Armaniston bosh vazirida koronavirus aniqlandi
1 iyun 2020, 12:19

Armaniston bosh vazirida koronavirus aniqlandi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanda va uning oila a’zolarida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ta’kidlanishicha, u muzokaralar davomida xizmat ko‘rsatayotgan ofitsiantdan COVID-19 bilan zararlangan. Davolanish paytida bosh vazir o‘z uyidan turib ishlashni davom ettirishini ma’lum qilgan.

Dollarning rasmiy kursi ikkinchi hafta ko‘tarilmoqda
1 iyun 2020, 11:13

Dollarning rasmiy kursi ikkinchi hafta ko‘tarilmoqda

Dollarning rasmiy kursi 9 so‘mga qimmatladi va 10 148 so‘m etib belgilandi. Bu dollar kursining ikkinchi hafta davomida o‘sishi.

Koronavirus bemorlari soni 3662 nafarga yetdi
1 iyun 2020, 10:14

Koronavirus bemorlari soni 3662 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 39 nafarga ortib, jami 3662 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanganlarning 24 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan. Shuningdek, infeksiyaga chalinganlar Toshkent shahrida (10), Sirdaryo viloyatida (2), Toshkent viloyatida (2) va Namangan viloyatida (1) qayd etilgan.

Samarqandda stikersiz harakatlanishga ruxsat berildi
1 iyun 2020, 10:00

Samarqandda stikersiz harakatlanishga ruxsat berildi

1 iyundan boshlab Samarqand viloyatidagi “qizil” hududlarda, shu jumladan Samarqand shahrida ham avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishiga ruxsat berildi. Bunda, avtotransport vositalari faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00 dan — 10:00 gacha, 17:00 dan — 20:00 gacha) harakatlanishi ko‘zda tutilgan.

1 iyundan kuchga kiradigan 10 ta o‘zgarish
31 may 2020, 18:48

1 iyundan kuchga kiradigan 10 ta o‘zgarish

Soliq to‘lashdan vaqtincha ozod qilinayotgan tadbirkorlar, soni oshirilayotgan nafaqaxo‘rlar, aeroportlar, bozorlar va tashkilotlardagi fitobarlar, aksiz solig‘i olinadigan yangi turdagi tamaki mahsulotlari va boshqalar — 1 iyundan kuchga kiradigan o‘zgarishlar.

Yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi (jami — 15)
31 may 2020, 17:55

Yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi (jami — 15)

Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor o‘pka — yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 infeksiyasidan vafot etganlar soni 15 nafarga yetdi.

Firibgarlar UzAutoMotors kompaniyasiga ishga joylashtiramiz, deb 31 kishini 42 ming dollarga chuv tushirdi
31 may 2020, 14:34

Firibgarlar UzAutoMotors kompaniyasiga ishga joylashtiramiz, deb 31 kishini 42 ming dollarga chuv tushirdi

Asakadagi UzAutoMotors kompaniyasiga ishga joylashtirish uchun 31 kishidan 42 ming dollar olgan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kitob tumani hududi karantinga olindi
31 may 2020, 12:58

Kitob tumani hududi karantinga olindi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida koronavirusda gumonlanayotgan shaxs ko‘plab bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani uchun tuman hududi to‘liq karantinga olindi.

Kun davomida 58 ta yangi COVID-19 holati aniqlandi
30 may 2020, 23:48

Kun davomida 58 ta yangi COVID-19 holati aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 58 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 3546 taga yetdi. “O‘rikzor” bozori sotuvchisining o‘g‘li va qiziga ham infeksiya yuqtirgani ma’lum qilindi.

Toshkentda aholi orasida 9 ta COVID-19 holati aniqlandi
30 may 2020, 17:32

Toshkentda aholi orasida 9 ta COVID-19 holati aniqlandi

O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni 3523 taga yetdi. 9 ta holat Toshkentda aholi orasida qayd etildi.

Navoiyda inqirozga qarshi kurashishga ajratilgan pullar talon-toroj qilindi
30 may 2020, 14:39

Navoiyda inqirozga qarshi kurashishga ajratilgan pullar talon-toroj qilindi

Navoiy viloyat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazining mansabdor shaxslari inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan 222,3 mln so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi.

O‘zbekistonda karantin 15 iyunga qadar uzaytirildi
30 may 2020, 13:47

O‘zbekistonda karantin 15 iyunga qadar uzaytirildi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan karantin mamlakatda karantin muddati 15 iyunga qadar uzaytirildi. Shu bilan birga, 1 iyundan boshlab “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarda ayrim faoliyat turlariga ruxsat berildi.

Viloyatlar o‘rtasida avtomobilda harakatlanishga ruxsat berilmadi
30 may 2020, 13:05

Viloyatlar o‘rtasida avtomobilda harakatlanishga ruxsat berilmadi

Viloyatlar o‘rtasida shaxsiy avtomobilda harakatlanishga ruxsat berilmadi. Faqatgina «yashil» hududlardagi sanatoriya va bolalar oromgohlariga odamlarni markazlashtirilgan holda olib borish mumkin.

Barcha tuman va shaharlar kesimida karantin hududlari qayta ko‘rib chiqildi (ro‘yxat)
30 may 2020, 12:51

Barcha tuman va shaharlar kesimida karantin hududlari qayta ko‘rib chiqildi (ro‘yxat)

Respublika maxsus komissiyasi shahar va tumanlar bo‘yicha karantin darajalarini qayta ko‘rib chiqdi. Toshkent «sariq» hududda qoldi.

Kun davomida 44 ta yangi koronavirus holati aniqlandi
29 may 2020, 23:48

Kun davomida 44 ta yangi koronavirus holati aniqlandi

O‘zbekistonda juma kuni 44 kishida koronavirus aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar 3488 taga yetdi. Yangi holatlarning 32 tasi karantinga olinganlar, 4 tasi xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar va 8 tasi aholi orasida aniqlandi.

Toshkentning Sergeli tumanida kichik tuman tashkil etiladi
29 may 2020, 23:36

Toshkentning Sergeli tumanida kichik tuman tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadigan alohida “Yangi hayot” kichik tumanini tashkil etish taklifini bildirdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hoshim Arslonov vafot etdi
29 may 2020, 22:05

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hoshim Arslonov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dublyaj ustasi, taniqli aktyor Hoshim Arslonov 64 yoshida olamdan o‘tdi.

Denovdagi Amir Temur haykali qayta ko‘rib chiqiladi
29 may 2020, 20:09

Denovdagi Amir Temur haykali qayta ko‘rib chiqiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan Denovdagi Amir Temur haykali qayta ko‘rib chiqiladi. Yodgorlik 1996 yilda o‘rnatilgan.

Prezident Zangiotada ko‘p tarmoqli maxsus shifoxona qurilishi bilan tanishdi
29 may 2020, 19:46

Prezident Zangiotada ko‘p tarmoqli maxsus shifoxona qurilishi bilan tanishdi

Prezident Zangiota tumanida barpo etilayotgan ko‘p tarmoqli maxsus shifoxona qurilishi bilan tanishdi. Muassasa 2 ming o‘ringa mo‘ljallangan. Lekin 4 ming o‘ringacha transformatsiya qilish imkoniyati bor.

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
29 may 2020, 18:56

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Furqat Sidiqov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting