Deksametazon og‘ir ahvoldagi koronavirus bemorlari orasida o‘lim holatlarini kamaytira olgan ilk dori vositasi deb topildi.
Davlat ulushi bor korxonalarni sotishdan oldin bozorga tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi UzAssets investitsiya kompaniyasi tashkil etiladi. Kompaniya, shuningdek, korxonalar faoliyatini kompleks tahlil qilish (due diligence), «benchmarking» usulida taqqoslash orqali rivojlanish prognoz ko‘rsatkichlarini belgilash bilan ham shug‘ullanadi.
Surxondaryoda karantin vaqtida to‘y o‘tkazish qoidalari buzilishi oqibatida 250 dan ortiq kishi karantinga olindi. Termiz ham kirib-chiqish uchun yopildi.
AQSH hukumati O‘zbekiston moliyaviy shaffofligini ta’minlashda sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirilganiga qaramay, haligacha bu soha minimal talablarga javob bermaydi deya baholadi.
1 avgustdan ikki yil muddatga uni uzaytirish imkoniyati bilan O‘zbekistonning barcha hududiy aeroportlarida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi.
AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatda bo‘lib o‘tgan ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng politsiya xizmatini isloh qilish to‘g‘risidagi ijroiy qarorni imzoladi. Qaror bilan, xususan, hibsga olish paytida mahbusni bo‘g‘ish taqiqlanadi.
Jamoat birlashmasi shaklidagi «O‘qituvchilar assotsiatsiyasi» nodavlat-notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Assotsiatsiya Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilib, uning asosiy maqsadi xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Koronavirus bemorlari soni 68 nafarga ortib, jami 5561 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 62 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida va 6 nafari Surxondaryo viloyatida aniqlandi.
Hukumat qarori bilan Odil Abduraxmanov yangi tashkil etilgan Toshkent davlat transport universitetining rektori etib tayinlandi.
Victory Investing kompaniyasining vakillari «UZINVEST.UZ» investitsion maydoni va sarmoya kiritishda uning afzalliklari haqida so‘zlab berishdi.
O‘zbekistonda bir kunda 230 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Shundan 196 nafari karantin muassasalarida, 20 nafari aholi orasida, 14 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar orasida qayd etildi.
O‘zbekistonda yana 165 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar 5493 taga yetdi. Yangi holatlarning 104 tasi Qashqadaryo viloyatida kasallikka chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lganlar orasida qayd etildi.
Prezident koronavirus infeksiyasining yengil shakllari aniqlangan yoki kasallik alomatlarisiz o‘tayotgan bemorlarni uy sharoitida ushlash va davolash amaliyotini joriy etishga topshiriq berdi.
Xizmat ko‘rsatish sohasiga 1 trillion so‘m yoki 100 million dollar ekvivalentida kredit resurslari ajratiladi. Maishiy, ta’lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya kabi sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalarni tashkil etish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha 1 milliard so‘mgacha miqdorda ajratiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazir o‘rinbosarlariga olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislarga boshlang‘ich yordam puli va uy-joy ajratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Toshkentda ikki hafta ichida aholi orasida 482 ta koronavirus holati aniqlangan, ularning 57 tasida virus qayerdan yuqtirilgani noma’lum. Prezident hushyorlik va mas’uliyatni o‘n karra oshirish lozimligini ta’kidladi.
Uzbekistan Airways Toshkentdan Urganchga va Nukusga aviaqatnovlar sonini ko‘paytirib, poytaxtdan Buxoroga reyslarni yo‘lga qo‘yadi.
Shuhrat Sattorov Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori etib tayinlandi.
21 iyun kuni O‘zbekistonda qisman quyosh tutilishi kuzatilishi mumkin. Mazkur astronomik hodisa Toshkent vaqti bilan 10:01 da boshlanadi, maksimum fazasi esa 11:24 da kuzatiladi.
O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 5328 taga yetdi. Yangi holatlar karantin markazlari hamda Toshkent shahri va Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting