Bosh prokuratura hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarni jinoiy javobgarlikka tortishni taklif qilmoqda. Qonun qabul qilinsa, bunday qilmishni sodir etganlar va jarayonni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatganlar 1 yilgacha muddatga qamalishi mumkin.
Pitssa ixlosmandlari uchun Zira.uz har kimning ham ta’biga mos keladigan eng mazali va to‘yimli pitssalar retseptlarini taqdim etadi.
Qor ko‘chkisi xavfi bo‘lgani uchun «Qamchiq» dovonida transport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatildi.
AOKA Kun.uz ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim foydalanuvchilarining turli sharhlari, haqoratli fikrlari va chaqiriqlari jamoatchilik fikri sifatida taqdim etilgani, «Gazeta.uz», Daryo.uz va boshqalar esa koronavirus bemorlari statistikasi shubha ostiga olingani va rasmiy izohlar taqdim etilmagani uchun ogohlantirilganini ma’lum qildi.
1 dekabrdan boshlab kompyuter o‘yinlari markazlarining ishlashiga ruxsat berildi. Ushbu qaror Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilindi.
Belarus prezidenti qachon lavozimini tark etishini ma’lum qilgani, KXDRning Janubiy Koreya farmatsevtika kompaniyalariga xakerlik hujumi, Facebook Libra kriptovalyutasini ishga tushirishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yaponiyalik mutaxassislar yangi iPhone 12 tannarxini 373 dollarga baholashdi. Smartfonning eng qimmat qismi OLED matritsasi bo‘lib chiqdi. Tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, smartfon reklama, izlanishlar va logistika xarajatlari tufayli yuqori narxga ega bo‘ladi.
Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva va yana to‘rt nafar shaxsga oid jinoyat ishini sud boshlandi. Yo‘ldoshevaning advokati ehtiyot chorasini o‘zgartirishni so‘rab, himoyasi ostidagi shaxs ayblov hulosasi bilan tanish emasligini ma’lum qildi. Qolaversa, sud vaqtida uning hanuzgacha viloyat bosh infeksionisti ekani ta’kidlandi.
BMT ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi va uning qurbonlariga ko‘maklashuvchi ayollar tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 25 million dollar ajratadi.
Toshkent shahrida yuk avtomobillari uchun ertalab va kechqurun cheklovlar o‘rnatilishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar IIB YHXB tomonidan xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga taklif kiritilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Akmal Burxonov davlat xizmatchilarining xizmat mashinalaridan shaxsiy va oilaviy maqsadlarda foydalanishi odatiy holga aylanganini ta’kidladi. U hokimlar tomonidan byudjet mablag‘lari hisobidan qimmat mashinalarni sotib olish holatlari oz emas, o‘nlab yuz berganini ma’lum qildi.
1 yanvardan boshlab Turkmanistonning gazeta va jurnallari faqat elektron shaklda chiqadi. Qog‘oz shakldagilarga pensiya yoshdagilargina obuna bo‘lishlari mumkin. Barcha davriy nashrlarga maxsus dastur orqali kirish mumkin bo‘ladi.
Toshkent shahri Yashnaobod tumanida joylashgan «Texnokontinental» MCHJ korxonasidagi ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan siqilgan gazning sizib chiqishi natijasida yong‘in yuzaga keldi. Korxona xodimlaridan bir guruhi termik jarohat olgan. Hodisa ro‘y bergan joyda vaziyatni o‘rganish uchun respublika ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.
26 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:27 da Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov onlayn muloqot o‘tkazib, fuqarolarning savollariga javob berdi. Onlayn muloqotda adliya vaziri ishonchnoma orqali avtomobil boshqarish kabi muammolar to‘g‘risida gapirayotib, «ishonchnoma kabi hujjatlar, o‘ylaymizki, kelajakda tarixga aylanadi» deya aytib o‘tdi. Ilk bora tashkil etilgan ushbu muloqotga fuqarolardan 1500 ga yaqin savol kelib tushgan.
«Qashqadaryodagi 3,3 mln aholi davlat rahbarining havotirini, davlat rahbarining befarq emasligini, ko‘magini sezishi kerak», — dedi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, vazir haftada ikki kun Toshkentda o‘tirishi, qolgan kunlari viloyatda bo‘lishi kerak.
Ommaviy axborot vositalarining vazifasi — jamoatchilik fikrini yetkazib turish va muammolarni muhokama qilish orqali ularning hal qilinishiga hissa qo‘shishdan iborat. Ularning «og‘zini yopish»ga urinishlar hokimiyat uchun ham, butun jamiyat uchun ham halokatli oqibatlarga olib keladi. Komil Jalilov maqolasi.
Andijon shahrida fuqaroni qiynoqqa solib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan Oliy sud hukmi o‘qildi. Aybdorlarga 10, 9 va 8,5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish vakolatining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tayotgani, umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi, kommunal sohadagi qoidabuzarliklar nazoratining Departamentga topshirilayotgani va boshqalar — 1 dekabrdan nimalar o‘zgaradi?
1,5 mln abituriyentning 23 foizini bu yilgi maktab bitiruvchilari tashkil etgan bo‘lsa, ular davlat granti kvotasining 50 foizini egallagan. «Abituriyentlarning natijasi maktab bitiruvchilarinikidan anchagina orqada», — dedi Sherzod Shermatov. Vazir, shuningdek, o‘z ishini eplay olmayotgan va «sohaga adashib kirib qolgan» pedagoglarga o‘ziga boshqa ish topishni tavsiya qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting