Kanada O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi kurash uchun $185 ming ajratadi
5 iyun 2020, 13:12

Kanada O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi kurash uchun $185 ming ajratadi

Kanada hukumati O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash uchun 185 ming AQSH dollari ajratadi.

«Abituriyent istagan joyidan imtihon topshirishi mumkin» — DTM direktori
5 iyun 2020, 12:53

«Abituriyent istagan joyidan imtihon topshirishi mumkin» — DTM direktori

2020−2021 o‘quv yili uchun OTMga kirish imtihonlarida abituriyentga O‘zbekistonning istalgan hududidan, o‘zlari xohlagan oliygohga hujjat topshirish imkoniyati bu yili ham saqlab qolinadi.

Piyodalar va velosipedlar ustuvor o‘rinda bo‘ladi
5 iyun 2020, 10:20

Piyodalar va velosipedlar ustuvor o‘rinda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning «Kalyon» kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan Toshkent shahrining transport konsepsiyasi bilan tanishdi. Konsepsiyada ustuvorlik piyodalar, velosipedlar va jamoat transporti harakatiga berilgan.

Koronavirus bemorlari soni 3965 nafarga yetdi
5 iyun 2020, 10:08

Koronavirus bemorlari soni 3965 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 26 nafarga ortib, jami 3965 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanganlarning 12 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, qolganlari Samarqand, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan. Shuningdek, 1 nafardan bemor Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

Prezident Farg‘onaga jo‘nab ketdi
5 iyun 2020, 10:02

Prezident Farg‘onaga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona aholisining hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi.

Futbol klublari stadionda ishqibozlar rasmini qo‘yishmoqchi
4 iyun 2020, 19:43

Futbol klublari stadionda ishqibozlar rasmini qo‘yishmoqchi

O‘zbekiston Superligasi uch oylik tanaffusdan so‘ng 13 iyundan davom ettiriladigan bo‘ldi. Stadionlarda futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi choralar ko‘rishmoqda.

«Chiroyli» avtoraqamlarning boshlang‘ich narxlari o‘zgardi — ro‘yxat
4 iyun 2020, 18:40

«Chiroyli» avtoraqamlarning boshlang‘ich narxlari o‘zgardi — ro‘yxat

«Chiroyli» raqamlar 6 ta toifaga ajratildi va ayrimlarining boshlang‘ich narxlari o‘zgardi.

Yuk avtomashinalari ishtirokidagi YTHda 3 kishi halok bo‘ldi
4 iyun 2020, 18:16

Yuk avtomashinalari ishtirokidagi YTHda 3 kishi halok bo‘ldi

“Toshkent-Osh” avtomobil yo‘lining 227 kilometrida harakat davomida tormoz tizimi ishlamay qolgani sababli “Sams” rusumli yuk avtomashinasi ikki “Isuzu” yuk avtomashinasiga urilib, ag‘darilgan. YTH oqibatida barcha yuk avtomashinalarining haydovchilari vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xorijiy aviakompaniyalar DXXga yo‘lovchilar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etadi
4 iyun 2020, 17:55

Xorijiy aviakompaniyalar DXXga yo‘lovchilar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etadi

1 iyuldan xorijiy aviakompaniyalar o‘z yo‘lovchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni DXXning chegara qo‘shinlariga majburiy ravishda taqdim etadi. Ma’lumotlar Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining standart formatida berilishi belgilangan.

Koronavirus bemorlari soni 3900 nafardan oshdi
4 iyun 2020, 17:15

Koronavirus bemorlari soni 3900 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 35 nafarga ortib, jami 3909 kishiga yetdi. Yangi holatlarning barchasi Navoiy viloyatida aniqlangan. Bunda, 27 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar va 8 nafari esa aholi orasida qayd etilgan.

Shvetsiya bosh epidemiologi qat’iy karantin kiritilmaganidan afsusda
4 iyun 2020, 15:54

Shvetsiya bosh epidemiologi qat’iy karantin kiritilmaganidan afsusda

Shvetsiya bosh epidemiologi mamlakatda koronavirus epidemiyasining boshidanoq qat’iy karantin cheklovlarini o‘rnatilmaganidan afsuslanishini aytdi. Hozirda, mamlakatda koronavirusdan o‘lim darajasi dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan bo‘lib qolmoqda, kasallanganlarning 11,6 foizi vafot etgan.

“Yashil” hududlardagi diniy tashkilotlar 8 iyundan faoliyatini boshlaydi
4 iyun 2020, 15:23

“Yashil” hududlardagi diniy tashkilotlar 8 iyundan faoliyatini boshlaydi

“Yashil” hududlardagi diniy tashkilotlar (masjidlar, cherkovlar) faoliyati 8 iyundan boshlanadi. Bunda himoya niqoblarini majburiy kiyish sharti bilan, shuningdek, tashrif buyuruvchilar orasidagi masofa kamida 1,5−2 metr bo‘lgan holda namoz o‘qish mumkin bo‘ladi. Lekin, hozircha ommaviy diniy tadbirlar (juma namozi, yakshanba ibodatlari va boshqalar) tashkil etish taqiqlanadi.

Floyd o‘limi bo‘yicha to‘rtta politsiya xodimi ayblanmoqda
4 iyun 2020, 15:11

Floyd o‘limi bo‘yicha to‘rtta politsiya xodimi ayblanmoqda

Jorj Floyd o‘limiga aloqador barcha to‘rtta politsiya xodimiga ayblovlar e’lon qilindi. Floydni tizzasi bilan bo‘g‘ib turgan politsiya xodimiga 40 yil qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

OTMga topshirish uchun talab qilinadigan hujjatlar
4 iyun 2020, 15:10 5

OTMga topshirish uchun talab qilinadigan hujjatlar

Abituriyentlar OTMlarga topshirishi uchun talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi. Oldingi yillarda o‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun to‘lov bu yil 111,5 ming so‘m miqdorda bo‘lishi belgilandi.

Abituriyentlar faqat ikkita fandan test sinovlari topshiradi
4 iyun 2020, 14:29

Abituriyentlar faqat ikkita fandan test sinovlari topshiradi

2020−2021 o‘quv yili uchun OTMga kirish imtihonlarida abituriyentlar ikkita fandan test sinovlari topshiradi. Test sinovlari karantin cheklovlari tugagandan so‘ng iyul-avgust oylarida (taxminan 27 iyuldan 15 avgustgacha) o‘tkaziladi. Ijodiy imtihon topshirishi kerak bo‘lgan abituriyentlar faqatgina bitta ta’lim yo‘nalishida, qolgan holatlarda 3 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

OTMlarga qabul 15 iyundan 15 iyulgacha onlayn bo‘lib o‘tadi
4 iyun 2020, 14:00

OTMlarga qabul 15 iyundan 15 iyulgacha onlayn bo‘lib o‘tadi

Abituriyentlar respublika OTMlariga 15 iyundan 15 iyulgacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, DTM sayti va Davlat xizmatlari markazlari orqali onlayn hujjat topshirishlari mumkin bo‘ladi.

Yosh olimlar Toshkentda uy ololmayotgani tufayli Senat hokimiyatga so‘rov yubordi
4 iyun 2020, 13:53

Yosh olimlar Toshkentda uy ololmayotgani tufayli Senat hokimiyatga so‘rov yubordi

40 nafardan ortiq Fanlar Akademiyasining yosh olimlari ko‘p qavatli uylar uchun birinchi to‘lovni 2019 yil noyabrda to‘lab berishgan. Sergeli tumanidan ajratilishi kerak bo‘lgan uylar yuzasidan, Senat qo‘mitasi Toshkent shahar hokimiga senator so‘rovi yubordi.

«Turkiya tashqi turizmni ochishi bilan biz ham ochamiz» — prezident
4 iyun 2020, 13:46

«Turkiya tashqi turizmni ochishi bilan biz ham ochamiz» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xorijlik sayyohlarni qabul qilishni Turkiya bilan bir vaqtda boshlashini ma’lum qildi. «Qayerda bizni qabul qilishga tayyor bo‘lsa, biz ham tayyor bo‘lamiz. Biz darrov samolyotlarimizni uchiramiz», — deya ta’kidladi davlat rahbari.

So‘x tumanidagi muammolarni bartaraf etishga 1 trln so‘m ajratiladi
4 iyun 2020, 13:10

So‘x tumanidagi muammolarni bartaraf etishga 1 trln so‘m ajratiladi

So‘x tumanidagi barcha muammolarni bartaraf etish uchun 1 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu masala bo‘yicha prezident qarori loyihasi tayyorlanmoqda. Co‘xlik yoshlarning oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinishi uchun 500 ta kvota ajratiladi, ular oliy o‘quv yurtlariga imtihonlarni o‘z ona tillari — tojik tilida topshirishlari mumkin bo‘ladi.

“O‘rikzor” savdo majmuasi faoliyati qayta tiklandi
4 iyun 2020, 12:47

“O‘rikzor” savdo majmuasi faoliyati qayta tiklandi

14 kunlik karantindan keyin “O‘rikzor” savdo majmuasi qayta ochildi. Qurilish materiallari bozori “Stroygorod” majmuasi bundan mustasno.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting