«Markaziy Osiyo — AQSH» (C5+1) videokonferensiyasi bo‘lib o‘tdi
1 iyul 2020, 11:13

«Markaziy Osiyo — AQSH» (C5+1) videokonferensiyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov «Markaziy Osiyo — AQSH» («C5+1») videokonferensiyasida ishtirok etdi. Tadbirda ishtirokchilar tomonidan bir qator mintaqaviy masalalar muhokama qilindi va alohida urg‘u Markaziy Osiyoning ekologik ahvolini yaxshilashga berildi.

Koronavirus bemorlari soni 8600 nafardan oshdi
1 iyul 2020, 10:05

Koronavirus bemorlari soni 8600 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 124 nafarga ortib, jami 8627 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 85 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, qolganlari Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘istonda, Toshkent, Buxoro va Xorazm viloyatlarida qayd etildi. Shundan 22 nafari aholi orasida aniqlandi.

Kun davomida 281 kishida koronavirus aniqlandi
30 iyun 2020, 23:50

Kun davomida 281 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus holatlari kun davomida 281 taga ko‘payib, rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Jami holatlar esa 8500 tadan oshdi.

Toshkentda koronavirusga chalingan qoraqalpog‘istonlik erkak vafot etdi
30 iyun 2020, 23:36

Toshkentda koronavirusga chalingan qoraqalpog‘istonlik erkak vafot etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 62 yoshli qoraqalpog‘istonlik erkak vafot etdi. O‘zbekistonda infeksiya asoratlaridan kun davomida ikki, umumiy 26 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Prezident — odil sudlov, korrupsiya, xususiy mulk himoyasi to‘g‘risida
30 iyun 2020, 23:17

Prezident — odil sudlov, korrupsiya, xususiy mulk himoyasi to‘g‘risida

Huquqni muhofaza qilish organlari rahbar xodimlari “Inson qadr-qimmati — eng oliy qadriyat” maxsus kursi bo‘yicha o‘qitiladi, deyiladi prezident ishtirokidagi yig‘ilishda. Davlat rahbari sud tizimini “bir sud — bir instansiya” tamoyili asosida qayta ko‘rib chiqish, “nazorat tartibida ishlarni ko‘rish” amaliyotidan voz kechish, yerga bo‘lgan huquqlar kafolatini kuchaytirish, odil sudlov va korrupsiya reytingini joriy etish, advokatlar rolini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Karantin davrini mehmonxonalarda o‘tash tartibi va narxlari e’lon qilindi
30 iyun 2020, 21:23

Karantin davrini mehmonxonalarda o‘tash tartibi va narxlari e’lon qilindi

Xorijdan kirib kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ixtiyoriy ravishda o‘z hisoblaridan mehmonxonalarda karantinga olish tartibi va narxlari belgilandi.

“Otam nohaq o‘ldilar” — koronavirusdan olamdan o‘tgan shifokorning qizi
30 iyun 2020, 21:16

“Otam nohaq o‘ldilar” — koronavirusdan olamdan o‘tgan shifokorning qizi

Koronavirusdan vafot etgan shifokor Alisher Uralovning qizi jiddiy kasalliklari bo‘lishiga qaramasdan, uni karantin markaziga majburlab jo‘natishganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘limning rasmiy sababi — miokard infarkti — noto‘g‘ri. U qabristonda otasining tobuti bilan koronavirus aniqlangan yana ikki kishining jasadini ham olib kelishganini qo‘shimcha qildi.

Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi
30 iyun 2020, 19:48

Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi

O‘zbekistonda yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi yangi organ — Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi.

Surxondaryoda ikki kishi avtomashina ichida yonib ketdi
30 iyun 2020, 18:07

Surxondaryoda ikki kishi avtomashina ichida yonib ketdi

Surxondaryo viloyatida Malibu va “VAZ 2101” avtomashinalari to‘qnashdi. Oqibatda “VAZ 2101"da yong‘in chiqib, uning salondagi ikki kishi hodisa joyida vafot etgan.

87 kishida koronavirus tasdiqlandi (jami — 8385)
30 iyun 2020, 17:04

87 kishida koronavirus tasdiqlandi (jami — 8385)

O‘zbekistonda yana 87 kishining koronavirus testi ijobiy chiqib, rasman tasdig‘ini topgan holatlar 8385 taga yetdi. Yangi holatlarning 72 tasi karantin markazlarida, 11 tasi Toshkent shahrida aniqlandi.

1 iyuldan ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul boshlanadi
30 iyun 2020, 16:46

1 iyuldan ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul boshlanadi

1 iyuldan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari va maktab-internatlariga yangi o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli boshlanadi. Pandemiya sharoitida hujjatlar onlayn qabul qilinadi.

Toshkentda elektromobillar asosida taksi xizmati yo‘lga qo‘yiladi
30 iyun 2020, 16:38

Toshkentda elektromobillar asosida taksi xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentda elektromobillarda taksi xizmatlari ko‘rsatiladi. Buning uchun Xitoydan 500 dona elektromobil xarid qilindi. Ular bir martalik quvvat bilan shahar ichida 419 km, katta trassada 540 km masofani bosib o‘tadi.

Koronavirusdan vafot etgan bemorning turmush o‘rtog‘i ham infeksiya sababli olamdan o‘tdi
30 iyun 2020, 16:20

Koronavirusdan vafot etgan bemorning turmush o‘rtog‘i ham infeksiya sababli olamdan o‘tdi

Jizzaxda koronavirus infeksiyasidan vafot etgan 72 yoshli otaxonning turmush o‘rtog‘i ham COVID-19 asoratlaridan vafot etdi. O‘zbekistonda ushbu infeksiya sababli olamdan o‘tganlar soni 25 nafarga yetdi.

Aholi orasida aniqlangan COVID-19 holatlari bo‘yicha ma’lumot berildi
30 iyun 2020, 16:09

Aholi orasida aniqlangan COVID-19 holatlari bo‘yicha ma’lumot berildi

28−29 iyun kunlari aholi orasida 46 kishida koronavirus aniqlandi. Jumladan, Toshkentdagi “Abu Saxiy”, “Megaplanet” va “Tashkent city"da infeksiya yuqtirish holatlari qayd etildi.

O‘zbekistonda poraxo‘rlik bilan bog‘liq jinoyatlar 2 barobarga oshdi (infografika)
30 iyun 2020, 15:32

O‘zbekistonda poraxo‘rlik bilan bog‘liq jinoyatlar 2 barobarga oshdi (infografika)

Yanvar-may oylarida O‘zbekistonda qayd etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41,9 foizga oshdi. Xususan, poraxo‘rlik va firibgarlik (tovlamachilik) bilan bog‘liq jinoyatlar 2 barobarga ko‘paygan.

Xalilillo To‘raxo‘jayev O‘zgeodezkadastr raisi bo‘ldi
30 iyun 2020, 13:36

Xalilillo To‘raxo‘jayev O‘zgeodezkadastr raisi bo‘ldi

Davlat xizmatlari agentligi direktori bo‘lib ishlab kelayotgan Xalilillo To‘raxo‘jayev Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
30 iyun 2020, 13:04 1

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori lavozimida ishlagan O‘ktam Salomov oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Namanganda voyaga yetmagan shaxs uch piyodani urib yubordi
30 iyun 2020, 12:46

Namanganda voyaga yetmagan shaxs uch piyodani urib yubordi

Namangan viloyatining Norin tumanida 16 yoshli o‘spirin Damas haydab ketayotib, uch ayol piyodani urib yubordi. Ulardan biri voqea joyida vafot etgan, ikkisi jarohatlangan.

1 iyuldan O‘zbekistonda karantin choralari kuchaytiriladi
30 iyun 2020, 12:11

1 iyuldan O‘zbekistonda karantin choralari kuchaytiriladi

1 iyuldan boshlab respublikaning barcha hududlarida bir qator cheklovlar joriy etilib, karantin choralari kuchaytiriladi. Xususan, koronavirus bemorlari toifalanadi va yangicha tartibda davolantiriladi, yirik buyum bozorlari shanba va yakshanba kunlari dezinfeksiya uchun yopiladi, «Qizil» va «sariq» hududlarda ayrim soatlarda jamoat joylarida harakat kamaytiriladi va jamoat transporti harakati kamaytiriladi.

Nukusda karantin choralari kuchaytiriladi
30 iyun 2020, 10:19

Nukusda karantin choralari kuchaytiriladi

30 iyun kunidan boshlab Nukus shahri “qizil” toifali hududga kiritilishi sababli shaharda bir qator cheklovlar qayta joriy qilinib, karantin choralari kuchaytiriladi. Xususan, shaharda jamoat transporti, buyum bozorlari, kafe-restoranlar, sartaroshxonalar, avtomaktablar faoliyati taqiqlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting