Ilmiy nashrlar bo‘yicha milliy bazaning elektron platformasi tashkil etiladi
9 noyabr 2020, 15:25 1

Ilmiy nashrlar bo‘yicha milliy bazaning elektron platformasi tashkil etiladi

Hukumat qarori bilan ilmiy nashrlar bo‘yicha milliy bazaning elektron platformasi yaratilishi belgilanmoqda. Unga respublikada nashr qilingan ilmiy jurnallardagi maqolalarning elektron shakli kiritiladi.

2021 yildan «Oltin davr» xalqaro musiqa yarmarkasi o‘tkaziladi
9 noyabr 2020, 15:23

2021 yildan «Oltin davr» xalqaro musiqa yarmarkasi o‘tkaziladi

2021 yildan respublikada o‘tkaziladigan xalqaro musiqa festivallari va anjumanlari doirasida «Oltin davr» xalqaro musiqa yarmarkasi o‘tkaziladi. Unda asosiy e’tibor mahalliy va xorijiy san’atshunoslarning o‘zaro hamkorligiga qaratiladi.

Buxoroda sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i pora bilan ushlandi
9 noyabr 2020, 15:15

Buxoroda sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i pora bilan ushlandi

Buxoro viloyati Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i pora olayotganida ushlangan. U karantin qoidalarini buzgan korxonaga jarima tayinlamaslik evaziga 400 AQSH dollari va 500 ming so‘m pora talab qilgan.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida xitoy tili o‘rgatiladi
9 noyabr 2020, 14:49

Maktabgacha ta’lim muassasalarida xitoy tili o‘rgatiladi

Davlat maktabgacha ta’lim muassalarida xitoy tilini qo‘shimcha chet tili sifatida o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Toshkentda raqamli bolalar bog‘chasining pilot loyihasini ishga tushirish taklif qilinmoqda.

Hafta o‘rtasida tog‘li hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda
9 noyabr 2020, 14:19

Hafta o‘rtasida tog‘li hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda

10−11 noyabr kunlari mamlakat hududi sovuq havo massalari ta’sirida bo‘lib, quruq ob-havo kuzatiladi. 12 noyabr kuni Volga bo‘yidan sovuq antitsiklon respublikaga kirib keladi. O‘zbekiston hududining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda qorga aylanishi kutilmoqda.

MDH Hukumat rahbarlari majlisi bo‘lib o‘tdi
9 noyabr 2020, 13:38

MDH Hukumat rahbarlari majlisi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining videokonferensaloqa shaklidagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis yakunlari bo‘yicha transport, energetika, qurilish, ta’lim, madaniyat, turizm, jismoniy tarbiya va sport sohalarini, shuningdek, yoshlar siyosatini rivojlantirishga oid jami 23 hujjat imzolandi.

BAAda spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga ruxsat berildi
9 noyabr 2020, 13:28

BAAda spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga ruxsat berildi

BAA hukumati spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, o‘z joniga qasd qilishga urinish va turmush qurmagan juftliklarning birgalikda yashaganligi uchun belgilangan jazolarni bekor qildi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
9 noyabr 2020, 13:07

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 378 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham qimmatladi.

Buxoro viloyatiga yangi hokim tayinlandi
9 noyabr 2020, 12:59

Buxoro viloyatiga yangi hokim tayinlandi

«O‘zqurilishmateriallari» uyushmasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Xitoy vaksinasi O‘zbekistonga olib kelindi
9 noyabr 2020, 12:06

Xitoy vaksinasi O‘zbekistonga olib kelindi

Klinik sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xitoy vaksinasi Toshkentga olib kelindi. Vaksina maxsus sharoitlarda saqlanmoqda. Rejaga asosan ular 5000 nafar ko‘ngillida sinovdan o‘tkaziladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘zgardi
9 noyabr 2020, 11:41

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘zgardi

Murad Qurbanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. Oldingi vazir may oyida tayinlangan edi.

Pillachilik qo‘mitasi bir qancha avtomobil, jumladan Chevrolet Tahoe va Malibu xarid qildi
9 noyabr 2020, 11:21

Pillachilik qo‘mitasi bir qancha avtomobil, jumladan Chevrolet Tahoe va Malibu xarid qildi

Yangi tashkil etilgan Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi davlat xaridlari doirasida 1,5 mlrd so‘mga Chevrolet Tahoe, ikkita Malibu va Lacetti sotib oldi.

Dunyoda COVID-19 bemorlari soni 50 milliondan oshdi
9 noyabr 2020, 11:09

Dunyoda COVID-19 bemorlari soni 50 milliondan oshdi

Dunyo bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 50 milliondan oshdi, 1,2 mln bemorlar vafot etdi.

O‘zbekiston «Lukoyl»dan 5 mlrd kub metr gaz sotib olgan
8 noyabr 2020, 19:00 1

O‘zbekiston «Lukoyl»dan 5 mlrd kub metr gaz sotib olgan

Energetika vaziri o‘rinbosari Behzot Normatov O‘zbekiston «Lukoyl»dan eksport bahosidan past narxda 5 mlrd kub metr gaz xarid qilganini ma’lum qildi. «Agar yana qo‘shimcha talab bo‘lsa, kelishilgan narxlarda ichki bozorga yo‘naltirishimiz mumkin», — deya ta’kidladi.

Buxoro tumani hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
8 noyabr 2020, 18:33

Buxoro tumani hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Umedjon Barnoyev Buxoro tumani hokimiga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi. U koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyevning ukasi.

Qashqadaryoda pandemiya davrida vafot etgan tibbiyot xodimlari shaxsi oshkor qilindi
8 noyabr 2020, 16:33

Qashqadaryoda pandemiya davrida vafot etgan tibbiyot xodimlari shaxsi oshkor qilindi

Qashqadaryo viloyatida pandemiya davrida vafot etgan 27 nafar tibbiyot xodimi shaxsi ma’lum qilindi. Hokimiyat olamdan o‘tgan tibbiyot xodimlari oila a’zolariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatmoqda. 2020 yilda vafot etgan shifokorlar xotirasiga bag‘ishlangan «Fidokorlar» telegram kanalidagi ro‘yxatda 485 nafardan ortiq shaxs nomlari ko‘rsatilgan.

«Qo‘lingiz dard ko‘rmasin» — prezident tibbiyot xodimlarini bayram bilan tabrikladi
8 noyabr 2020, 15:17

«Qo‘lingiz dard ko‘rmasin» — prezident tibbiyot xodimlarini bayram bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlarini bayram bilan qutlab, 2020 yil O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi uchun mislsiz sinov, izchil rivojlanish va yangi tajriba orttirish yili bo‘lganini ta’kidladi.

OAV: Jo Bayden AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi
7 noyabr 2020, 22:21

OAV: Jo Bayden AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi

CNN, AP, The New York Times va NBC Jo Bayden AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alabani qo‘lga kiritganini yozmoqda. U AQSHning eng keksa va 46 prezidenti bo‘ladi. Bayden hisobida 284 ta, Trampda esa — 214 ta saylovchilar ovozi mavjud.

Qoraqalpog‘istonda shahar va ikkita tumanga hokim tayinlandi
7 noyabr 2020, 20:23

Qoraqalpog‘istonda shahar va ikkita tumanga hokim tayinlandi

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahriga hokim vazifasini bajaruvchi lavozimiga Utemurat Panayev, Qorao‘zak tumani hokimi etib Uzaqbergen Utambetov va Chimboy tumani hokimi lavozimiga Aybek Tajetdinov tayinlandi.

Markaziy bank rahbariyatida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha xohish bormi? — Akmal Burxonov
7 noyabr 2020, 20:19 1

Markaziy bank rahbariyatida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha xohish bormi? — Akmal Burxonov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov Markaziy bank rahbariyatida korrupsiyani oldini olishga xohish borligiga shubha bildirdi. Uning aytishicha, “komplayens nazorat” tizimi bo‘yicha o‘qitishga tijorat banklari Markaziy bank rahbariyati orqali “vaqt yo‘q” deya javob bergan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting