Po‘latxon chorlovi. G‘aroyib manzalar tomon to‘rt kunlik yo‘l
20 oktabr 2020, 12:05

Po‘latxon chorlovi. G‘aroyib manzalar tomon to‘rt kunlik yo‘l

2019 yil iyun oyida sayohatchi Sharof Egamberdiyev jamoasi sirli Po‘latxon platosiga o‘quv mashg‘ulotlari uchun yo‘l olishdi. Iroda va sabot sinovlari qanday o‘tdi va bu joy nima uchun kishini o‘ziga tortadi — “Gazeta.uz” maqolasida.

Bosh prokuratura ko‘mir zaxirasini yaratishda qonun buzilish holatlarini aniqladi
20 oktabr 2020, 10:36

Bosh prokuratura ko‘mir zaxirasini yaratishda qonun buzilish holatlarini aniqladi

Bosh prokuratura tomonidan kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsulotlari zaxirasini yaratish, ularni saqlash va aholiga yetkazish berish hamda moliyalashtirishda bir qator qonun buzilish holatlari aniqlandi. Jumladan, 5 ta jinoyat fosh etilib, 684 tonna ko‘mir mahsulotlari talon-toroj qilinishining oldi olindi.

Ta’lim muassasalarida Navoiy asarlarini uzluksiz o‘rganish joriy etiladi
20 oktabr 2020, 09:54

Ta’lim muassasalarida Navoiy asarlarini uzluksiz o‘rganish joriy etiladi

2021 yilda O‘zbekistonda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlanadi. Barcha ta’lim muassasalarida shoir asarlarini uzluksiz o‘rganishni joriy etish rejalashtirilgan.

G‘oyadan iste’molchigacha: Zira brendlarni qanday mashhur qiladi
20 oktabr 2020, 09:53

G‘oyadan iste’molchigacha: Zira brendlarni qanday mashhur qiladi

Zira oshpazlik loyihasi tomoshabinlarning ishtahasini ochishga qodir, ularni xarid qilishga undovchi va brend mahsulotlarini xaridorgir qila oladigan reklamalarni yaratadi.

Andijondagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi
19 oktabr 2020, 22:54

Andijondagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi

Andijon viloyatining Baliqchi tumanida ikkita Nexia to‘qnashuvi natijasida ikki kishi olamdan o‘tdi, to‘rt kishi jarohatlandi.

Prezident 2021 yilgi davlat byudjeti parametrlarini muhokama qildi
19 oktabr 2020, 22:17

Prezident 2021 yilgi davlat byudjeti parametrlarini muhokama qildi

2021 yilda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda 600 ming ish o‘rnini legallashtirish, aholining tabiiy gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplash, qatnovlarni qayta tiklash hisobiga byudjetni to‘ldirish taklif qilinmoqda. Sog‘liqni saqlash sohasiga qariyb 20 trillion so‘m, shundan koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari uchun 3 trillion so‘m hamda dori-darmon xaridiga 1,8 trillion so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.

SSV — Zangiota kasalxonasida marhumlar jasadlarini olib chiqishdagi navbat haqida
19 oktabr 2020, 21:38 1

SSV — Zangiota kasalxonasida marhumlar jasadlarini olib chiqishdagi navbat haqida

Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh patologoanatomi Rajabboy Isroilov Zangiota kasalxonasida marhum bemorlarning qarindoshlari jasadning chiqarilishini kutayotgani aks etgan videoga izoh berdi.

Jamoat transportlarida beriladigan bir martalik qo‘lqoplar narxi ma’lum qilindi
19 oktabr 2020, 20:59

Jamoat transportlarida beriladigan bir martalik qo‘lqoplar narxi ma’lum qilindi

Toshkent transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayev yirik avtobus bekatlari va metroga kiraverishda katta hajmli axlat qutilari o‘rnatilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u poytaxtdagi jamoat transporti yo‘lovchilariga bepul tarqatiladigan bir martalik qo‘lqoplarning narxini oshkor qildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
19 oktabr 2020, 19:03

Jahon yangiliklari dayjesti

Isroil va Bahrayn o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgani, Norvegiyada koronavirusning yangi turi, COVID-19 holatlari qayd etilmagan Turkmanistonda fuqarolarni niqob taqishga chaqirilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev va Suma Chakrabarti uzoq muddatli islohotlarni ko‘rib chiqdilar
19 oktabr 2020, 18:52

Shavkat Mirziyoyev va Suma Chakrabarti uzoq muddatli islohotlarni ko‘rib chiqdilar

Prezident Shavkat Mirziyoyev maslahatchi Suma Chakrabarti ishtirokida uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan islohotlar dasturi yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi.

Navoiyda 4 mlrd so‘mga qurilgan bolalar bog‘chasi 8 oy o‘tib ta’mirtalab ahvolga tushdi
19 oktabr 2020, 17:05

Navoiyda 4 mlrd so‘mga qurilgan bolalar bog‘chasi 8 oy o‘tib ta’mirtalab ahvolga tushdi

Navoiy viloyati Konimex tumanidagi bolalar bog‘chasi 4 mlrd so‘mga ta’mirlangach, fevral oyida foydalanishga topshirilgandi. Oradan 8 oy o‘tgach, bog‘chaning ichki devorlari yorilishni boshlagan.

Arxeolog G‘ayratdin Xojaniyazov vafot etdi
19 oktabr 2020, 16:42

Arxeolog G‘ayratdin Xojaniyazov vafot etdi

O‘zbekiston Qahramoni, sobiq senator, arxeolog G‘ayratdin Xojaniyazov 72 yoshida olamdan o‘tdi.

Dunyo bo‘ylab COVID-19 bemorlari soni 40 mln kishidan oshdi
19 oktabr 2020, 15:54

Dunyo bo‘ylab COVID-19 bemorlari soni 40 mln kishidan oshdi

Dunyo mamlakatlari bo‘ylab COVID-19 infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 40 mln kishidan oshdi. Eng ko‘p bemorlar AQSH, Hindiston va Braziliyada qayd etilgan. COVID-19 qurbonlarining umumiy soni esa 1 mln 113 mingdan oshdi.

Hafta yarmidan boshlab havo salqinlashadi
19 oktabr 2020, 15:17

Hafta yarmidan boshlab havo salqinlashadi

21 oktyabr kuni respublikaning shimoliy hududlariga G‘arbiy Qozog‘iston orqali Volga bo‘yi ustidan vujudga kelgan sovuq va nisbatan nam havo massasi kirib keladi. Payshanba va juma kunlari esa salqin havo butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi va barcha hududlarida bulut qoplami ortishi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland-baland joylarda esa yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

O‘zbekistondagi OTMlarning yillik reytingi e’lon qilindi
19 oktabr 2020, 15:05

O‘zbekistondagi OTMlarning yillik reytingi e’lon qilindi

O‘zbekiston milliy universiteti OTMlar reytingida ketma-ket uchinchi yil o‘z yetakchiligini saqlab qoldi. Reytingda talabalarning mutaxassislik fanlaridagi bilim darajasi, professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy maqolalari soni va ish beruvchilarning bitiruvchilar haqidagi fikrlari hisobga olingan.

Oliy ta’lim muassasalari an’anaviy o‘qishni tiklashga tayyorgarlik ko‘rmoqda
19 oktabr 2020, 14:08

Oliy ta’lim muassasalari an’anaviy o‘qishni tiklashga tayyorgarlik ko‘rmoqda

O‘zbekiston OTMlarida an’anaviy ta’lim shakliga o‘tish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Yakuniy qaror talabalar va ularning ota-onalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan so‘rovnoma yakunlari hamda SES xulosalari asosida universitetlar kengashlari tomonidan qabul qilinadi.

Farg‘onada kamera ikki kecha-kunduzda 1364 nafar niqobsiz fuqaroni aniqladi
19 oktabr 2020, 13:12

Farg‘onada kamera ikki kecha-kunduzda 1364 nafar niqobsiz fuqaroni aniqladi

Farg‘ona viloyatida kuzatuv kameralari orqali bir kecha-kunduzda 156 nafar niqob rejimini buzgan shaxs aniqlandi. Mazkur holatlar bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, fuqarolarning yashash manziliga pochta orqali yuboriladi.

Reper Morgenshtern Mercedes-Benz`ni buxorolik yigitga topshirish uchun O‘zbekistonga kelmoqchi
19 oktabr 2020, 12:16

Reper Morgenshtern Mercedes-Benz`ni buxorolik yigitga topshirish uchun O‘zbekistonga kelmoqchi

Rossiyalik reper Morgenshtern Instagram`da e’lon qilgan tanlovda Mercedes-Benz o‘ynaldi va uni buxorolik yigit yutib oldi. Bastakor O‘zbekistondagi yopiq chegara va mashina narxiga teng «rastamojka»ni inobatga olgan holda avtomobilni yetkazib berishda yordam so‘radi.

Avtomobilning kanalga tushib ketishi oqibatida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi halok bo‘ldi
19 oktabr 2020, 12:09

Avtomobilning kanalga tushib ketishi oqibatida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi halok bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Angor tumanida Nexia avtomobilining kanalga tushib ketishi va yong‘in kelib chiqishi oqibatida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi voqea joyida vafot etishgan.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
19 oktabr 2020, 12:07

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 7 so‘mga qimmatlab, jami 10 371 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa pasaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting