Kun davomida 489 ta koronavirus holati aniqlandi
24 iyul 2020, 00:04

Kun davomida 489 ta koronavirus holati aniqlandi

O‘zbekistonda 23 iyul kuni 489 ta koronavirus holati aniqlanib umumiy ko‘rsatkich 18868 taga yetdi. Koronavirusdan vafot etganlar soni, SSV statistikasiga ko‘ra, 102 (+4) nafarni tashkil etmoqda.

Buxoro viloyatida 50 ta kislorod konsentratlari sotib olindi. Ularning narxlari qancha?
23 iyul 2020, 23:03

Buxoro viloyatida 50 ta kislorod konsentratlari sotib olindi. Ularning narxlari qancha?

Buxoro viloyati hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi uchun 12 million so‘mga 50 ta kislorod konsentratorlari sotib olinganligini e’lon qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda Alibaba saytida qurilmalarni uch baravar arzonroq sotib olish mumkinligini payqashdi.

Toshkent viloyatida COVID-19 bemorlari bilan muloqotda bo‘lganlar uchun qo‘shimcha joylar tayyorlanmoqda
23 iyul 2020, 21:43

Toshkent viloyatida COVID-19 bemorlari bilan muloqotda bo‘lganlar uchun qo‘shimcha joylar tayyorlanmoqda

Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar uchun sihatgoh, dam olish maskanlari, sog‘lomlashtirish lagerlari, kollejlar va litseylar yotoqxonalarida qo‘shimcha 12 mingdan ziyod zaxira o‘rni tayyorlanmoqda.

O‘zbekiston o‘z mudofaa-sanoat quvvatlarida T-64 tanklarini modernizatsiya qilmoqda
23 iyul 2020, 21:32

O‘zbekiston o‘z mudofaa-sanoat quvvatlarida T-64 tanklarini modernizatsiya qilmoqda

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlari ixtiyoridagi T-64 tanklari mamlakat mudofaa-sanoat majmuasi korxonalarida T-64MV darajasida modernizatsiya qilinmoqda.

Sement importi tartibi soddalashtiriladi
23 iyul 2020, 21:14

Sement importi tartibi soddalashtiriladi

O‘zbekistonga sement import qilish va uni erkin muomalaga chiqarish tartiblari soddalashiriladi. Shuningdek, 2020−2021 yillarda sement ishlab chiqarish bo‘yicha 1,2 mlrd dollarlik 18 ta loyiha ishga tushiriladi.

Pandemiyani jilovlashda qatnashganlar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlanadi
23 iyul 2020, 20:11

Pandemiyani jilovlashda qatnashganlar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev pandemiyani jilovlashda fidoyilik ko‘rsatgan bir guruh shifokorlar, IIV, FVV, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya xodimlari va boshqalarni faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini ma’lum qildi.

Prezident amaldagi karantin cheklovlarini uzaytirishga rozilik bildirdi
23 iyul 2020, 19:39

Prezident amaldagi karantin cheklovlarini uzaytirishga rozilik bildirdi

Prezident koronavirus yuqtirilishining oldini olish, o‘lim holatlarini keskin kamaytirish maqsadida amaldagi karantin cheklovlarini uzaytirishga rozilik bildirdi.

Aholi bandligi jadal sur’atlarda oldingi darajalarga qaytmoqda
23 iyul 2020, 18:02

Aholi bandligi jadal sur’atlarda oldingi darajalarga qaytmoqda

«O‘zbekiston fuqarolarini tinglash» loyihasi doirasida COVID-19 ning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotga ko‘ra, aholi bandligi jadal sur’atlarda oldingi darajalarga qaytmoqda. Shuningdek, iyun oyida mahalliy mahsulotlar tanqisligi kamaydi.

2020 yil boshidan buyon ma’muriy sudlar qariyb 150 ming ishni ko‘rib chiqdi
23 iyul 2020, 17:30

2020 yil boshidan buyon ma’muriy sudlar qariyb 150 ming ishni ko‘rib chiqdi

2020 yilning birinchi yarmida ma’muriy sudlar tomonidan 150 mingga yaqin ish ko‘rib chiqildi. Shulardan 120,5 ming nafar shaxsga nisbatan jarima, maxsus huquqdan mahrum etish, ma’muriy qamoqqa olish va O‘zbekiston hududidan chiqarib yuborish kabi ma’muriy jazolar qo‘llanilgan.

Yana 172 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 18703)
23 iyul 2020, 17:26

Yana 172 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 18703)

Koronavirus bemorlari soni 172 nafarga ortib, jami 18703 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 84 nafari Surxondaryo viloyatida, 65 nafari Toshkent shahrida, 16 nafari Namangan viloyatida hamda 7 nafari Toshkent viloyatida aniqlandi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.

Pandemiya sababli kambag‘allar soni ko‘payib, boylar soni kamaydi
23 iyul 2020, 16:59

Pandemiya sababli kambag‘allar soni ko‘payib, boylar soni kamaydi

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi davrida kambag‘al uy xo‘jaliklari soni 8 foizdan 21 foizga ko‘paygan, o‘rtacha va yuqori daromadli o‘y xo‘jaliklari soni esa 13 foizga kamaygan.

Andijonda Nexia-3 va ikkita Spark to‘qnashuvi natijasida 2 kishi halok bo‘ldi
23 iyul 2020, 16:44

Andijonda Nexia-3 va ikkita Spark to‘qnashuvi natijasida 2 kishi halok bo‘ldi

Andijonda Nexia-3 va ikkita Spark to‘qnashuvi natijasida birinchi Spark haydovchisi va uning onasi voqea joyida vafot etdi.

Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga xodimlar ishga qabul qilinadi
23 iyul 2020, 16:26

Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga xodimlar ishga qabul qilinadi

Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga anesteziolog-reanimatolog, infeksionist, epidemiolog va boshqa mutaxassislar ishga olinadi. Ikki haftalik ish faoliyati uchun 10−25 mln so‘mgacha maosh to‘lanadi.

Yarim yilda O‘zbekistonga 1,2 mln chet ellik keldi
23 iyul 2020, 15:32

Yarim yilda O‘zbekistonga 1,2 mln chet ellik keldi

Yarim yil davomida O‘zbekistonga 1,2 mln chet el fuqarosi tashrif buyurdi. Ular soni 2019 yilning mos davriga nisbatan 60 foizga kamaygan. Kelganlarning aksariyati MDH davlatlari fuqarolari bo‘lib, ular karantin cheklovlari o‘rnatishidan oldin mamlakatga tashrif buyurgan.

Asosiy stavka yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi
23 iyul 2020, 14:30

Asosiy stavka yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank bazaviy stavkani yiliga 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Yil oxirida inflyatsiya prognozi 11−12,5% darajasida saqlab qolindi.

Turkmaniston JST kuzatuvchisiga aylandi
23 iyul 2020, 14:19

Turkmaniston JST kuzatuvchisiga aylandi

Jahon savdo tashkiloti a’zolari Turkmanistonga kuzatuvchi maqomini berishni qo‘llab-quvvatladilar. Turkmaniston sobiq sovet respublikalari orasida JST bilan rasmiy munosabatlar o‘rnatgan oxirgi mamlakatga aylandi.

Xitoy Marsga ilk missiyasini boshladi
23 iyul 2020, 13:37

Xitoy Marsga ilk missiyasini boshladi

Xitoy Mars sayyorasini o‘rganish uchun Tianwen-1 zondini uchirdi. Sayyora yuzasiga chiqish uchun yetti oy kerak bo‘ladi. Agar missiya rejadagidek amalga oshirilsa, zond 2021 yilda Yerga birinchi ma’lumotlarni yuboradi.

Narxni oshirgan taksi haydovchilari jazolandi
23 iyul 2020, 12:45

Narxni oshirgan taksi haydovchilari jazolandi

Toshkentda karantin vaqtida yo‘l haqlarini oshirgan 25 ta yuridik korxona jarimaga tortildi va 64 ta yo‘nalishsiz taksining litsenziya varaqalari bekor qilindi.

Farg‘onada stikersiz taksi haydovchisi o‘zini osmoqchi bo‘ldi
23 iyul 2020, 11:49

Farg‘onada stikersiz taksi haydovchisi o‘zini osmoqchi bo‘ldi

Farg‘onada stikersiz taksi haydovchisi jarima maydonchasida daraxtga o‘zini osmoqchi bo‘ldi. Milliy gvardiya xodimlari uni to‘xtatib qoldi.

AQSHda qayta ishlatiladigan niqoblar yaratildi
23 iyul 2020, 11:21

AQSHda qayta ishlatiladigan niqoblar yaratildi

Massachusets texnologiya instituti muhandislari qayta ishlatish mumkin bo‘lgan, arzon va N95 respiratori bilan bir xil himoya qiladigan silikon niqob ishlab chiqishdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting