Saidaxon Mirrahimova Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Samarqand viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Yaponiyaning yaqinda iste’foga chiqqan bosh vaziri Sindzo Abening o‘rniga uning yaqin sheriklaridan biri, hukumat bosh kotibi Yosixide Suga ushbu lavozimni egallashi ma’lum bo‘ldi. Yosixide Suga deputatlar tomonidan mamlakatda hukmron Liberal-demokratik partiyasining rahbari etib saylandi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi ikki nafar xodim koronavirus asoratlaridan vafot etdi. Qo‘shko‘pir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor D.Jabbarov 12 sentyabr kuni, Qo‘ng‘irot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik K.Akimov 14 sentyabr kuni olamdan o‘tgan.
Har yili dunyoda 800 ming kishi o‘z joniga qasd qiladi — bu har 40 soniyada bitta holat degani. Deyarli 80% holatlar daromad darajasi kam va o‘rtacha bo‘lgan mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. JSST Butunjahon o‘z joniga qasd qilishning oldini olish kuni munosabati bilan bu borada mamlakatlarga berilgan tavsiyalarni eslatib o‘tdi.
Chorshanba kunidan boshlab butun O‘zbekiston bo‘ylab haroratning pasayishi, shamol tezligining kuchayishi va qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shanba kunigacha kunduzgi harorat 27 daraja atrofida bo‘ladi.
Namanganda ikki nafar erkakni do‘pposlagan qizga nisbatan ochilgan jinoyat ishi tugatildi. Gulsanam Alijonovaning muqaddam sudlanmaganligi, jabrlanuvchilarning da’vosi yo‘qligi, Yoshlar ittifoqi kafilligini inobatga olib, jinoyat ishini tugatishga qaror qilindi.
AQSH milliy valyutasining rasmiy kursi 21 so‘mga qimmatlab, jami 10 295 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham bir oz ko‘tarildi.
Davlat test markazi ba’zi abituriyentlarning test natijalarini e’lon qilishda texnik xatoga yo‘l qo‘yilganini tan oldi. Hozirda muammo bartaraf qilingan va natijalar yangilangan, deya aniqlik kiritdi DTM.
14 sentyabrdan boshlab Toshkent shahridagi 318 ta maktabning atigi 141 tasi o‘quv yilini an’anaviy shaklda (ro‘yxat) qayta tiklamoqda. Qolgan maktablar «Onlayn-maktab» (telekanallar va dasturlar jadvali) darslari orqali boshlaydi.
O‘zbekiston va Shveysariya Gulnora Karimova hisoblaridan musodara qilingan pul mablag‘larini qaytarish shartlari bo‘yicha kelishuvga erishishdi. Mablag‘lar «xalq hayotini yaxshilashga sarflanishi», jarayon esa shaffoflik va hisobdorlik tamoyillari asosida tashkil etilishi lozim.
2022 yilda O‘zbekistondagi ta’lim sifati xalqaro PISA dasturi doirasida baholanadi. Rossiyalik mutaxassis Galina Kovaleva O‘zbekiston ta’lim sifatini baholashga tayyorgarlik ko‘rishda qanday yordam ko‘rsatilayotgani, postsovet ta’lim tizimlari tomonidan olingan «o‘rtacha ko‘rsatkichdan past» natijalar va qanday baholash natijalarini kutish mumkinligi haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
12 sentabr kuni O‘zbekistonda 578 kishining koronavirusga chalingani tasdig‘ini topdi. Jami holatlar esa 46 850 taga yetdi. Ayni paytda O‘zbekiston aniqlangan holatlar soni bo‘yicha MDH davlatlari orasida to‘rtinchi, dunyoda 57-o‘rinni egallab turibdi.
Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.
Škoda brendi O‘zbekiston bozoriga yetti kishilik Kodiaq krossoveri bilan kirib kelmoqda. Rossiyadagi zavodda ishlab chiqarilgan avtomobilni xaridorlarga oktyabrdan yetkazib berish boshlanadi.
Eng sara kotletlar va ularga mazali garnirlarni Zira.uz tayyorlab qo‘ygan ro‘yxatdan topishingiz mumkin.
O‘zbekistonda kun davomida 593 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 46,2 mingdan oshdi.
O‘zbekistonda yoshlar an’anaviy giyohvand moddalardan voz kechib, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar iste’moliga o‘tmoqda, deya ma’lum qildi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda qariyb 5900 nafar giyohvand moddalar iste’mol qiluvchi yoshlar ro‘yxatga olingan. Ularning katta qismi Andijon va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida.
“Xotin-qizlar va jurnalistlarga nisbatan sudlov mexanizmi tezkor va shiddatli bo‘lib, bor kuchi bilan ishlayotganini ko‘rish men uchun og‘ir. Erkaklar va amaldorlarga kelganda bu tizim ko‘pincha to‘xtab qoladi”, — dedi Saida Mirziyoyeva. U o‘g‘il farzandli bo‘lgani va ismi Shavkatjon ekanini ma’lum qildi.
11 sentyabrdan Qozog‘iston bilan muntazam aviaqatnovlar rasman tiklandi. Air Astana aviakompaniyasining Olmaota — Toshkent — Olmaota reysi samolyoti Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.
Toshkent shahri tarkibida Yangihayot, Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanlarini tashkil etish to‘g‘risidagi Oliy Majlis Senati qarorlari tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting