O‘zbekistonda COVID-19 bemorlari soni 249 nafarga ortib, jami 26550 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘istonda, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
O‘zbekistonda kun davomida 748 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar 26,3 mingdan oshdi. 755 kishi kasallikdan sog‘aygan bo‘lsa, SSV ma’lumotlariga ko‘ra, vafot etganlar soni 159 nafarni tashkil etmoqda.
Toshkentda bir nechta bank kartalaridan pul o‘g‘irlashda ayblanayotgan erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. U fuqarolarga bankomatdan naqd pul olishda yordam berish orqali kartalardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan.
O‘zbekistonda xorijlik fuqarolar uchun vizalarning amal qilish muddati avtomatik ravishda 1 noyabrgacha uzaytirildi.
Suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlariga suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish uchun subsidiya ajratiladi.
Ukraina poytaxtidagi «Leonardo» biznes markazida joylashgan bankda xodimni garovga olgan va bankni oyog‘iga boylangan bomba yordamida portlatib yuborish bilan tahdid qilayotgan shaxsning O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilmoqda. Ukraina xavfsizlik xizmatining tezkor guruhi tahdidchini qo‘lga olganini ma’lum qildi.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimining favqulodda vaziyatlarga chidamliligini mustahkamlash maqsadida 100 mln dollar ajratadi. Loyiha doirasida COVID-19ga qarshi samarali javob berish va test o‘tkazish tizimlarini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
Yomg‘irli va past haroratli qisqa muddatli davrdan so‘ng respublika hududida ob-havoning yana quruq va issiq bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 36−39 darajagacha ko‘tariladi.
«Temir xotin», «Shaytanat», «Ayollar saltanati» kabi filmlar ssenariy muallifi Mahmud To‘ychiyev 69 yoshida vafot etdi.
Toshkentlik ikki nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor (ayol) o‘tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan hayotdan ko‘z yumganlar soni 157 nafarga yetdi.
O‘zbekiston Qirg‘izistonga 2 ming tonna un, 45 tonna xlor, 200 dona pirometr va shaxsiy himoya vositalari yetkazib berdi. Insonparvarlik yordamining umumiy qiymati 560 ming dollarga teng.
«Temir daftar» o‘zi nima? Unga kimlar kiritiladi? U qanday shakllantiriladi? Ushbu savollarga Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva javob berdi.
Prezident qarori bilan Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali negizida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi. Shuningdek, agrar ta’limda bakalavriat yo‘nalishlarida kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tiladi va haftada 5 kunlik o‘qish tartibi o‘rnatiladi.
Karantin vaqtida aholining tibbiy madaniyatini rivojlantirishda ma’muriy usullarga emas, tushuntirish ishlariga urg‘u berish kerak edi, deydi tibbiy psixolog Abdullajon Begmatov. Uning fikricha, pandemiyaning odamlar hayotidagi psixologik ta’siriga ham kam e’tibor qaratilmoqda. Tibbiy psixolog koronavirusga qarshi kurashdagi kamchiliklar bo‘yicha o‘z fikrlarini «Gazeta.uz» bilan bo‘lishdi.
Yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 13,2% ni tashkil etdi. Ish bilan ta’minlanishga muhtojlar soni 1,94 mln kishigacha ortdi. Karantin choralari mehnat bozoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi, deya ta’kidladi Mehnat vazirligi.
IIV karantin choralari bekor qilinganidan so‘ng barcha masjidlarda fuqarolarning hech qanday cheklovlarsiz namozlarini jamoa bilan ado etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, vazirlik masjidda bolalar namoz o‘qishlari uchun hech qanday taqiqlar yo‘qligini eslatib o‘tdi.
Berlinda koronavirus pandemiyasi sababli qo‘yilgan cheklovlarga qarshi mitinglar bo‘lib o‘tdi. To‘qnashuvlar natijasida 45 politsiya xodimi jarohatlandi, 133 ishtirokchi hibsga olindi.
IIV Furqat tumanida IIO xodimlari maktab o‘qituvchisini o‘g‘irlikda gumon qilib qiynoqqa solganiga munosabat bildirdi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
AQSH milliy valyutasini rasmiy kursi 2 so‘mga qimmatlab, jami 10 209 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi 12 ming so‘mdan oshdi va rubl kursi esa deyarli 5 so‘mga (137,46 so‘m) tushdi.
SpaceX kompaniyasining Crew Dragon kosmik kemasi ikkita kosmonavt bilan birga ilk kosmik parvozidan keyin Yerga xavfsiz tarzda qaytib kelishdi. Missiya 64 kun davom etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting