Go‘sht, baliq, sut, tuxum, yog‘ va boshqa tovarlarni mamlakatga import qilishda bojxona bojining nol stavkalari 2021 yil oxirigacha uzaytirildi.
Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi 1 yanvardan tugatiladi. Jamg‘armadagi o‘zlashtirilmagan va qoldiq mablag‘lar davlat byudjetiga o‘tkaziladi.
1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining oyligi hamda stipendiyalar 10%ga oshiriladi. Ushbu sanadan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori va bazaviy hisoblash miqdori ham oshirilmoqda.
Rosselxoznadzor 1 yanvardan Rossiyaga Farg‘ona viloyatidan quruq mevalarni olib kirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Cheklov 7 dekabrda o‘rnatilgan edi.
Ziyouz.uz portali 2020 yilda olamdan o‘tgan o‘zbekistonlik akademiklar, professorlar, diniy arboblar, shoir va yozuvchilar, jurnalistlar, san’atkorlar va hokimlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 31 dekabr va 1 yanvar kunlari 30 kishidan ko‘proq bo‘lib, PZR test yoki ekspress testlarni topshirgan holda Yangi yil bayramini nishonlashga ruxsat berildi.
Tadbirkor Botir Arifjonov (LeBazar, Paynet, Khan Academy Uzbek) O‘zbekiston prezidentiga ikkita loyihani amalga oshirishda yordam so‘rab murojaat qildi. Birinchi loyiha doirasida u maktablarga bepul internet o‘rnatishni, ikkinchisi doirasida esa IT-maktab ochish uchun 3 ming kv. metr maydon ajratishda ko‘mak so‘ragan.
Yamanning Aden shaxri aeroportiga hukumat a’zolari yetib kelganida kuchli portlash ro‘y berdi. Hodisa oqibatida besh kishi vafot etdi va 20 ga yaqin kishi yaralandi.
1 yanvardan boshlab Farg‘ona viloyatida yo‘l qoidalariga amal qilmagan, piyodalar o‘tish joyida piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilar, niqob taqmagan va jamoat tartibini buzgan fuqarolarning huquqbuzarliklari dronlar orqali fiksatsiya qilinadi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi oppozitsiya lideri Aleksey Navalniyga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘adi. U xayriya sifatida yig‘ilgan 356 million rublni o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda.
Qirg‘izistonning Bishkek shahri va Chuy viloyatida 176 va 24 o‘rinli ikkita modulli shifoxona ishga tushirildi. Shifoxonalar qurilishi va jihozlanishi O‘zbekiston tomonidan to‘liq moliyalashtirildi.
Senati sud hokimiyati faoliyati oid Konstitutsiyaga o‘zgartishlar to‘g‘risidagi qonunni o‘z saytida e’lon qildi. Ushbu qonun matni Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangan bo‘lsa-da, jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etilmagan edi.
Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda karshering tashkilotlari faoliyatiga imkoniyat berildi. 10 yanvardan avtomototransport vositalarini ushbu tashkilotlaridan 30 kungacha ijaraga olish mumkin bo‘ladi. Ushbu tashkilot avtomototransport vositalari maxsus taniqlik belgiga ega bo‘lishi shart.
Xorvatiyada epitsentri Petrinya shahri bo‘lgan 6,3 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi. Hozirga qadar 500 dan ortiq fuqaro uysiz qolgan, 7 nafari vafot etgan.
Toshkent viloyati hududidagi temiryo‘llarda ikki nafar fuqaroni yuk poyezdi urib ketdi. Haloqat fuqarolarning ehtiyotsizligi oqibatida, quloqchinlarni taqib harakatlanganliklari tufayli sodir bo‘lganligi aniqlandi. Ulardan biri, 32 yoshli ayol voqea joyida vafot etgan.
Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida davlat-xususiy sherikligi asosida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi. Loyiha boshlanishi 2021 yil fevral oyiga rejalashtirilgan.
Rosselxoznadzor 1 yanvardan boshlab Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi 34 ta korxonaga Rossiyaga pomidorlarni olib kirishga ruxsat berdi.
O‘zbekiston hukumati «O‘zavtosanoat» kompaniyasini faqatgina elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, mamlakat ichida elektromobillarni sotib olishda va ularni vaqtinchalik olib kirishdagi yig‘imlar bekor qilinadi.
Deputat Doniyor G‘aniyev Andijon va Jizzax viloyatlarida davlat xaridlaridagi «tanish-bilishchilik» aslida yangilik emasligi, bu ikki holat «aysberg»ning uchi ekanligi hamda qonunchilikda davlat xaridlari sohasidagi manfaatlar to‘qnashuvi uchun javobgarlik yo‘qligini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida mamlakatdagi 25 ta manzil-koloniya bosqichma-bosqich qisqartirilishi, birinchi marta ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga berilgann jazo qisqartirilsa, u manzil-koloniyaga o‘tkazilmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri probatsiya nazoratiga olinishini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting