2021 yilda yirik soliq to‘lovchilarining byudjet tushumlaridagi umumiy ulushi 47,3 foizni tashqil qilishi mumkin. Davlat daromadlaridagi eng katta tushum Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga to‘g‘ri kelib, 20,1 foizni tashkil qilmoqda.
Yevropa komissiyasi O‘zbekistonga «GSP+» Preferensiyalar bosh tizimi plyus benefitsiar — mamlakati maqomini berish bo‘yicha muddatidan oldin ijobiy qaror qabul qildi. Bu mamlakatdan Yevropa Ittifoqiga tarifsiz eksport qilinadigan mahsulotlar sonini ikki baravarga ko‘paytirish imkonini beradi.
1 dekabrdan Toshket shahar transport kartalari narxi 15 ming so‘m etib belgilandi. Karta narxi 10 ming so‘m, balansda esa 5 ming so‘m qoladi.
O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov va AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo telefon orqali muloqot chog‘ida inson huquqlari sohasidagi islohotlar hamda amerikalik investor va eksportyorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni muhokama qildi.
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot davomida Rossiya vaksinasidan foydalanish masalasida fikr almashishdi.
Shavkat Mirziyoyev respublika bo‘yicha bor-yo‘g‘i 22 foiz aholining jamoat transportidan foydalanayotgani va avtobuslar sifati pastligini ta’kidladi. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan avtobuslarning narxi xorijnikiga nisbatan yuqori ekani ham qayd etildi.
Joriy yilda O‘zbekistonda 1 mln gektardan ortiq maydonda g‘o‘za parvarish qilinib, 3 mln tonnadan ko‘proq yoki 2019 yilga nisbatan 109% paxta xom ashyosi yetishtirildi. Qashqadaryo, Sirdaryo, Buxoro va Surxondaryo paxta rejasini to‘liq bajara olmadi.
Iyulda Andijonda voyaga yetmagan T.M. sevgan yigitini kutayotgani aks etgan rasmlar tarqalishidan qo‘rqib, o‘zini osib, joniga qasd qiladi. Uning onasi noyabrda tergovdan norozi bo‘lib, qizini “shantaj” qilgan N.M.dan tovon sifatida Spark undirishni so‘raydi. Maqsadiga yeta olmagach esa, erini ko‘rsatmasi bilan o‘zini yoqib yuboradi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatda O‘zbekiston raisligidagi MDH sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qildi. Ushbu sammit shu yili dekabrda videoanjuman sifatida o‘tishi kutilmoqda. Shuningdek, ikki davlat rahbarlari pandemiya tufayli yuzaga kelgan global inqiroz sharoitida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar barqaror rivojlanayotganini qayd etishdi.
O‘zbekiston bosh vaziri SHHTga a’zo davlatlar hukumatlar rahbarlari kengashining onlayn uchrashuvida biznes hamkorlik, gumanitar va sayyohlik almashinuvini faollashtirishga sharoit yaratish maqsadida SHHT davlatlari o‘rtasida parvozlarni bosqichma-bosqich qayta tiklashga chaqirdi.
Qirg‘iziston sobiq prezidentining ishi qayta ko‘rib chiqishga yuborilgani, Indoneziyada vulqon otilishi sababli 4 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingani, Venesuela prezidenti o‘zining telefon raqimini oshkor qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
O‘tgan 10 oyda Xalq qabulxonalariga jamoat transporti bo‘yicha 3 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha kuniga qariyb 20 mln yo‘lovchidan bor-yo‘g‘i 4,4 mlni yoki 22 foizi jamoat transportidan foydalanmoqda. 1,2 mingta qishloq tuman markazigacha bo‘lgan yo‘nalishda jamoat transporti bilan qamrab olinmagan. Prezident mazkur muammolarni tizimli hal etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Hafta nisbatan iliq boshlanadi, lekin dam olish kunlari sovuq tushishi kutilmoqda. Harorat kechasi -5 … 0, kunduzi 0 … + 5 darajagacha pasayadi.
Rossiyada ishlab chiqilgan «Sputnik V» vaksinasini O‘zbekistonda 2021 yil boshida sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Hozirda vaksinaning uchinchi bosqich klinik sinovlari Belorusiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Venesuela va boshqa qator mamlakatlarda tasdiklanib, o‘tkazilmoqda.
Qashqadaryo viloyatida qarzdorlik ko‘rsatkichlari oshgani va zarur mablag‘lar vaqtida yig‘ilmayotgani sababli 88 ta uy-joy shirkati tugatilib, ular o‘rniga 10 ta boshqaruv servis kompaniyasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Yanvar-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston 781,7 ming ta mobil telefon import qilgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan deyarli 10 baravar oshdi. Telefon importida eng katta ulush Xitoy davlatiga (71,2%) to‘g‘ri kelmoqda.
Toshkent viloyatida uy qamog‘idagi fuqaroning 100 nafardan ortiq kishi qatnashgan ziyofatida sudya ham qatnashib, uni ko‘p o‘tmay ozodlikka chiqardi.
Energetika vaziri Alisher Sultonov mamlakat energetika tizimining hozirgi holati, bu — ham sobiq ittifoq merosi, ham O‘zbekistonning so‘nggi 30 yil ichidagi harakatsizligi ekanini ta’kidladi. «Harakatsizlik — majburlikdan, ya’ni, bunga mablag‘ ajratilmadi», — deya tushuntirdi vazir. U shuningdek, unga nisbatan bildirilayotgan salbiy fikrlarga nisbatan hazilomuz javob qaytardi.
2021 yil 1 martdan ikki qavatdan yuqori hamda balandligi 12 metrdan oshiq bino va inshootlarni loyiha hujjatlari ekspertizasini o‘tkazmasdan qurish va rekonstruksiya qilish taqiqlanadi.
Energetika vaziri Alisher Sultonov Alter Ego loyihasida bergan intervyusida 30−35 yil davomida barchasi «O‘zbekneftgaz» bankrot bo‘lishi uchun qilingani, kompaniyaga beg‘araz ajratilgan 400,9 mlrd so‘mlik subsidiyalar hamda tizimdagi korrupsiya haqida to‘xtaldi. U o‘zi shu kompaniyaga rahbar bo‘lgan vaqtda ushbu muammolarni bartaraf etmagani sababini ham ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting