konlarida yong‘in kelib chiqdi. Alanga 200 kv m maydondagi inshoot va mulklarga zarar yetkazdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar yarim yilda 122 mingdan ortiq ishni ko‘rib chiqdi
22 iyul 2020, 17:36

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar yarim yilda 122 mingdan ortiq ishni ko‘rib chiqdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar yarim yilda 19 mingdan ortiq ajrim to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqib, ularning 11 mingga yaqinini qanoatlantirdi.

Yana 153 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 18324)
22 iyul 2020, 17:10

Yana 153 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 18324)

Koronavirus bemorlari soni 153 nafarga ortib, jami 18324 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 93 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 60 nafari Toshkent shahrida aniqlandi.

Koronavirusdan davolashda qo‘llaniladigan dori va tibbiy texnikalar importi qulaylashdi
22 iyul 2020, 16:48

Koronavirusdan davolashda qo‘llaniladigan dori va tibbiy texnikalar importi qulaylashdi

Respublikada ro‘yxatdan o‘tkazmasdan import qilinadigan hamda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori-darmon, biologik qo‘shimchalar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ro‘yxati tasdiqlandi.

Uy sharoitida COVID-19 dan davolanayotgan bemorlar soni ma’lum qilindi
22 iyul 2020, 16:32

Uy sharoitida COVID-19 dan davolanayotgan bemorlar soni ma’lum qilindi

Mamlakat bo‘yicha koronavirus infeksiyasidan uy sharoitida davolanayotgan bemorlar soni 1706 nafarni tashkil qilmoqda. Ularning eng ko‘pi Toshkent viloyati va Toshkent shahrida.

Maxsus transport vositalarini o‘tkazib yuborgan haydovchilar jarimaga tortilmaydi
22 iyul 2020, 14:00

Maxsus transport vositalarini o‘tkazib yuborgan haydovchilar jarimaga tortilmaydi

Maxsus transport vositalariga yo‘l berish uchun yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilar ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi. Prezident Ma’muriy javobgarlik kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Namanganda Changan kichik yuk avtomobillari ishlab chiqariladi
22 iyul 2020, 13:56

Namanganda Changan kichik yuk avtomobillari ishlab chiqariladi

Chust tumanida joylashgan «Namangan» erkin iqtisodiy zonasida Xitoyning Shangan brendi ostida kichik yuk avtomobillari ishlab chiqarish loyihasi boshlandi. Jami 5,8 mln dollar miqdorida investitsiya jalb qilinayotgan loyiha doirasida ishlab chiqarish jarayoni 2021 yilning birinchi choragida boshlanishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting