Prezident Oliy Majlisga murojaatnomasida kelasi yili mamlakatda 2005 yildan beri doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston fuqaroligi berilishini e’lon qildi.
2021 yilda ikkita tezyurar poyezdni ishga tushirish, Buxoro-Urganch-Xiva temir yo‘lini elektrlashtirishni boshlash, aholi punktlaridan viloyatlar markazlariga avtobus qatnovlarini ko‘paytirish hamda yer usti metrosi qurilishining ikkinchi bosqichini yakunlash rejalashtirilmoqda. Prezident parlamentga murojaatida 2021 yilga mo‘ljallangan rejalarga to‘xtalib o‘tdi.
Davlat ishtirokidagi aksariyat korxonalar moliyaviy beqarorligi sababli u uchun og‘ir yuk bo‘lib qolmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev. Keyingi ikki yilda davlat ishtirokidagi korxonalar soni kamida 3 baravar kamaytirilishi rejalashtirilgan.
«Bizning ishimizdagi eng katta nuqson, bu — bilimlarning yetishmasligi va korrupsiya. Bu barcha sohalarda seziladi», dedi prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida. Davlat rahbari, shuningdek, kelgusi yilda byudjeti 3 trillion so‘m bo‘lgan «Mintaqaviy infratuzilmani rivojlantirish jamg‘armasini» tashkil etishni taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev Respublika jamoat xotin-qizlar kengashini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi va ushbu tashkilotga raisi sifatida Tanzila Narbayevani taklif qildi. Ayollarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va aniqlangan muammolarni hal qilish uchun byudjetdan qo‘shimcha ravishda 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yilni Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb e’lon qilishni taklif qildi.
«Gazeta.uz» «Pandemiya 2020: chaqiriqlar, xulosalar, oqibatlar» tanlovining «Adliya e’tirofi» nominatsiyasida g‘olib deb topildi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘tkazgan tezkor tadbirda “Toshkent” xalqaro aeroportida 4 nafar fuqaro yonidan soxta PZR-testi ma’lumotnomalari chiqqan. Tergov natijasida toshkentlik ikki nafar shaxs soxta ma’lumotnomalarni Buxoro va Xorazm viloyatidan bo‘lgan shaxslarga yetkazib turgani aniqlangan.
Jizzax viloyati hokimligining «Yagona buyurtmachi xizmati»dan 292,1 mlrd so‘mlik davlat buyurtmalarini Qurilish Ta’minoti, J-Quruvchi i Abduvohid Qurilish Ta’mir kompaniyalari qo‘lga kiritgan. Ushbu kompaniyalar asoschilari viloyat hokimi o‘rinbosari Akram Rahmonqulovga aloqador bo‘lishi mumkin.
Koronavirusning yangi shtammi haqida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u oldingisidan 70% ga kuchliroq deyilmoqda. Hozirda ushbu shtamm COVID-19'ning boshqa shtammlarini o‘rnini egallamoqda. U hozirgacha 10ga yaqin mamlakatlarda aniqlandi.
Prezident hokimlarning yerni olib qo‘yish bo‘yicha vakolatlarini qisqartirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Endilikda hokimlar yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini to‘xtatib qo‘yishga haqli emas.
Buxoro viloyatida yo‘lovchi poyezdi ayol kishini urib yubordi. U Kogon shahrida hamshira bo‘lib ishlagan. Baxtsiz hodisa oqibatida uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi yetim qoldi.
Bilasizmi, Coca-Cola'ning yangi yil kampaniyasi tarixi 1920 yilga borib taqaladi. Coca-Cola brendining yangi yil tantanalari kampaniyasiga 100 yil to‘lgani munosabati bilan sizlarga bayramona kayfiyat tuhfa etadi. Yangi yil tantanalari davomida kompaniya «Yangi yilda omad kuladi» aksiyasi ishtirokchilari orasida 21 ta Nissan Sylphy avtomobilini o‘ynaydi. 31 dekabrda esa barcha teletomoshabinlarni ZO’R TV telekanalida Coca-Cola va shou-biznes yulduzlaridan musiqiy syurpriz kutmoqda (yangi yil reklamasi).
“Hududiy elektr tarmoqlari” vakili matbuot anjumanida O‘zbekistonda elektr energiya bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar hisobida 3,5 trln so‘m qarzdorlik mavjudligini ma’lum qildi. Qolaversa, respublika bo‘yicha eng ko‘p qarzdorlik Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelishi ta’kidlandi.
2020-yil davomida 1,2 million nafardan ziyod aholiga ilk bor ichimlik suvi yetkazildi. Bundan tashqari, avariya holatlari 2019-yilga nisbatan 16,8 mingtaga, ya’ni 12 foizga kamaygani qayd etildi.
Prezident mustaqillikning 29 yilligi arafasida taqdirlangan bir guruh vatandoshlarga faxriy unvonlar, orden va medallarni topshirdi. “Bu yerda o‘tirganlar bugungi kunning qahramonlari, mardona xalqimizning buyuk vakillari” — deya ta’kidladi davlat rahbari.
Davlat rahbari murojaatnomada 2021-yilga nom berishi, mamlakatni yanada rivojlantirishga qaratilgan eng muhim vazifalar, ichki va tashqi siyosatga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilashi kutilmoqda.
Dekabr oyining oxirgi kunlari va yanvar oyining birinchi kunlarida harorat me’yordan 4−7 darajaga past bo‘lib, bu hafta davomida saqlanib turadi. Yakshanba kuni 27 dekabrda yog‘gan qor bu yilgi so‘nggi qor bo‘ldi, O‘zbekiston aholisi Yangi yilni qorsiz kutib olishadi.
Ichki ishlar organi hodimining mast holatda jamoat tartibini buzayotganligi haqidagi videoga IIV munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, ushbu hodisadan so‘ng me’yoriy buyruq talablarini buzgan xodim o‘z vazifasidan chetlatildi.
Control Union Central Asia kompaniyasi qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro GLOBAL G.A.P. va Organic sertifikatlarni olishni taklif qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting