O‘zbekiston xalqaro aviaqatnovlarni tiklaydi
14 iyun 2020, 17:08

O‘zbekiston xalqaro aviaqatnovlarni tiklaydi

15 iyundan boshlab O‘zbekiston xalqaro aviaqatnovlarni tiklaydi (reyslar “yashil”, “sariq” va “qizil” ga bo‘linadi). Chet elga ish, o‘qish, davolanish va boshqa maqsadlarda chiqish mumkin.

Kun davomida 128 kishida koronavirus aniqlandi
12 iyun 2020, 23:51

Kun davomida 128 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 128 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 4869 taga yetdi. Yangi holatlar karantin muassasalari, Toshkent shahri, Buxoro, Toshkent va Samarqand viloyatlarida qayd etildi.

Olmazorga yaqin hududda 150 ming aholiga mo‘ljallangan yo‘ldosh shaharcha barpo etiladi
12 iyun 2020, 23:44

Olmazorga yaqin hududda 150 ming aholiga mo‘ljallangan yo‘ldosh shaharcha barpo etiladi

Toshkentning Olmazor tumaniga yaqin hududda 150 ming aholiga mo‘ljallangan yo‘ldosh shaharcha va sanoat zonasi quriladi. “Chorsu bozori”, Zarqaynar, Sag‘bon, Sebzor, Qorasaroy, Go‘zalbog‘ va boshqa ko‘cha-mahallalarda, jami 482 gektar maydonda zamonaviy turistik, savdo va dam olish maskani — “ochiq osmon ostidagi muzey” barpo etiladi.

Prezident: Innovatsiya vazirligi yil oxirigacha natijalarni ko‘rsatishi kerak
12 iyun 2020, 23:18

Prezident: Innovatsiya vazirligi yil oxirigacha natijalarni ko‘rsatishi kerak

Prezident Talabalar shaharchasida barpo etilgan Innovatsion rivojlanish vazirligiga tashrif buyurdi. «Mamlakatimiz yuqori texnologik sohalar bo‘yicha dunyodan ortda qolib ketgan», — dedi va vazirlik yil yakuniga qadar aniq amaliy natijalar ko‘rsatishi kerakligini ta’kidladi.

Prezident — matematikani o‘qitishning yangi tizimi to‘g‘risida
12 iyun 2020, 22:55

Prezident — matematikani o‘qitishning yangi tizimi to‘g‘risida

Toshkentdagi Talabalar shaharchasidagi Matematika institutining yangi binosiga tashrifida ushbu fanni eski uslubini tanqid qilib, matematikada raqobat muhitini yaratish maqsadini qo‘ydi. Endilikda Matematika instituti bolalar bog‘chalari, maktablar va OTMlarda matematikani o‘qitishni muvofiqlashtiradi.

Pandemiya sharoitida futbol uchun yangi qoidalar. O‘zbekiston chempionati qaytmoqda
12 iyun 2020, 19:50

Pandemiya sharoitida futbol uchun yangi qoidalar. O‘zbekiston chempionati qaytmoqda

O‘zbekistonda pandemiya sharoitida futbol uchrashuvlarini o‘tkazish uchun bir qator vaqtinchalik talablar qo‘yildi. Jumladan, maydonga tupurish, qo‘l berib ko‘rishish, jamoa bo‘lib golni nishonlash kabilar taqiqlandi.

Sony kompaniyasi yangi Playstation 5 o‘yinlar konsolini namoyish etdi
12 iyun 2020, 18:38

Sony kompaniyasi yangi Playstation 5 o‘yinlar konsolini namoyish etdi

Future of Gaming onlayn-taqdimotida Sony kompaniyasi yangi Playstation 5 o‘yin konsolini taqdim etdi. Yangi konsol Dualsense o‘yin qurilmasi (geympad), pult, quloqchin, kamera va geympadlar uchun dok-stansiyaga ega. Shu bilan birga, kompaniya yangi o‘yinlar treylerini ham namoyish etdi.

Chirchiq «qizil» hududga kiritildi
12 iyun 2020, 18:15

Chirchiq «qizil» hududga kiritildi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahri «qizil» hududga kiritildi. Barcha blok-postlarda nazorat kuchaytirilgan.

Bobir Islamov yangi universitet rektori vazifasini bajaradi
12 iyun 2020, 17:41

Bobir Islamov yangi universitet rektori vazifasini bajaradi

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi Bobir Islamovga yangi tashkil etilgan Geologiya fanlari universiteti rektori vazifasini bajarish yuklatildi. U rektorlik faoliyatini qo‘mita raisligi bilan bir vaqtda bajaradi.

Koronavirus holatlari soni 4837 taga yetdi
12 iyun 2020, 16:39

Koronavirus holatlari soni 4837 taga yetdi

O‘zbekistonda yana 18 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar 4837 taga yetdi. Yangi holatlarning 16 tasi Toshkentda, 2 tasi esa Litvadan Chinozdagi chegara posti orqali kirib kelgan yuk tashuvchilarida qayd etildi.

20 dan ortiq aviakompaniyalar O‘zbekistonga uchishga tayyorligini bildirdi
12 iyun 2020, 16:31

20 dan ortiq aviakompaniyalar O‘zbekistonga uchishga tayyorligini bildirdi

“Aeroflot”, “Sibir”, Turkish Airlines, Fly Dubai, Korean Air, Asiana i Air Astana va boshqa aviakompaniyalar cheklovlar olib tashlanishi bilan O‘zbekistonga aviaqatnovlarni qayta yo‘lga ko‘yishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3700 nafarga teng bo‘ldi
12 iyun 2020, 15:50

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3700 nafarga teng bo‘ldi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni 63 nafarga ortib, jami 3700 kishiga teng bo‘ldi. Hozirda Respublika bo‘ylab shifoxonalarda 1100 bemor davolanmoqda, ularning 12 nafarini ahvoli og‘ir, 2 nafariniki esa o‘ta og‘ir ahvolda, deb baholanmoqda.

Qirg‘iziston va Turkmaniston bilan chegarada 2 ta ESZ tashkil etish rejalashtirilmoqda
12 iyun 2020, 15:07

Qirg‘iziston va Turkmaniston bilan chegarada 2 ta ESZ tashkil etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonning Qirg‘iziston va Turkmanistonga tutash hududlarida «Qo‘ng‘irot» va «Do‘stlik» erkin savdo zonalari tashkil etilishi mumkin. ESZlarning faoliyat muddati 30 yilga mo‘ljallanib, uning ishtirokchilariga soliq imtiyozlarini taqdim etish ko‘zda tutilgan.

Koreya xalqaro universitetida $11,9 mln dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
12 iyun 2020, 14:55

Koreya xalqaro universitetida $11,9 mln dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti tomonidan qiymati 11,9 million dollarlik uchta loyiha amalga oshiriladi. Mazkur universitetda talabalar amaliyotga maksimal tarzda yo‘naltiriladi va Koreyada o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Maktab bitiruvchilari OTMga hujjat topshirishda attestat taqdim etishlari shart bo‘lmaydi
12 iyun 2020, 14:53 3

Maktab bitiruvchilari OTMga hujjat topshirishda attestat taqdim etishlari shart bo‘lmaydi

2020 yilgi maktab bitiruvchilari OTMlarga hujjat topshirayotganda attestatni taqdim etishlari shart bo‘lmaydi. Baholar elektron bazaga to‘liq kiritilib, attestatlarga QR-kod qo‘yiladi.

Ikki nafar “Suvsoz” ishchisi quduqda zaharlanib vafot etdi
12 iyun 2020, 14:51

Ikki nafar “Suvsoz” ishchisi quduqda zaharlanib vafot etdi

Poytaxtning Yakkasaroy tumanida “Suvsoz” kompaniyasining ikki ishchisi kommunikatsiya qudug‘ida zaharli gazdan vafot etdi

Dam olish kunlari issiq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
12 iyun 2020, 14:30

Dam olish kunlari issiq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari respublika hududida issiq va quruq ob-havo hukmron bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi harorat 35−37 darajagacha ko‘tarilib, tunda 18−20 daraja atrofida bo‘ladi.

Xorazmdagi “samosud” bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
12 iyun 2020, 12:18

Xorazmdagi “samosud” bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Xorazmda bir guruh ayollar tomonidan “samosud” amalga oshirildi. Jabrdiyda ulardan birining oilasi bo‘lgan o‘g‘li bilan birga yashab kelayotgani va o‘rtada bir farzandi borligi ma’lum bo‘ldi.

«O‘zbekiston bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarni saqlashga intilamiz» — Qirg‘iziston prezidenti
12 iyun 2020, 11:13

«O‘zbekiston bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarni saqlashga intilamiz» — Qirg‘iziston prezidenti

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdorligini bildirdi va ikki mamlakt o‘rtasidagi munosabatlarni «uzoqdagi qarindoshdan, yaqindagi qo‘shni yaxshi», deya ta’rifladi.

FVV: Qirg‘izistondagi zilzila Andijonda sezildi
12 iyun 2020, 10:12

FVV: Qirg‘izistondagi zilzila Andijonda sezildi

3,4 magnitudalik zilzila Qirg‘izistonda sodir bo‘lib, uning ta’siri (2 ball) Andijon shahrida sezildi. O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi. Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting