Quyi palata deputati Doniyor G‘aniyev energiya inqirozi davrida uyini isita olmagan, farovon hayotini ta’minlashga imkoniyati bo‘lmagan odamlarga islohotlarning nima keragi bor, degan savolni o‘rtaga tashladi. U bunda aybdor rahbarlar iste’fosi eng maqbul yo‘l ekanini qayd etdi. «Aslida demokratik davlatlarda bunday inqirozlar ortidan rahbarlar o‘z ixtiyori bilan iste’fo beradi», — dedi deputat.
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Forish» tog‘ poligoniga tashrif buyurib, uning yangilangan infratuzilmasi va Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligi bilan tanishdi.
O‘zbekistonning ayrim hududlarida ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari (suv hisoblagichi borlar uchun) narxlari 1,5−3 baravargacha oshirildi. Navoiy viloyatida eng yuqori tariflar qayd etilmoqda.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Yoshlar forumi va prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida belgilangan tadbirlar uchun 41 trln so‘mga yaqin mablag‘ zarur bo‘lishi mumkin.
Xalqaro «Oskar» mukofotiga O‘zbekiston nomidan nomzod sifatida tanlangan «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi vaqtida taqdim etilmagani uchun ishtirokchilar ro‘yxatidan olib tashlandi. Film prodyusseri uni O‘zbekiston «Oskar» qo‘mitasiga o‘z vaqtida topshirganini ma’lum qildi. «O‘zbekkino» matbuot kotibi film hali «Oskar»da ishtirok etish imkoniyati borligini ta’kidladi.
Poytaxtdagi Shayxontohur tumanida noqonuniy diniy ta’lm beruvchi xujra aniqlandi. Unda ta’lim olayotgan voyaga yetmagan bolalar o‘qlov bilan urilgan. Ota-onalar o‘z farzandlarining ta’limi uchun 150−200 dollar pul to‘lashgan.
2020 yilda iste’mol sektorida inflyatsiya 11,1 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 15,3 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 8,8 foiz va xizmatlar 7,1 foizga qimmatlashdi — batafsil ma’lumotlar.
Parlament saylovlarida Qozog‘istondagi hukmron partiya Nur Otan 71,09% saylovchilar ovozi bilan g‘olib bo‘ldi.
Shu kunga qadar Samarqand viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Dilfuza Azizova Samarqand tumani hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Yangi koronavirus aniqlangan Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va JAR bilan aviaqatnovlarga qo‘yilgan taqiq muddati 1 fevralgacha uzaytirildi.
Haftaning o‘rtalarida havo harorati biroz pasayadi, Toshkent viloyati va mamlakat sharqidagi tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Juma kuni kunduzi havo +15 darajagacha isiydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifini Markaziy harbiy okrugning artilleriya brigadasini borib ko‘rish bilan boshladi. Davlat rahbari mutasaddilarga bugun dunyoda kuzatilayotgan xavf-xatarlardan kelib chiqib, jangovar tayyorgarlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish, xorij tajribasini o‘rganish, eng ilg‘or axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Dollarning rasmiy kursi 23 so‘mga qimmatladi va jami 10 473 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In mamlakatning barcha fuqarolari koronavirusga qarshi bepul emlanishini ma’lum qildi.
Jizzaxdagi ko‘p qavatli uy qulashining sabablarini o‘rganish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi. Unga bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarlik qiladi. Binoni “Chorvador-Qorako‘l-Baraka” MCHJ qurgani ma’lum bo‘ldi.
Namangan «Paxtaliko‘l» suv uzatish inshootida favqulodda nosozlik sodir bӯldi. Natijada viloyatning 10 dan ortiq mahallalari ichimlik suvi ta’minotidan uzildi.
Suv quvurlaridan birida yuzaga kelgan avariya Andijon shahri, Oltinko‘l va Andijon tumanining 20 dan ortiq mahallalarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatgan. Aholining ichimlik suvi ta’minoti 12 yanvar kuni tiklanishi rejalashtirilmoqda.
Xalq ta’limi vazirligi koronavirusga chalinishdan qo‘rqqan va uyida keksalar yoki surunkali kasallikka chalinganlar bo‘lgan o‘quvchilarga masofadan o‘qishda davom etishga ruxsat berdi. Avvalroq uchinchi chorakdan to‘liq an’anaviy ta’limga o‘tilishi xabar qilingan edi.
Buxoro shahrida asfalt mahsuloti yuklangan yuk mashinasi erkak ustiga ag‘darilib ketib, bosib qolgan. Mahalliy aholining ma’lum qilishiga ko‘ra, hodisa mazkur hududda qazish ishlari olib borilib, yo‘lning yuzasi faqat qo‘milgani va mo‘rt bo‘lib qolgani sababli yuzaga kelgan.
Qirg‘izistondagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Sodir Japarov deyarli 80 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. Bir vaqtning o‘zida o‘tkazilgan referendumda saylovchilarning 81 foizdan ko‘prog‘i mamlakatdagi prezidentlik boshqaruv shakli uchun ovoz berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting