Prezident qarori bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi. Shuningdek, markazdagi xorijiy tadqiqotchi va izlanuvchilar uchun Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiya ta’sis etildi.
Karantinda saqlash muddati vrachlar kuzatuvi ostida davolash-profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirgan holda 7 kun etib belgilanadi. «Qizil», «sariq» va «yashil» reyslar ro‘yxati yangilandi.
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 15 avgustdan Chorvoq suv omborida cho‘milish va ko‘ngilochar vositalar borasida barcha cheklovlar yechilib, ulardan foydalanishga ruxsat berilganini ma’lum qildi.
COVID-19 bemorlari soni 183 nafarga ortib, jami 32837 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahri, Samarqand, Namangan, Sirdaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
O‘zbekistonda 17 avgustdan boshlab barcha diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar faoliyatiga ruxsat berildi. Bunda karantin qoidalariga qat’iy rioya etilishi shart. Juma namozini vaqtincha ado etmaslik belgilandi.
12 avgust kuni O‘zbekistonda 671 ta yangi koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 32,5 mingdan oshdi. Kun davomida 1569 nafar bemor sog‘aydi.
Jurnalist Bobomurod Abdullayev Bishkekda O‘zbekiston so‘roviga asosan qo‘lga olindi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi. Hozirda uning ekstraditsiyasi masalasi hal qilinmoqda.
Toshkentning yettita tumanida tibbiyot birlashmalariga yangi rahbarlar tayinlandi.
Prezident bosh vazir o‘rinbosariga har bir hududda «sanoat klasterlari» tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Xususan, Namanganda to‘qimachilik, Navoiyda qurilish materiallari, Toshkent viloyatida farmatsevtika, poytaxtda elektronika va mebel bo‘yicha «sanoat klasterlari»ni tashkil etish mumkinligi ta’kidlandi.
Toshkentning Chilonzor tumanida Labo yuk mashinasining reklama ustuniga borib urilishi oqibatida avtomobil yo‘lovchisi voqea joyida vafot etdi, haydovchi jarohat oldi.
Qibray tumanida murdasi sayohat jomadoni ichidan topilgan erkakni o‘ldirishda gumon qilinayotgan ikki kishi qo‘lga olindi.
Qozog‘iston hukumati 17 avgustdan boshlab BAA, Belarus, Germaniya, Niderlandiya, Misr, Ukraina va Rossiya Federatsiyasiga xalqaro reyslar tiklashga qaror qildi.
15 avgustdan boshlab karantin choralari yumshatiladi: shaxsiy va jamoat transporti harakati, qator faoliyat turlari, bozor va madaniy-ma’rifiy muassasalar ishini bosqichma-bosqich qayta tiklanadi. Belgilangan talablarga amal qilgan holda uyda 30 kishilik oilaviy marosimlar o‘tkazish mumkin bo‘ladi. 17 avgustdan hududlar o‘rtasida avtotransport qatnovi tiklanishi belgilandi.
Bosh vazir Abdulla Aripov So‘x tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchasi tashkil etilishini ma’lum qildi. Farg‘ona-So‘x yo‘nalishidagi aviaqatnovlarga «Humo AIR» aviakompaniyasining An-2 samolyoti hamda «Uzbekistan Helicopters» MCHJga qarashli MI-8 vertolyotlarini jalb qilish ko‘zda tutilmoqda.
Yarim yil davomida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga sub’ektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish yoki ularning aksiyalarini olish bo‘yicha bitimlarga oldindan rozilik berish bo‘yicha jami 64 ta murojaat kelib tushgan. Umumiy hajmi 1 trln so‘mga teng bo‘lgan ushbu bitimlarning 47,3 foizi xorijiy investorlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
2020 yilning birinchi yarmida Davlat mehnat inspeksiyasiga mehnat munosabatlari buzilganligi to‘g‘risida 12 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ularni o‘rganishi natijasida 3886 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 6,3 mlrd so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.
Shavkat Mirziyoyev inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. O‘zbekiston prezidenti o‘z tabrigida pandemiya va boshqa muammolar sharoitida yoshlar ovoziga quloq tutish, ularning huquqlarini ta’minlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda yoshlar ishtirokini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.
Google Android-qurilmalar uchun zilzilalar haqida ogohlantiradigan dastur ustida ishlayapti. Smartfon mini-seysmometr vazifasini bajarib, foydalanuvchilarni tabiiy ofat haqida ogohlantiradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda MIB Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘ining Milliy gvardiya xodimiga qo‘pollik qilib, uni haqoratlagani aks etgan videoyozuv tarqaldi. Ularning har ikkisiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Qabul test sinovlari o‘tkaziladigan joylarda abituriyentlarga barcha sanitariya-gigiyena sharoitlari yaratilishi va ularning xavfsizligi ta’minlanishi ma’lum qilindi. Shuningdek, respublika bo‘yicha bir kunda 100 mingga yaqin abituriyentni test sinovidan o‘tkazilishi qayd etildi. Test sinovlari birinchi smena uchun 08:00 da boshlanib, 10:00 gacha davom etadi va ikkinchi smena 17:00 da boshlanib, 19:00 da tugaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting