O‘zbekistonda COVID-19 bemorlari soni 275 nafarga ortib, jami 25828 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘istonda, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskayani qo‘llab-quvvatlash uchun 30 iyul kuni Minskda o‘tkazilgan miting 63 mingga yaqin odamni to‘pladi (huquq himoyachilarining ma’lumotlariga ko‘ra). Bu mamlakatdagi eng yirik mitingga aylandi.
Nukus shahrida Musa Yerniyazovning vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, marhumning oila a’zolariga va xalqqa chuqur hamdardlik bildirdi.
«Rahmatli Musa og‘a elni yaxshi ko‘rgan, halol, pok, or-nomusli inson edi. U kishiga juda ishonardim, Qoraqalpog‘istondan ko‘nglim to‘q edi». Shavkat Mirziyoyev Nukusga yetib keldi va Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi.
Qashqadaryo viloyati tumanlari va shaharlari hokimlariga 3 avgustdan boshlab karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yengillashtirish huquqi berildi. Qarshida 27 iyuldan boshlab ma’lum soatlarda transport qatnovi taqiqlangan edi. Endilikda bunga ruxsat beriladi, shuningdek, kiyim-kechak bozorlari, sartaroshxonalar, ovqatlanish korxonalari va boshqalar asta-sekin ochiladi.
Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov nega COVID-19dan Toshkentda davolanayotganligi haqidagi savollarga javob berdi. Unga ko‘ra, bu hokimlar ro‘yxatda turadigan prezident Administratsiyasi qoshidagi Tibbiyot bosh boshqarmasining talabi.
2 avgustdan 16 avgustga qadar O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga qaytarish bo‘yicha Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, BAA, AQSH, Xitoy va boshqa davlatlardan 24 ta charter reys tashkil etiladi.
31 iyul kuni O‘zbekistonda 738 kishida koronavirus aniqlanib, antirekord yangilandi.
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov vafot etdi. Oldinroq unda koronavirus aniqlangan edi.
30 iyul kuni O‘zbekistonda 686 kishida koronavirus tasdiqlangan bo‘lsa, sog‘ayganlar soni bo‘yicha rekord yangilandi — 743 nafar. Umumiy ko‘rsatkich 23 271 taga yetdi.
Koronavirus pandemiyasi sababli masofaviy tarzda o‘tkazilgan 52-Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘zbekistonlik 4 nafar o‘quvchi kumush va bronza medallari hamda diplom sohiblariga aylandi. Ta’kidlanishicha, bu yilgi olimpiadada o‘quvchilar laboratoriya kimyoviy tajribalarisiz, faqat nazariy bosqichni o‘tkazishdi.
Tez tibbiy yordam brigadalari xodimlarini mukofotlashga davlat byudjetidan 100 mlrd so‘m, Alisher Usmonov xayriya yordami mablag‘laridan — 100 mlrd so‘m ajratiladi.
Yakuniga yetayotgan iyul oyi avvalgi yillarga nisbatan unchalik ham issiq bo‘lmadi, tog‘li hududlarda esa yomg‘ir ko‘proq yog‘di. Iyulning oxirgi kunlari — avgust boshida mamlakat bo‘ylab harorat +30…+33 darajagacha pasayadi. Yozning oxirgi oyi qanday bo‘lishi to‘g‘risida — O‘zgidromet bosh sinoptigi sharhida.
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevga bir vaqtning o‘zida sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini ham bajaradi. Avvalroq SSV rahbari Alisher Shodmonovning davolanishda ekani xabar qilingan edi.
O‘zbekistonda a’zolari 1,7 mln nafardan ortiq bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratiladi. Buning uchun 380 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Shuningdek, Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yana 150 ming oila 1 mln so‘mdan yordam oladi.
Koronavirusdan davolanayotgan Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov og‘ir ahvolda, u O‘SV uskunasiga ulangan.
Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolovda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. U Toshkentda davolanmoqda.
Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev Toshkentdagi xususiy klinikada davolanmoqda, unga koronavirus tashxisi qo‘yilgan.
O‘zbekistonda eng kamida 540 nafar tibbiyot xodimi koronavirus infeksiyasiga chalingan. Ikki shifokorning COVID-19 sababli vafot etgani rasman qayd etilgan, deya xabar qildi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Sobirov.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida rejali davolash muolajalarini olayotgani xabar qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting