O‘zbekistonda huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar ro‘yxati shakllantirildi
30 yanvar 2025, 15:11

O‘zbekistonda huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar ro‘yxati shakllantirildi

IIV O‘zbekistonda huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 800 mingdan ortiq shaxs ro‘yxati shakllantirilganini ma’lum qildi. Vazirlik vakili fuqarolar nima maqsadda bunday ro‘yxatga kiritilganiga izoh berib, ularga faqat yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi.

MyTaxi 10 yilligini nishonlamoqda va barcha foydalanuvchilarga safarlar uchun promokod taqdim etmoqda
30 yanvar 2025, 15:00

MyTaxi 10 yilligini nishonlamoqda va barcha foydalanuvchilarga safarlar uchun promokod taqdim etmoqda

MyTaxi xizmati 10 yillik muvaffaqiyatli faoliyatini nishonlab, qulay va xavfsiz sayohatlarni taqdim etadi va yubiley sharafiga foydalanuvchilarga promokod sovg‘a qiladi.

O‘zbekistonda fevral oyida ob-havo qanday bo‘ladi?
30 yanvar 2025, 14:44

O‘zbekistonda fevral oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

Fevral 6−7 kun davom etadigan quruq ob-havo bilan boshlanadi. Harorat kechalari 0…-5 daraja, kunduz kunlari +3…+15 daraja atrofida bo‘ladi. So‘ngra oy oxirigacha kechasi −13…+7, kunduzi 0…+15 gradusgacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin.

O‘zbekistonda dorixonalarning giyohvandlik vositalarini berish tartibi belgilandi
30 yanvar 2025, 14:04

O‘zbekistonda dorixonalarning giyohvandlik vositalarini berish tartibi belgilandi

Giyohvandlik vositalarini dorixonalar orqali berish tartibi belgilandi. Nizomga ko‘ra, ular dorixona mudiri, farmatsevt yoki uning assistenti tomonidan shifokorning maxsus pushti retsepti asosida beriladi. Shifokor faqat 1 nomdagi giyohvandlik vositasini yetti kunlik ehtiyojdan oshmagan holda yozishi kerak.

Tergov jarayonida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuchaytiriladi
30 yanvar 2025, 14:04

Tergov jarayonida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuchaytiriladi

Tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlari yanada kuchaytiriladi. Qonun bilan tintuv o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish hamda uni ko‘rib chiqish asoslari belgilandi.

Buxoro viloyatida Cobalt haydovchisi YPX xodimini urib ketdi
30 yanvar 2025, 13:10

Buxoro viloyatida Cobalt haydovchisi YPX xodimini urib ketdi

Buxoro viloyatining Jondor tumanida YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan Cobalt haydovchisi to‘satdan harakatlanib, ulardan birini urib ketdi. Voqea yuzasidan hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

My.gov.uz va Uzum Bank davlat xizmatlari uchun qulay naqd pulsiz to‘lovlarni yo‘lga qo‘ymoqda
30 yanvar 2025, 13:00

My.gov.uz va Uzum Bank davlat xizmatlari uchun qulay naqd pulsiz to‘lovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

O‘zbekiston aholisi endi my.gov.uz portalida Uzum Bank ilovasi orqali va Uzum Nasiya`dan bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali davlat xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
30 yanvar 2025, 12:12

Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar va shahar jamoatchiligi ham qatnashdi. Foto.

Xalqaro va davlat ahamiyatidagi yo‘llar bo‘ylarida Service point va Service area obyektlari quriladi
30 yanvar 2025, 12:02

Xalqaro va davlat ahamiyatidagi yo‘llar bo‘ylarida Service point va Service area obyektlari quriladi

O‘zbekistondagi xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida Service point — avtomobillarga yoqilg‘i quyish hamda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari, umumiy ovqatlanish obyektlari, do‘konlar, texnik servis punktlari, sanitariya-gigiena shoxobchalari tashkil etiladi.

Toshkent viloyatidagi bog‘chada ilonlar bilan tomosha ko‘rsatganlar jarimaga tortildi
30 yanvar 2025, 11:48

Toshkent viloyatidagi bog‘chada ilonlar bilan tomosha ko‘rsatganlar jarimaga tortildi

Piskent tumanidagi 7-sonli davlat bog‘chasida kobra ilonlari bilan tomosha ko‘rsatildi. Sud tomosha uyushtirgan ikki shaxsga jarima jazosi qo‘lladi. Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari o‘rinbosari ularning dasturi bilan to‘liq tanishib chiqmagani uchun ishdan olindi.

Xalqaro avtomobil transporti sohasida professional haydovchilarni tayyorlash o‘quv markazi tashkil etiladi
30 yanvar 2025, 10:46

Xalqaro avtomobil transporti sohasida professional haydovchilarni tayyorlash o‘quv markazi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi bilan hamkorlikda yuk va yo‘lovchilarni tashish sohasida malakali kadrlar va professional haydovchilar tayyorlovchi mintaqaviy o‘quv markazi tashkil etiladi. O‘quv jarayonlari Yevropa ta’lim standartlari asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejaga muvofiq olib boriladi.

AQShda samolyot halokatga uchradi. Bortdagilarning barchasi vafot etgan bo‘lishi mumkin
30 yanvar 2025, 10:05

AQShda samolyot halokatga uchradi. Bortdagilarning barchasi vafot etgan bo‘lishi mumkin

American Airlines`ning Bombardier CRJ700 samolyoti 60 nafar yo‘lovchi bilan halokatga uchradi. U Vashingtonning Reygan nomidagi milliy aeroporti yaqinida AQSh armiyasi vertolyoti bilan to‘qnashib, Potomak daryosiga qulab tushdi.

Payme onlayn to‘lov tizimlari bozorida ustun mavqega ega deb topildi
30 yanvar 2025, 09:53

Payme onlayn to‘lov tizimlari bozorida ustun mavqega ega deb topildi

Raqobat qo‘mitasi Payme`ni onlayn to‘lov tizimlari bozorida ustun mavqega ega operator sifatida e’tirof etdi. Bunga kompaniya tomonidan taqdim etilgan xabarnoma asos qilib olingan.

O‘zbekistonda 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?
30 yanvar 2025, 09:20

O‘zbekistonda 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?

Tezyurar va yotoqli poyezdlarning biletlari narxi ko‘tariladi, Toshkent viloyatida issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari narxi oshadi, avtoturargohlarning kamida 5 foizi elektromobillarni quvvatlantirish stansiyasi bilan jihozlanishi shart bo‘ladi — 2025-yil 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?

Ahmad al-Sharaa Suriyaning yangi prezidenti bo‘ldi
30 yanvar 2025, 01:09

Ahmad al-Sharaa Suriyaning yangi prezidenti bo‘ldi

Suriyaning amaldagi rahbari Ahmad al-Sharaa (al-Jo‘loniy) mamlakat prezidenti deb e’lon qilindi. Xavfsizlik xizmati va armiya tarqatib yuborildi. Sharaa milliy konferensiya, inklyuziv hukumat va yakuniy saylovlarni o‘z ichiga olgan siyosiy o‘tishni boshlashga va’da berdi.

Prezident qurilishi yakunlanayotgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
29 yanvar 2025, 22:46

Prezident qurilishi yakunlanayotgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi “tarix, bugun va kelajakni bog‘laydigan, taraqqiyotimizning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradigan aql-tafakkur markazi bo‘lishi zarur”, dedi prezident.

AQShda millionlab davlat ishchilariga maoshining sakkiz baravari to‘lanishi evaziga iste’foga chiqish taklif etildi
29 yanvar 2025, 22:35

AQShda millionlab davlat ishchilariga maoshining sakkiz baravari to‘lanishi evaziga iste’foga chiqish taklif etildi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati ikki million davlat xizmatchisiga sakkiz oylik maoshi evaziga ishdan bo‘shashni taklif qildi. Shu tariqa Oq uy hukumat xodimlari sonini qisqartirishga va Tramp siyosatini qo‘llab-quvvatlamaydiganlarni quvib chiqarishga harakat qilmoqda.

Meta, Google, Netflix va boshqa internet kompaniyalari O‘zbekistonda 115 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi
29 yanvar 2025, 22:11

Meta, Google, Netflix va boshqa internet kompaniyalari O‘zbekistonda 115 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

Xorijiy internet kompaniyalari, jumladan, Meta, Google, Apple va Netflix 2024-yilda O‘zbekistonda daromadlarini 1,5 barobar — salkam 1 trln so‘mgacha oshirdi. Shuningdek, 115,8 mlrd so‘m soliq to‘ladi. QQSning katta qismi Meta’ga to‘g‘ri keldi, mamlakatda bloklangan TikTok 900 mln so‘mdan ortiq to‘ladi.

Parijda o‘zbekistonlik rassom Maksim Vardanyan ko‘rgazmasi ochildi
29 yanvar 2025, 21:52

Parijda o‘zbekistonlik rassom Maksim Vardanyan ko‘rgazmasi ochildi

Parijda o‘zbekistonlik rassom Maksim Vardanyanning “A Personal Story” (“Shaxsiy hikoya”) ko‘rgazmasi Galerie de Buci’ning 35 yilligini nishonladi. Tadbir 1989-yildagi vernisajni takrorlashi bilan ramziy ma’noga ega, o‘shanda Fransiya poytaxtida ham san’at galereyasi, ham muallifning o‘zi debyut qilgandi.

Trampning qasosidan qo‘rqqan taxminiy raqiblari qurol sotib olmoqda va mamlakatni tark etishga tayyorlanmoqda — WP
29 yanvar 2025, 21:32

Trampning qasosidan qo‘rqqan taxminiy raqiblari qurol sotib olmoqda va mamlakatni tark etishga tayyorlanmoqda — WP

AQShda turli sabablar bilan Trampning g‘azabini qo‘zg‘atgan rasmiylar va’da qilingan qasosdan qo‘rqmoqda. Ular jinoiy ta’qibga tayyorgarlik ko‘rib, chemodanlarini yig‘yapti, qurol sotib olyapti. Tramp natijalari o‘g‘irlangan deb hisoblaydigan 2020-yilgi saylov tashkilotchilari eng ko‘p xavotirda, deb yozdi WP.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting