Prezident 2300 ta o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qiluvchi apparat sotib olish vazifasini qo‘ydi
17 aprel 2020, 21:31

Prezident 2300 ta o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qiluvchi apparat sotib olish vazifasini qo‘ydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qiluvchi 2 ming 300 ta apparat va boshqa uskunalar sotib olish vazifasi qo‘yildi. «Gazeta.uz» hukumatdagi manbasining ma’lum qilishicha, apparatlar Zangiota tumanida yangi qurilayotgan shifoxonada o‘rnatilishi kutilmoqda.

Koronavirus yuqish omili noma’lum bo‘lgan bemorlar soniga aniqlik kiritildi
17 aprel 2020, 20:43

Koronavirus yuqish omili noma’lum bo‘lgan bemorlar soniga aniqlik kiritildi

Toshkent IIBB koronavirus yuqish omili noma’lum bo‘lgan bemorlar soniga aniqlik kiritdi. Ma’lum bo‘lishicha, bunday bemorlar soni jami 42 nafar bo‘lgan, juma kuni ertalabga kelib esa 19 nafarni tashkil etgan. Oldinroq Davlat bosh sanitariya vrachi Baxrom Almatov poytaxtda 48 nafar koronavirus bemori qanday qilib virusni yuqtirganligi noma’lum ekanligini aytgan edi.

Qoraqalpog‘istonda 3 nafar koronavirus bemori tuzaldi
17 aprel 2020, 20:30

Qoraqalpog‘istonda 3 nafar koronavirus bemori tuzaldi

Qoraqalpog‘istonda 3 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. O‘zbekistonda bir kunda 27 nafar bemor tuzalib, jami sog‘aygan bemorlar soni 156 kishiga yetdi.

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 153 nafarga yetdi
17 aprel 2020, 19:27

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 153 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 153 nafarga yetdi. Namangan viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasiga chalingan yana 7 nafar bemor butunlay sog‘aydi.

Andijonda 6 nafar koronavirus bemori tuzaldi
17 aprel 2020, 18:33

Andijonda 6 nafar koronavirus bemori tuzaldi

Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida yana 6 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Koronavirusdan tuzalgan fuqarolar soni 146 kishiga yetdi.

MB: nogironlarga pensiya vaqtida beriladi
17 aprel 2020, 18:21

MB: nogironlarga pensiya vaqtida beriladi

Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida pensiyalar may oyidan to‘liq bank kartalari orqali to‘lanadi. I hamda II guruh nogironligi bo‘lgan va harakatlanish imkoniyati cheklangan (yotoqdagi) fuqarolarga ularning pensiyasi naqdlashtirilib yashash manzili bo‘yicha o‘z vaqtida yetkazib beriladi.

Toshkentda koronavirus aniqlangan 48 ta holatda kasallik yuqishining omili noma’lum
17 aprel 2020, 17:48

Toshkentda koronavirus aniqlangan 48 ta holatda kasallik yuqishining omili noma’lum

Toshkent shahrida qayd etilgan 48 nafar koronavirus bemorining kasallikni qayerdan yuqtirib olgani noma’lum. Bemorlarning 20 nafari maktab o‘quvchilari, 10 nafari 2 yoshgacha bo‘lgan bolalardir.

Rustam Emomali Tojikiston Milliy majlisining raisi etib saylandi
17 aprel 2020, 17:37

Rustam Emomali Tojikiston Milliy majlisining raisi etib saylandi

Dushanbe hokimi va Tojikiston prezidentining o‘g‘li Rustam Emomali mamlakat parlamentining yuqori palatasiga rais etib saylandi.

Xitoylik tibbiyot xodimlari O‘zbekistonga yo‘l oldi
17 aprel 2020, 17:25

Xitoylik tibbiyot xodimlari O‘zbekistonga yo‘l oldi

Bir guruh tibbiyot xodimi va ekspertlar COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashishda yordamlashish uchun Xitoydan O‘zbekistonga yo‘l oldi.

Putin koronavirus sababli G‘alaba paradini qoldirdi
17 aprel 2020, 17:04

Putin koronavirus sababli G‘alaba paradini qoldirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9 mayda o‘tkazilishi rejalashtirilgan G‘alaba kuni paradi va «O‘lmas polk» yurishlarini koronavirus pandemiyasi tufayli boshqa kunga qoldirishni buyurdi. U paradning aniq muddatini aytmadi, lekin 2020 yilda o‘tkazilishini ta’kidladi.

Yana 10 kishida koronavirus tasdiqlandi
17 aprel 2020, 16:05

Yana 10 kishida koronavirus tasdiqlandi

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari 10 taga oshib, jami 1390 taga yetdi.

Velosipedda ishga qatnasa bo‘ladi, ammo…
17 aprel 2020, 15:59 1

Velosipedda ishga qatnasa bo‘ladi, ammo…

Ichki ishlar vazirligi fuqarolar ishga velosipedda qatnashi mumkinligini ma’lum qildi. Biroq buning uchun pasport, xizmat guvohnomasi yoki mehnat daftarchasi nusxasi hamda tashkilotdan karantin paytida ishga jalb etilgani haqidagi ruxsatnoma bo‘lishi lozim.

Iliq va ochiq ob-havo hafta oxiri va yangi haftada saqlanib qoladi
17 aprel 2020, 15:24

Iliq va ochiq ob-havo hafta oxiri va yangi haftada saqlanib qoladi

Dam olish kunlari va keyingi haftaning boshida O‘zbekistonda issiq va quyoshli ob-havo kutilmoqda. Shanba kunidagi +22 darajali harorat dushanba kuni +27 darajagacha ko‘tariladi.

Mehnat vazirligi Andijonda majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi
17 aprel 2020, 15:07

Mehnat vazirligi Andijonda majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi

Andijon viloyati suv xo‘jaligi boshqarmasi rahbarlari 100 dan ortiq xodimlarini o‘z vazifasiga kirmaydigan ko‘chat ekish ishlariga jalb qilishda zarur hujjatlarni rasmiylashtirmagani uchun jarimaga tortildi.

Koronavirus: hududlar bo‘yicha bemorlar statistikasi
17 aprel 2020, 14:39

Koronavirus: hududlar bo‘yicha bemorlar statistikasi

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarning 420 nafari Toshkentda, 376 nafari Buxoro viloyati, 177 nafari Xorazmda va 126 nafari Andijon viloyatida davolanmoqda yoki davolanishda bo‘lgan — viloyatlar bo‘yicha statistika.

Buxoroda koronavirusdan sog‘aygan bemorlar soni 39 kishiga yetdi
17 aprel 2020, 13:15

Buxoroda koronavirusdan sog‘aygan bemorlar soni 39 kishiga yetdi

Buxoroda yana 11 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Jami tuzalganlar 140 nafarga yetdi.

«Obod va xavfsiz mahalla» jamg‘armasi tashkil etildi
17 aprel 2020, 13:03

«Obod va xavfsiz mahalla» jamg‘armasi tashkil etildi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida byudjetdan tashqari «Obod va xavfsiz mahalla» jamg‘armasi tashkil etildi. Jamg‘arma mablag‘lari «xavfsiz mahalla» tamoyilini joriy etish, ehtiyojmandlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash va fuqarolar yig‘inlarini moddiy-texnik jihozlash kabi maqsadlarda sarflanadi.

Cotton Campaign O‘zbekiston paxtasiga boykot hozircha bekor qilinmasligini bildirdi
17 aprel 2020, 12:13

Cotton Campaign O‘zbekiston paxtasiga boykot hozircha bekor qilinmasligini bildirdi

Cotton Campaign O‘zbekiston paxtasiga boykot hozircha bekor qilinmasligini bildirdi. Koalitsiya mamlakatda hali majburiy mehnatga barham berilmagani hamda ishchilarni himoya qilishda qo‘shimcha kafolatlarga ehtiyoj sezilayotganini qayd etib o‘tdi.

Byudjet tashkilotlari xodimlariga ba’zi to‘lovlar hisoblanishi vaqtincha to‘xtatiladi
17 aprel 2020, 11:39

Byudjet tashkilotlari xodimlariga ba’zi to‘lovlar hisoblanishi vaqtincha to‘xtatiladi

Davlat byudjetidan 5,1 trln so‘m, mahalliy byudjetlardan esa 980 mlrd so‘m maqbullashtiriladi. Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni xarid qilish va kapital ta’mirlash bilan bog‘liq 3,2 trln so‘mlik xarajatlar ikkinchi yarim yillikka o‘tkaziladi.

Farg‘ona vodiysida zilzila sodir bo‘ldi
17 aprel 2020, 10:58

Farg‘ona vodiysida zilzila sodir bo‘ldi

Farg‘ona vodiysida sodir bo‘lgan zilzilaning o‘chog‘i Namangan viloyatida ekani ma’lum qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting