Qonunchilik palatasi tomonidan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha agentlik tashkil etish bo‘yicha taklifi kiritildi. Shuningdek, davlat va jamoat tashkilotlarida salohiyatli ayollarni rahbarlik lavozimiga tayinlash buyicha kvotalash tartibi masalasi ham ko‘rib chikildi.
Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga ko‘ra, muqaddam qasddan jinoyat sodir etgan shaxslar tomonidan farzandlikka olishni taqiqlash tizimini ijtimoiy xavfliligiga qarab belgilash ko‘zda tutilmoqda.
Turkiya politsiyasi tomonidan shubhali shaxslar bilan telefon orqali muloqotda bo‘lganlikda gumon qilinib qo‘lga olingan taniqli jurnalist Abdukarim Mirzayev qo‘yib yuborildi. Unga nisbatan ilgari surilgan barcha gumonlar tasdig‘ini topmadi.
Eski namudagi banktnotalar va tangalarni amaldagi pul belgilariga almashtirib berishning oxirgi muddati 2022 yil 1 yanvar etib belgilandi.
«Barakali qorako‘l chorvador» fermer xo‘jaligi rahbari Jizzaxda qulab tushgan 6 qavatli uyning egasi ekanligi haqidagi xabarlarni rad etdi. «Qurilish qilolmayman, deb ko‘chmas mulkni sotganman. Men uni begonalashtirdim, keyin umuman aralashmadim», — dedi fermer.
Yetib olish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlari va tibbiyot muassasalariga malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.
IIV sobiq xodimasi Xurshida Djalilova 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emasligi xulosasi bilan ishdan bo‘shatilgan. Ombudsman Oliy sud ishga tiklash bo‘yicha ajrim chiqargan bo‘lsada, nima sababdan ijrosi ta’minlanmagani bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi. Uning natijasida IIV sobiq xodimasi 8 yil o‘tib, lavozimiga qayta tiklanishiga erishildi.
Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In mamlakat O‘zbekiston bilan Erkin savdo shartnomasini tuzishni tezlashtirishini ma’lum qildi.
Yangiyo‘l shahrida 12 yanvar kuni 06:00 dan 20:00 ga qadar suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilib, bir qancha hududlarda uzilishlar kuzatilishi ma’lum qilindi.
Moskva shahrida Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hukumat a’zolaridan iborat bo‘lgan ishchi guruhi tuzishga kelishildi.
31 martgacha Tashkent City bog‘iga pullik kirish tartibi saqlanib qolishi ma’lum qilindi. Yangi buyruqqa asosan, ushbu uzaytirish bog‘ faoliyatini saqlab turish xarajatlarini qoplashga qaratiladi.
Andijon viloyatida «Cobalt» va tez tibbiy yordam mashinasi ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. YTH natijasida «Damas» haydovchisi vafot etgan.
Armaniston hukumati koronavirusning tarqalishi tufayli karantin choralarini yarim yilga uzaytirishni qaror qildi. Ushbu qaror bilan birga ommaviy tadbirlarda 60 nafargacha ishtirokchilarga ruxsat berilgani bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi.
Qon bosimi ko‘tarilganligi bois, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov o‘z sog‘ligini tiklash maqsadida qisqa muddatli davolanish ta’tiliga chiqdi.
Andijon shahriga ichimlik suvi yetkazib beruvchi «Xonobod-Andijon» markaziy suv quvurining «Anjirzor» ko‘chasi hududida joylashgan suv taqsimlash jihozida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etildi. Hozirda ta’mirlash va sozlash ishlari yakuniga yetkazilgan.
Lokomotiv parki oldidagi temir yo‘l kesishmasida shlagbaumni chetlab o‘tmoqchi bo‘lgan «Nexia» haydovchisi boshqa bir mashinaga borib urildi. Natijada «Lacetti» haydovchisi muvozanatni yo‘qotib, mashina yon tomoni bilan turib qoldi.
IIV TikTok platformasidagi videolar mualliflarini fuqarolarning osoyishtaligi va jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzish mayda bezorilik hisoblanishi va qamoq bilan jazolanishi haqida ogohlantirdi. Ota-onalarga murojaat qilib: «Farzandlaringizni nazorat qiling. Yoshligidan taltaytirib, keyin afsuslanib yurmang», deya qayd etdi.
Quyi palata deputati Doniyor G‘aniyev energiya inqirozi davrida uyini isita olmagan, farovon hayotini ta’minlashga imkoniyati bo‘lmagan odamlarga islohotlarning nima keragi bor, degan savolni o‘rtaga tashladi. U bunda aybdor rahbarlar iste’fosi eng maqbul yo‘l ekanini qayd etdi. «Aslida demokratik davlatlarda bunday inqirozlar ortidan rahbarlar o‘z ixtiyori bilan iste’fo beradi», — dedi deputat.
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Forish» tog‘ poligoniga tashrif buyurib, uning yangilangan infratuzilmasi va Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligi bilan tanishdi.
O‘zbekistonning ayrim hududlarida ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari (suv hisoblagichi borlar uchun) narxlari 1,5−3 baravargacha oshirildi. Navoiy viloyatida eng yuqori tariflar qayd etilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting