Sherzod Shermatov 10 mingdan ortiq qadam bosib, rahbar sifatida shaxsiy namuna ko‘rsatish oson emasligini aytdi. U taxminan 2 soatlarda 9 kilometrni bemalol yurib borsa bo‘lishini ta’kidlagan.
Haj va Umra ziyoratini faqat O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan tashkil etilishi taklif qilinmoqda. Taklifga binoan, O‘zbekistonda boshqa tashkilotlarning ushbu tadbirlarini tashkil etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Belarusda birinchi atom elektr stansiyasi ishga tushirilganidan 3 kun o‘tib avariya tufayli vaqtincha to‘xtatildi. Rasmiy xabarlarga ko‘ra, radiatsiya tarqalishi kuzatilmagan.
Moskvada koronavirus holatlari ko‘paygani sababli yangi cheklovlar joriy etildi. Universitetlar va kollej talabalari masofaviy ta’limga o‘tkaziladi. Kafe, restoran va tungi klublarning ishlash vaqti chegaralanadi.
Sirdaryo viloyatida turmush qurishganiga bir oy ham bo‘lmagan yosh kelin-kuyov qo‘lbola pechdan is gazi sizib chiqishi oqibatida zaharlanib vafot yetdi.
Tajriba sifatida maktablar xususiy boshqaruvga o‘tkaziladi. Ularda ta’lim bepul qolishi va maktab boshqaruvchisi o‘quv muassasasini ta’mirlash ishlarini amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Davlat byudjetidan ta’lim muassasalarini ta’minlash uchun ajratiladigan mablag‘lar kamaytirilmaydi.
AQSHda so‘nggi 24 soat davomida koronavirus yuqtirganlarning umumiy soni 10 milliondan oshib ketdi. Mamlakatda asosiy infeksiya tarqalish o‘choqlari Texas, Kaliforniya va Florida shtatlari bo‘lib turibdi.
Prezident tuz, shakar va yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarni belgilash taklifini ma’qulladi. Belgilash ikki bosqichda amalga oshiriladi — birinchisida ixtiyoriy, ikkinchisida majburiy bo‘ladi.
Braziliyaning Anvisa sog‘liqni saqlash nazorati agentligi Xitoyning Coronavac vaksinasi sinovlarini vaqtincha to‘xtatdi. Bunga vaksinaning jiddiy yon ta’siri sabab bo‘ldi.
2021 yil 1 apreldan boyitilmagan oliy navli un sotuvi cheklanib, faqat mikronutriyentlar bilan boyitilgan un sotuviga ruxsat beriladi. Shu maqsadda xorijdan olib kelinadigan mikronutriyentlar uchun nol bojxona stavkasi belgilandi.
1 yanvardan bojxona yig‘imlari stavkalari 20 tadan 12 taga qisqartirilmoqda. Fuqarolar shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kirayotgan tovarlar qiymatining boj to‘lanmaydigan qismidan ortig‘i uchun to‘lanadigan bojxona yig‘imlari ham kamaytiriladi.
Moxir Valiyev Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi etib tayinlandi.
Armaniston, Rossiya va Ozarbayjon rahbarlari Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarning to‘xtatilishi to‘g‘risida bayonot imzoladi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjonga yon berib, bir nechta tumanlarni, shuningdek tan olinmagan respublikaning bir qismini Bokuga o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Qaror e’lon qilinganidan keyin Yerevanda norozilik namoyishlari va tartibsizliklar boshlandi.
Bunga qadar Sirdaryo viloyati prokurori lavozimida faoliyat olib borgan Ravshan Masharipov Samarqand viloyati prokurori etib tayinlandi.
9 noyabr kuni tunda Ozarbayjon Rossiya vertolyotini urib tushirdi. Ozarbayjon ushbu hodisa tasodifan sodir etilgani va Rossiyaga qarshi qaratilmaganligi haqida ta’kidlamoqda. Vertolyot ekipajining 2 a’zosi halok bo‘lgan.
Rossiyalik reper Morgenshtern tanlovda g‘olib bo‘lgan buxorolik yigitga Mercedes-Benz mashinasini sovg‘a qilish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan edi. Musiqachi qimmat «rastamojka»dan shikoyat qilgan edi. Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Morgenshtern kamida 353,8 mln so‘m ($34 ming) boj to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Samarqand viloyatida «Avtomashinasiz 10 kun» aksiyasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov taklifiga binoan 11 noyabrdan 21 noyabrgacha hokimlardan tortib, byudjet tashkilotlari rahbar va xodimlari ishga piyoda borib keladi. Velosiped yoki jamoat transportidan ham foydalanish mumkin.
«O‘zbekneftgaz» kompaniyasining UNG yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotilayotgan AI-95 markali benzin narxi arzonlashtirildi.
Mast fuqaro temir yo‘lda uxlab yotgani sababli «Xiva-Urganch-Toshkent» poyezdi 16 daqiqaga to‘xtab qoldi. Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 noyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining videoanjuman shaklida o‘tadigan majlisida ishtirok etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting