Mashhur UFC jangchisi Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng Moskvada vafot etdi. Unga koronavirus tashxisi quyilgandi.
Xorazmda 6 ming dollar bilan qo‘lga tushgan o‘qituvchidan 3,5 mingini olgan universitet o‘qituvchisi Toshkentda ushlandi
Hukumat sementni import qilish jarayonini soddalashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Sementga bo‘lgan talab va narxlarning oshishiga amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining faollashuvi va jadallashuvi hamda sement mahsuloti importi hajmining kamayganligi sabab bo‘lmoqda.
So‘nggi besh yil ichida elektronika chiqindilari dunyo aholisiga nisbatan uch baravarga, global YAIMga nisbatan esa 13 foizga tezroq o‘sdi. Uning beshdan biridan kamroq qismi qayta ishlanadi, qolgani esa chiqindixonalarga tashlanadi va atrof-muhitga, inson salomatligiga zarar yetkazadi.
O‘zbekistonda 127 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar soni 9326 taga yetdi. ayni soatlarda kasallik aniqlanganlar va davolanib chiqqanlar soni bo‘yicha bir xil ko‘rsatkich qayd etilmoqda.
Toshkentda koronavirus infeksiyasiga chalingan va surunkali kasalliklardan davolanib kelgan 59 yoshli bemor vafot etdi. O‘zbekistonda ushbu infeksiya asoratlaridan vafot etganlar soni 28 nafarga yetdi.
Toshkentning Uchtepa tumanida Spark haydovchisi mahalla ichida yo‘lga yugurib chiqqan ikki yashar qizchani urib yubordi. Bola tana jarohatlari olib, shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Dam olish kunlari tog‘ va tog‘oldi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Qolgan hududlarda havo harorati bir xil me’yorda — kunduzi 30−35 darajagacha issiq bo‘ladi.
Yil boshidan buyon o‘zbek korxonalari 6,1 mlrd dollarlik mahsulotlarni eksport qildi, biroq global bozorda talab va taklifning pasayishi qayd etilmoqda. Prezident pandemiyaning tashqi iqtisodiy faoliyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Ushbu choralar hisobiga eksport yil yakunlari bo‘yicha 17,1 mlrd dollarga yetishi mumkin.
Andeli elektr texnik jihozlarining O‘zbekistondagi rasmiy dilleri hisoblangan Stab.uz internet do‘koni o‘z mijozlariga 30 ta toifadagi 1500 dan oshiq mahsulot bilan tanishish, osongina sotib olish va uygacha yetkazib berish imkoniyatini yaratadi. Xaridor nafaqat qulay narx va sifat, balki rasmiy kafolatga ham ega bo‘ladi.
“O‘zbekiston 24” telekanali Yangiyo‘l tuman IIB xodimi 10 ming dollar, SamDU katta o‘qituvchisi va xodimi 6000 dollar hamda SamDCHU o‘qituvchisi 2000 dollar pora olayotganda ushlangani haqida xabar qildi.
O‘zFA O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari koronavirus RNKsini tez va arzonga ajratish usulini topgani ma’lum qilindi.
Project Hope ijtimoiy yordam tashkiloti O‘zbekistonga shaxsiy himoya vositalari, koronavirusni aniqlash testlari va 600 ming dollarlik miqdorda tibbiyot jihozlari yubordi.
Navoiylik tibbiyot xodimining prezidentga murojaatidan keyin olib borilgan o‘rganishlarda u faoliyat ko‘rsatayotgan shifoxonada ayrim xodimlarning koronavirusga chalingani tasdiqlandi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi, 2001−2009 yillarda O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi bo‘lib faoliyat olib borgan Mirsobit Ochilov vafot etdi.
“Sergeli” avtomobil bozorini Toshkent viloyatiga ko‘chirib, uning hududida Car Box Service avtomobillarga xizmat ko‘rsatish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Samarqand tumanidagi M-39 avtomobil yo‘lida MAN yuk avtomashinasi va Malibu yengil avtomashinasi to‘qnashuvi natijasida Malibu avtomashinasining 3 nafar yo‘lovchisi vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Koronavirus bemorlari soni 121 nafarga ortib, jami 9199 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 69 nafari Surxondaryo viloyatida, 48 nafari Toshkent shahrida va 4 nafari Toshkent viloyatida qayd etildi. Shundan 19 nafari aholi orasida aniqlandi.
COVID-19 bemorlari bilan aloqada bo‘lgan yoki birga yashab kelgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari Moskvada kasallik va infeksiyaga qarshi antitanachalar mavjudligini bepul tekshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Kasallanganlarni davolashadi, sog‘lomlariga esa ish joyiga qaytish uchun rasmiy tibbiy ma’lumotnoma beriladi.
2 iyul kuni O‘zbekistonda 297 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 9078 taga yetdi. Kunlik o‘sish borasida yangi rekord qayd etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting