O‘zbekiston va AQSh muhim foydali qazilmalar sohasida memorandum imzoladi
17 sentabr 2024, 15:28

O‘zbekiston va AQSh muhim foydali qazilmalar sohasida memorandum imzoladi

Toshkentda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida foydali qazilmalar sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Qayd etilishicha, ushbu hujjat geologiya-qidiruv va yuqori qiymatli mahsulotlar zanjirini yaratish yo‘lida ikki davlat muloqotini davom ettirishda muhim qadamdir.

O‘zbekistonda avgust oyida elektromobillar savdosi 2 baravar kamaydi
17 sentabr 2024, 15:17

O‘zbekistonda avgust oyida elektromobillar savdosi 2 baravar kamaydi

Avgust oyida yengil elektromobillar bozorida sotuvlar hajmi 1,7 ming donani tashkil etdi, bu avvalgi oyga nisbatan deyarli ikki baravar kam. Umumiy pasayishning 90 foizdan ortig‘i poytaxt ulushiga to‘g‘ri keldi, Toshkentda sotuvlar 66 foizga kamaydi. Umumiy avtomobil bozorida yillik pasayish davom etmoqda.

“O‘zbekiston Germaniya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik salohiyatini yanada to‘liqroq ro‘yobga chiqarishdan manfaatdor” — Shavkat Mirziyoyev
17 sentabr 2024, 14:51

“O‘zbekiston Germaniya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik salohiyatini yanada to‘liqroq ro‘yobga chiqarishdan manfaatdor” — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo — Germaniya” sammitida mintaqa va Germaniya o‘rtasida uzoq muddatli sheriklik konsepsiyasini qabul qilish, Yevropa bilan transport yo‘laklarini rivojlantirish, energetika bo‘yicha muloqotni yo‘lga qo‘yish kabilarni taklif qildi.

O‘zbekistonda chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish rejalashtirilmoqda
17 sentabr 2024, 14:13

O‘zbekistonda chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish rejalashtirilmoqda

Deputatlar chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish ko‘zda tutilgan qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi. Qonun bilan hayvonlarni hisobini yuritish, hayvonlarning nasli bilan bog‘liq va ularning sog‘ligi to‘g‘risidagi yagona elektron tizim yaratilishi belgilanmoqda.

“Germaniya O‘zbekistondan 800 nafar hamshirani qabul qilmoqda, ulardagi ish haqi kamida 2200 yevro” — bandlik vaziri
17 sentabr 2024, 13:16

“Germaniya O‘zbekistondan 800 nafar hamshirani qabul qilmoqda, ulardagi ish haqi kamida 2200 yevro” — bandlik vaziri

Bandlik vaziri Behzod Musayev O‘zbekiston va Germaniya temiryo‘l transporti, avtobuslar uchun haydovchilarni, shuningdek, hamshiralarni tayyorlab berishga kelishib olgani haqida so‘zladi. Uning ta’kidlashicha, bu yil Germaniyaga 800 nafar o‘zbekistonlik hamshira yuborilmoqda, ularning ish haqi — kamida 2200 yevro.

Kontrafakt Imudon dorisini ishlab chiqargan korxona jarimaga tortildi
17 sentabr 2024, 12:57

Kontrafakt Imudon dorisini ishlab chiqargan korxona jarimaga tortildi

Anestpharma kompaniyasi kontrafakt Nest Imudon dori vositasini ishlab chiqargani aniqlandi. Uning nomi va qadoqlanishi asl Imudon`ga o‘xshaydi. Avvalroq kompaniya soxta Magne B6 ishlab chiqargani uchun javobgarlikka tortilgandi.

Shaxmat Olimpiadasida o‘zbekistonlik erkaklar jamoasi yana yutdi, ayollar durang o‘ynadi
17 sentabr 2024, 12:49

Shaxmat Olimpiadasida o‘zbekistonlik erkaklar jamoasi yana yutdi, ayollar durang o‘ynadi

Budapeshtdagi Olimpiadaning oltinchi turida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Isroilni mag‘lub etib, 5-o‘ringa ko‘tarildi. Endi ular Ukrainaga qarshi bahs olib boradi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa Gollandiya bilan durang o‘ynadi.

O‘zbekistonda iste’molchilar aloqa kompaniyalari sifati va ortiqcha to‘lovlaridan shikoyat qilmoqda
17 sentabr 2024, 12:35

O‘zbekistonda iste’molchilar aloqa kompaniyalari sifati va ortiqcha to‘lovlaridan shikoyat qilmoqda

Respublika bo‘ylab iste’molchilar Uzmobile, Ucell, Mobiuz, Beeline va Humans aloqa kompaniyalari sifati hamda ortiqcha to‘lovlaridan shikoyat qilmoqda, deya ma’lum qildi Raqobat qo‘mitasi. Idora o‘rganishlar o‘tkazib, fuqarolarning 8 oy davomidagi 91,5 mln so‘mga yaqin mablag‘ini qayta hisob-kitob qilgan.

Ombudsmanga qo‘yilgan oliy ma’lumot va inson huquqlarini himoya qilish sohasida tajribaga ega bo‘lish talabi bekor qilinmoqda
17 sentabr 2024, 12:22

Ombudsmanga qo‘yilgan oliy ma’lumot va inson huquqlarini himoya qilish sohasida tajribaga ega bo‘lish talabi bekor qilinmoqda

Ombudsman lavozimi nomzodiga qo‘yiladigan yuksak axloqiy sifatlarga, oliy ma’lumotga, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida zarur tajribaga ega bo‘lish haqidagi talablar bekor qilinmoqda. Deputatlar ushbu norma aks etgan qonunni qabul qildi.

So‘rovnoma: Rahbarning xodimga zo‘ravonligi haqida odamlar nima deydi?
17 sentabr 2024, 11:53

So‘rovnoma: Rahbarning xodimga zo‘ravonligi haqida odamlar nima deydi?

“Gazeta.uz” muxbiri Toshkent shahrining ayrim hududlarida bo‘lib, ishxonada xodimini kaltaklagan yo unga qo‘pollik qilgan rahbarlar borasida odamlar fikri bilan qiziqdi. Ulardan shunday vaziyatda qanday harakat qilishi va mushtumzo‘r mas’ullarning ustidan shikoyat qilishga qanchalik tayyorligi haqida so‘radi.

Xorazmda 2,9 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalarni uyida saqlab kelgan fuqaro aniqlandi
17 sentabr 2024, 11:28

Xorazmda 2,9 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalarni uyida saqlab kelgan fuqaro aniqlandi

Urganchlik 41 yoshli shaxs kelgusida sotish maqsadida o‘z uyida 2,9 mlrd so‘mlik 64 452 dona noqonuniy dori vositalarni saqlab kelgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda fuqaro ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov ketmoqda. Uning aybi tasdiqlansa, fuqaro 5−8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Sirdaryoda chiqindi tashish xizmati aholiga 528,6 mln so‘m ortiqcha to‘lov hisoblagani aniqlandi
17 sentabr 2024, 10:58

Sirdaryoda chiqindi tashish xizmati aholiga 528,6 mln so‘m ortiqcha to‘lov hisoblagani aniqlandi

Sirdaryo viloyatida maishiy chiqindi tashish xizmatini ko‘rsatuvchi “Toza hudud” korxonasi salkam 150 ming iste’molchiga nisbatan 528,6 mln so‘m miqdorida ortiqcha to‘lovlar hisoblagani aniqlandi. Korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

UzAuto Motors bosh direktori Bu Andersson jarimaga tortildi
16 sentabr 2024, 23:57

UzAuto Motors bosh direktori Bu Andersson jarimaga tortildi

UzAuto Motors bosh direktori, shvetsiyalik Bu Andersson tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorliklarini o‘z vaqtida to‘lamagani uchun ish haqining 5 foizi miqdorida jarimaga tortildi.

Ohangaron o‘rmon xo‘jaligining ijaradagi 2 gektar yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
16 sentabr 2024, 23:35

Ohangaron o‘rmon xo‘jaligining ijaradagi 2 gektar yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkentda Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligining ijara asosida ajratilgan 2 ga yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bosh prokuratura departamenti yana 3 ta viloyatda noqonuniy yer sotish jinoyatlarini fosh qildi.

Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi
16 sentabr 2024, 23:14

Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zbekiston hukumati Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritdi. Ular fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va bunday tadbirlar vaqtida favqulodda vaziyatlarning oldini olishga doir chora-tadbirlarni kuchaytirishga qaratilgan.

Futzal JCH: Mundialda debyut qilgan Tojikiston Marokashga mag‘lub bo‘ldi
16 sentabr 2024, 22:18

Futzal JCH: Mundialda debyut qilgan Tojikiston Marokashga mag‘lub bo‘ldi

Futzal bo‘yicha mundialda O‘zbekistonga qo‘shni uchinchi mamlakat — Tojikiston ham o‘z yurishini boshladi. Ammo tojiklarning jahon chempionatidagi debyuti muvaffaqiyatsiz chiqdi — jamoa Marokashga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Buxoro va Toshkentda bo‘lib o‘tgan to‘rttala o‘yinning birortasida oltitadan kam gol urilmadi.

Toqayev Braziliya va Xitoyning Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatladi
16 sentabr 2024, 21:55

Toqayev Braziliya va Xitoyning Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatladi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Germaniya kansleri bilan uchrashuvda Braziliya va Xitoyning Ukrainadagi urushni hal qilish bo‘yicha tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatladi. Unga ko‘ra, urushning yanada avj olishi “tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga” olib keladi, “qo‘shni xalqlar esa tinch-totuv yashashi kerak”.

17-sentabrda Toshkentda ICTWEEK Uzbekistan 2024 ochiladi
16 sentabr 2024, 21:50

17-sentabrda Toshkentda ICTWEEK Uzbekistan 2024 ochiladi

17−20-sentabr kunlari Toshkentda ICTWEEK Uzbekistan 2024 haftaligi bo‘lib o‘tadi, u joriy yilda maydoni ikki baravar ko‘paygan ICT Expo ko‘rgazmasi, qator konferensiyalar va forumlar, tanlovlar va boshqa tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Shaharning turli burchaklaridan bepul avtobuslar qatnaydi.

Sotuvchini kaltaklagan Inbazar qorovuli 7 sutkaga qamaldi
16 sentabr 2024, 20:57

Sotuvchini kaltaklagan Inbazar qorovuli 7 sutkaga qamaldi

Inbazar kiyim do‘konining qorovuli sotuvchini so‘kib, kaltaklagani uchun 7 sutkaga qamaldi. Holatni “qolgan xodimlarga o‘rnak bo‘lishi uchun” videoga olgan katta menejerga esa 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Hafta davomida issiq harorat saqlanib qoladi
16 sentabr 2024, 20:25

Hafta davomida issiq harorat saqlanib qoladi

Ushbu haftada havo issiq va asosan quruq bo‘ladi, kunduzi harorat +30 darajagacha yetadi. Seshanba va payshanba kunlari ayrim hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting