Energetika vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, ayni damda issiqlik elektr stansiyalarining barqaror ishlash rejimi to‘liq tiklangan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi quyidan tortib, yuqorigacha bo‘lgan barcha mansabdor shaxslar daromadlar deklaratsiyasini to‘ldirishni taklif etmoqda. Bu borada tegishli qonun loyihasi ishlab chiqilgan va hozirda tegishli organlar bilan kelishish jarayoni amalga oshirilmoqda.
Toshkent shahrida ikki nafar fuqaro bir necha bankomatlarni o‘g‘irlaganlikda gumonlanmoqda. Mazkur shaxslar bankomatlarni ortib olib ketib, ularni buzgan va pullarni sarflab yuborgani aniqlandi.
Xitoy vaksinasi sinovining uchinchi bosqichida qatnashmoqchi bo‘lganlarning 30 foizida COVID-19ga antitanalar aniqlangan. Ular kasallikni alomatlarsiz o‘tkazgan. 7 yanvar holatiga ko‘ra, 1328 kishi emlangan.
Xorazm viloyatida uyning devorlari va tomining qulashiga olib kelgan gaz portlashi yuz berdi. Hodisa oqibatida voyaga yetmagan qiz vafot etgan, otasi kuyish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Toshkentda 8 yoshli haydovchi otasining qarovsiz qoldirgan Lacetti avtomobilini haydab, supermarket ichiga kirib bordi. Hodisada hech kim jarohatlanmadi.
Sobiq O‘zbekiston SSR geologiya vaziri va Davlat geologiya qo‘mitasining sobiq raisi (1991−1999) Tulkun Shayakubov 88 yoshida vafot etdi.
O‘zbekistonda mansabdorlar 2019 yilda 1 trln so‘m, 2020 yilning 11 oyida 346 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum qilindi. Qolaversa, korrupsiya holatlari bo‘yicha xabar berganlarni rag‘batlantirishga taxminan qancha mablag‘ sarflanishi ochiqlandi.
AQSH, O‘zbekiston va Qozog‘iston «Markaziy Osiyo investitsiyaviy sherikligi» tashabbusini e’lon qilishdi. Besh yil ichida kamida xususiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 mlrd dollar mablag‘larni jalb etish kutilmoqda.
Adliya vazirligi Amerika nodavlat notijorat tashkiloti Winrock International`ning O‘zbekistondagi filialini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Tashkilot vakolatxonasi 2006 yilda yopilgan edi.
AT Xalq bankining Toshkent viloyati Chirchiq filiali boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Gulzoda Rashidova aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi Raisining ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Bosh prokuratura To‘raqo‘rg‘on tumanida spirtli ichimlikdan zaxarlangan 6-bemor vafot etganini ma’lum qildi. Bir nafar bemor reanimatsiyada qolmoqda. Sotuvchi va yetkazib beruvchiga nisbatan jinoiy ish ochildi.
Bitiruvchisining birontasi ham OTMga kirmagan maktablarda uzoq vaqt ishlagan rahbarlarni lavozimdan olish bo‘yicha choralar tufayli, bir yil ichida bunday maktablar soni 3 barobarga kamaygan. 2020 yilda Qashqadaryo viloyatida 16,4% maktabning birorta bitiruvchisi OTMga kirmagan. Bu bo‘yicha eng yaxshi natija Toshkent shahrida (0,3% maktabda) kuzatilgan.
Navoiy viloyat hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi rahbari Bahodir Mansurov oilasiga tegishli qurilish korxonasi bir necha milliardlik davlat buyurtmalarini olgan, tender va tanlov komissiyalari faoliyatida uning o‘zi faol ishtirok etgan. Bunga bloger Davletovuz e’tibor qaratdi.
So‘nggi uch yil mobaynida O‘zbekistonda chaqaloq savdosi bo‘yicha 185 holat aniqlandi. Ushbu jinoyatlarning asosiy sabablari onalarning ijtimoiy-moddiy jihatdan himoyasizligi va nikohsiz bolalar tug‘ilishini yashirish istagi ekanligi ma’lum qilindi.
Senatorlar madaniyat sohasiga oid qonunni ma’qulladi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning ta’kidlashicha, «Avvallari bu sohada yakdil, uning hamma yo‘nalishlarini qamrab oluvchi qonun darajasidagi hujjat bo‘lmagan».
London sudi WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni garov evaziga ozodni qilishdan bosh tortdi. Sudya u ozod qilingan taqdirda, qochishga urinishi mumkin deb hisoblamoqda.
Poytaxt ko‘chalarida sovuqda qolgan boshpanasiz fuqarolarni ko‘rib, Toshkent shahar IIBBning 71−281−90−32 raqamiga murojaat qilish mumkin. Muhtojlar Toshkent shahar IIBB huzuridagi Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazida tashkil etilgan «Mehr saxovat» boshpanasiga olib boriladi.
COVID-19 ning tarqalashi sababli Yaponiya poytaxti Tokioda 8 yanvardan boshlab favqulodda holat e’lon qilindi. Ovqatlanish joylariga cheklovlar belgilash, xodimlarni masovafiy ish tartibiga o‘tkazish va ommaviy tadbirlarni bekor qilish rejalashtirilmoqda.
AQSh Kongressi Jo Baydenni qo‘shma shtatlar prezidenti etib saylanganini rasman tasdiqladi. Tarafdorlari AQSh Kongressi binosiga bostirib kirgan Donald Tramp hokimiyatni “batartib” holda topshirishni va’da berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting