Koronavirus bemorlari soni 206 nafarga ortib, jami 23078 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 130 nafari Toshkent shahrida, 40 nafari Buxoro viloyatida, 20 nafari Sirdaryo viloyatida, 9 nafari Qoraqalpog‘istonda, 7 nafari Toshkent viloyatida aniqlandi. Shu bilan birga, yana ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan Isroil Amanov vazifasidan ozod etilib, uning o‘rniga Muborak tumani prokurori vazifasida ishlab kelayotgan adliya maslahatchisi Samad Hasanov hokim lavozimiga ma’qullandi.
Senat qo‘mitasi majlisida IIVning birinchi yarim yillik bo‘yicha hisoboti tinglandi. Unga ko‘ra, ushbu davrda mamlakatda sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 95,2 foizi fosh etilgan. Shuningdek, oila-turmush doirasida tazyiqqa uchragan xotin-qizlarning 2776 nafariga «himoya orderi» berilgani ma’lum qilindi.
1 sentyabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 10 foizga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalar va 2 yoshgacha bo‘lgan bolaga qarash uchun nafaqa oluvchilar sonini oshirish ko‘zlanmoqda. Bu to‘g‘risidagi farmon yaqin orada imzolanishi rejalashtirilmoqda.
«Eng yirik IT-korporatsiyalar foydalanuvchilar ma’lumotlarini raqobatchilarini „yo‘q qilish“ uchun qo‘llashmoqda, bu kompaniyalar juda yirik», — deydi AQSH kongressmenlari. Shu masalada ushbu yirik kompaniyalar, Apple, Facebook, Google va Amazon rahbarlari Kongress savollariga javob berishdi.
Moliya vazirligi 2020 yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni taklif etmoqda. Xususan, mamlakat kafolati ostida jalb etish tashqi qarz chegarasini $1 mlrdga ($4 mlrddan $5 mlrdgacha) oshirish, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognozi hamda ularning xarajatlarini o‘zgartirish ko‘zlangan.
29 iyul kuni Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida mast holatda avtotransport boshqargan haydovchi profilaktika katta inspektorining o‘limiga sababchi bo‘ldi.
«Saxovat va ko‘mak» fondi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga jami 150 mlrd so‘m miqdorida moddiy yordam tarqatiladi. Hududlardagi sektor rahbarlari 2 kun muddatda ushbu mablag‘larni aholiga tarqatilishini ta’minlaydi.
Ulug‘bek Muhammadiyev Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori etib tayinlandi.
Xalq ta’limi vazirligi epidemiologik vaziyatga qarab yangi o‘quv yilini boshlash bo‘yicha uchta ssenariy ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi. Jumladan, maktablar odatiy tartibda o‘z faoliyatini boshlaydi yoki ta’lim onlayn tartibda davom ettiriladi yoki gibrid ssenariy bo‘yicha ta’lim ham onlayn tarzda ham sinf tizimida bo‘ladi.
O‘zbekistonda COVID-19 bemorlari soni 287 nafarga ortib, jami 22872 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Toshkent, Samarqand, Andijon, Surxondaryo, Navoiy, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.
500 ming nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi karantin cheklovlari sababli xorijiy mamlakatlarga ishlash uchun keta olmagan. Hozircha ularning 76 ming nafari ish bilan ta’minlandi, deya ma’lum qildi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi.
29 iyul kuni O‘zbekistonda 692 kishida koronavirus tasdiqlandi, 672 kishi esa infeksiyadan sog‘aydi. 5 kishi, jumladan, 22 yoshli homilador ayol olamdan o‘tdi. 172 bemorning ahvoli o‘ta og‘ir.
O‘zbekiston bosh davlat sanitar inspektori Nurmat Otabekovning koronavirusga chalingani tasdiqlandi.
Turli yillarda Intellektual mulk agentligi, Milliy kutubxona, prezident matbuot xizmatiga rahbarlik qilgan Asadjon Xodjayev Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga direktor etib tayinlandi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘tkazgan tekshiruvda Uzauto Motors «Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablarini buzgani aniqlanib, kompaniyaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
Toshkentning Olmazor tumanida Isuzu avtobusi omadsiz manyovr va yuk mashinasi bilan to‘qnashuv natijasida ag‘darilib ketdi. Jabrlanganlar yo‘q.
O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari tomonidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisiga deputatlik so‘rovi yuborildi. So‘rovda UzAuto Motors tomonidan «Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablariga rioya qilinishini tekshirish, avtomobillarga asosli narxlar qo‘yilishini nazorat qilish talabi qo‘yilgan.
O‘zbekistonda shu vaqtda qadar 234 nafar homilador ayolda koronavirus aniqlangani, ulardan 120 nafarining sog‘aygani ma’lum qilindi. Hozirda 2,5 mingdan ortiq homilador ayol karantin nazoratiga olingan.
Yarim yil ichida elchixonalarning bevosita yordami bilan 513 mln dollarlik 492 ta yangi eksport shartnomasi imzolandi. Viloyat hokimliklari bilan 814 mln dollarlik 106 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda — Senat TIVning iqtisodiy diplomatiya sohasidagi faoliyati natijalari bilan tanishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting