Baxtiyor Shomurodov Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi lavozimini tark etdi. Vaqtinchalik uning vazifasini hokimning birinchi o‘rinbosari Murod Isaboyev bajaradi.
Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o‘tgan yig‘ilishda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Raxmat Mamatov, shuningdek uning o‘rinbosarlari Botir Parpiyev va Azizbek Ikromovga hayfsan berildi. Bosh vazir kam ta’minlangan oilalarga bir martalik moliyaviy yordamni kechiktirgan ayrim mahalla raislarining harakatlarini tanqid qildi.
“Gazeta.uz” iqtidorli havaskor fotograflardan o‘tgan oylar davomida suratga tushirilgan O‘zbekiston ko‘chalaridagi hayot manzaralarini bo‘lishishni so‘radi.
Bekobodda MFY raisi mahallasida yashamaydigan va muhtoj bo‘lmagan 26 fuqaroga 101,5 mln so‘m nafaqa tayinlab, 31,6 mln so‘mini to‘lab bergani aniqlandi.
Kechki ovqat uchun «Go‘sht Say», «Qiymadan tayyorlangan qush uyasi», «Tovuqli toblatma» va yana boshqa mazali va qiziqarli taomlar Zira.uz tomonidan tuzilgan taomlar ro‘yxatida.
Juma kuni O‘zbekistonda 690 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 29 225 taga yetdi. Sog‘ayganlar 20 ming nafardan oshdi.
Senat Rossiyada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlari himoyasini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborishga qaror qildi.
Senatorlar yangi tahrirdagi «Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladilar. Unda davlat organlari vakolatlariga aniqlik kiritilib, ta’lim shakllari, pedagoglar, ta’lim oluvchilar va ota-onalarning huquq va majburiyatlari belgilandi.
Senat rahbari Tanzila Norboyeva oliy ta’lim tizimidagi korrupsiya tufayli O‘zbekistonning birorta ham oliygohi dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingiga kira olmaganini ma’lum qildi.
Senatning oltinchi yalpi majlisida yarim yillik faoliyati bo‘yicha hisobot bergan tashqi ishlar vaziri, jumladan, pandemiyasi sababli xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarga qo‘ldan kelgancha yordam ko‘rsatilayotganini ta’kidlar ekan, bu borada kamchiliklar ham borligini tan oldi. «Konsulxonaga hujum qilamiz, o‘t qo‘yamiz, konsulni osamiz, degan gaplar ham bo‘ldi», — dedi u.
Toshkent hokimiyati sogboling.uz saytini ishga tushirdi. Sayt yordamida koronavirus bilan og‘rigan bemorlar tibbiy xizmatlar sifatini baholashlari, muammolar yuzaga kelgan taqdirda, shikoyat qilishlari mumkin.
Koronavirusga chalingan abituriyentlar OTMlarga kirish imtihonlariga kiritilmaydi. Turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida qatnasha olmagan abituriyentlar uchun test sinovlari imtihonlardan 4 kun o‘tgandan keyin alohida o‘tkaziladi.
2020−2021 o‘quv yili uchun qabul test sinovlari 2 sentyabrdan boshlanib, 14 kun davomida o‘tkaziladi. Hozirda barcha binolar va stadionlarni jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Vrachlar malakasini oshirish instituti dotsenti Dilfuza Hasanova gripp bilan og‘riyotgan bemor qat’iy karantin choralariga rioya qilsa, unga virus yuqtirmasligini ma’lum qildi. Agarda bemor gripp bilan koronavirusni ham yuqtirib olsa, uning immuniteti pasayib, bu pnevmoniyaga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Senatorlar yangi tahrirdagi «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida» gi qonunni ma’qullashdi. Unda, jumladan, odam savdosidan jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar maxfiyligi kafolatlandi. Shuningdek, odam savdosiga qarshi kurashda NNTlar vakolat va vazifalari belgilandi.
Shanba va yakshanba kunlari aksariyat viloyatlarda harorat biroz pasayib, kunduzi 33−38, kechasi 20−25 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Yakshanba kuni tog‘li va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli yomg‘irlar kuzatilishi mumkin.
Twitter davlat bilan aloqador va davlat tomonidan boshqariladigan rasmiy akkauntlarga maxsus belgilar qo‘yishni boshladi. Hozirda maxsus belgilar, jumladan, TASS, Russia Today, Sputnik, China Xinhua News kabi OAVlar hamda Kremlning rasmiy akkauntlariga qo‘yilgan.
Prezident mutasaddilarga chekka hududlarni ham internet bilan ta’minlash hamda talabalar uchun arzonlashtirilgan internet trafiklarini ajratish bo‘yicha topshiriq berdi.
Sentabrdan boshlab 2, 3 va 4-kurs talabalariga o‘qish onlayn tarzda boshlanadi. Oktabr oyida 1-kurslar ham qabul qilib olingach, pandemiyaning yumshashiga qarab an’anaviy tizimga yana qaytish ehtimoli bor.
«Karantin choralari bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi keng targ‘ibot ishlarini kuchaytirishimiz, kasallikka chalinganlarni ishlab chiqilgan protokollar asosida davolash bilan birga normal hayotga qaytarishimiz, ya’ni iqtisodiyotimizni rivojlantirishimiz zarur», — deya ta’kidladi Senat raisi Tanzila Norbayeva.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting