Mudofaa vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
15 iyun 2020, 20:55

Mudofaa vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Alisher Narbayev va Zairdjan Bazarbayev mudofaa vazirining yangi o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlanishdi.

Xitoyda COVID-19: Pekinda fevraldan buyon ilk bor favqulodda holat e’lon qilindi
15 iyun 2020, 20:37

Xitoyda COVID-19: Pekinda fevraldan buyon ilk bor favqulodda holat e’lon qilindi

Pekinda so‘nggi ikki oy ichida ilk bor koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etildi. “Sinfadi” bozorida virus tarqalishi ro‘y berganidan keyin Pekin hukumati barcha dahalarda favqulodda holat e’lon qildi.

Sog‘aygan COVID-19 bemorlarini 14 kunlik reabilitatsiyaga jo‘natish amaliyotidan voz kechildi
15 iyun 2020, 19:19

Sog‘aygan COVID-19 bemorlarini 14 kunlik reabilitatsiyaga jo‘natish amaliyotidan voz kechildi

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarni davolagan tibbiyot xodimlari va davolanish kursini tugatgan bemorlarni reabilitatsiya kurslarisiz uylariga kuzatish boshlandi. SSV bu amaliyot dunyoda faqat O‘zbekistonda qo‘llanilgani va unga zarurat yo‘qligini ma’lum qildi.

«Huquqni muhofaza qilish organlari tizimini tubdan isloh qilish lozim» — Yuksalish
15 iyun 2020, 18:49

«Huquqni muhofaza qilish organlari tizimini tubdan isloh qilish lozim» — Yuksalish

«Yuksalish» umummilliy harakati Andijonda ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir etilgan holat yuzasidan tergov harakatlarini audio va video qayd etish tizimlari orqali olib borish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligini va ichki ishlar tizimini tubdan isloh qilish lozimligini ta’kidlab o‘tishdi.

Siyosiy partiyalar Andijondagi holat yuzasidan munosabat bildirishdi
15 iyun 2020, 18:33

Siyosiy partiyalar Andijondagi holat yuzasidan munosabat bildirishdi

“Adolat” va O‘zLiDep partiyalari siyosiy kengashi raislari hamda Ekologik partiyaning a’zosi Andijonda ichki ishlar xodimlari tomonidan hibsga olinib, qiynoqqa solinishi oqibatida vafot etgan fuqaro bilan bog‘liq hodisani qoralab, ichki ishlar tizimida tubdan islohotlar amalga oshirilishi lozimligini va qonun ustuvorligini ta’minlash kerakligini ta’kidlashdi.

Ukasining dorisi uchun dorixonaga chiqqan haydovchi aybsiz deb topildi
15 iyun 2020, 16:41

Ukasining dorisi uchun dorixonaga chiqqan haydovchi aybsiz deb topildi

Ma’muriy sud nogironligi bo‘lgan ukasi uchun dori olishga chiqqan haydovchini aybsiz deb topdi. U avtomashinasida stikersiz harakatlangani uchun 4,5 mln so‘m miqdorida jarimaga tortilgan, transport vositasi esa jarima maydonchasiga qo‘yilgan edi.

Namanganlik erkak xotini va 4 oylik chaqalog‘ini bolta bilan chopib o‘ldirdi
15 iyun 2020, 15:23

Namanganlik erkak xotini va 4 oylik chaqalog‘ini bolta bilan chopib o‘ldirdi

Namanganlik erkak xotini va uch qizini bolta bilan urib tan jarohatlari yetkazib, so‘ngra o‘zini yoqib yubordi. Turmush o‘rtog‘i va besh oylik qizi olamdan o‘tdi.

Metro faoliyatiga nima uchun ruxsat berilmayotgani tushuntirildi
15 iyun 2020, 14:54

Metro faoliyatiga nima uchun ruxsat berilmayotgani tushuntirildi

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov metrolardagi umumiy ventilyatsiya tizimi koronavirus infeksiyasi tarqalish xavfini oshirishi sababli metro harakatlanishiga ruxsat yo‘qligini ma’lum qildi.

Karimovaning O‘zbekistonga qaytarilgan 10 mln dollarlik aktivlari manbasi ma’lum qilindi
15 iyun 2020, 14:50

Karimovaning O‘zbekistonga qaytarilgan 10 mln dollarlik aktivlari manbasi ma’lum qilindi

Gulnora Karimovaning Fransiyadan qaytarilgan 10 mln dollarlik aktivlari Parij markazidagi uyini sotishdan kelib tushgani ma’lum qilindi. Ushbu mablag‘ning qaysi maqsadlarda sarflanishiga ham qisman aniqlik kiritildi.

Departament va DXX yer ajratish uchun fuqarolardan pul talab qilgan mutaxassisni ushladi
15 iyun 2020, 13:36

Departament va DXX yer ajratish uchun fuqarolardan pul talab qilgan mutaxassisni ushladi

Andijon viloyati kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direksiyasi xodimi uy qurish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun yer ajratish evaziga fuqarolardan pul olayotganda ushlandi.

Versal restorani 35 mlrd so‘mga sotildi
15 iyun 2020, 13:29

Versal restorani 35 mlrd so‘mga sotildi

Toshkentdagi Versal restorani binosi 35,33 mlrd so‘mga sotildi. Onlayn auksion 14 daqiqa davom etdi.

Koreyaga o‘qishga yuborish uchun fuqarolardan 20 ming dollar olgan firibgarlar ushlandi
15 iyun 2020, 13:05

Koreyaga o‘qishga yuborish uchun fuqarolardan 20 ming dollar olgan firibgarlar ushlandi

Asakada Koreyaga o‘qishga yuborish hamda viza olib berish evaziga fuqarolardan 20,3 ming dollar va 8 mln so‘m olgan o‘quv markazi faoliyatiga chek qo‘yildi.

Barcha tuman va shaharlar kesimida karantin hududlari ro‘yxati yangilandi
15 iyun 2020, 11:16

Barcha tuman va shaharlar kesimida karantin hududlari ro‘yxati yangilandi

Respublika maxsus komissiyasi shahar va tumanlar bo‘yicha karantin darajalarini qayta ko‘rib chiqdi. 13 iyun holatiga ko‘ra Toshkent “sariq” hududda qoldi.

Dollarning rasmiy kursi uch haftada birinchi bor arzonladi
15 iyun 2020, 11:11

Dollarning rasmiy kursi uch haftada birinchi bor arzonladi

Dollarning rasmiy kursi qariyb 1,29 so‘mga arzonlashdi va 10 151 so‘m etib belgilandi. Bu dollar kursining uch hafta davomida birinchi bor tushishi.

Koronavirus bemorlari soni 5100 nafardan oshdi
15 iyun 2020, 10:02

Koronavirus bemorlari soni 5100 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 23 nafarga ortib, jami 5103 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 8 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 11 nafari Toshkent shahrida aholi orasida va qolgan 4 nafari esa Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlandi.

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz Andijonda sodir bo‘lgan holatni qat’iy qoralaydi
15 iyun 2020, 09:42

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz Andijonda sodir bo‘lgan holatni qat’iy qoralaydi

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz ichki ishlar organlari xodimlarining Andijondagi qilmishlarini qat’iy qoralaydi va markaz tomonidan mazkur holat qat’iy nazoratga olingan.

«Sariq» va «yashil» hududlar o‘rtasida poyezd qatnoviga ruxsat beriladi
14 iyun 2020, 17:49

«Sariq» va «yashil» hududlar o‘rtasida poyezd qatnoviga ruxsat beriladi

Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra,"sariq" va «yashil» hududlar o‘rtasidagi poyezdlar qatnovi tiklanadi.

Davlat MTTlari 1 avgustga qadar ochilmaydi
14 iyun 2020, 17:41

Davlat MTTlari 1 avgustga qadar ochilmaydi

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati 1 avgustga qadar tiklanmaydi. Oldinroq, ular 1 iyul kuni ochilishi kutilayotgan edi. Shu bilan birga, xususiy MTTlarda mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etish to‘g‘risidagi cheklov bekor qilindi.

Karantin darajalari 1 avgustga qadar saqlanib qolinadi
14 iyun 2020, 17:25

Karantin darajalari 1 avgustga qadar saqlanib qolinadi

“Qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratish tartibi, shuningdek, kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati joriy yilning 1 avgustiga qadar saqlab qolinadi.

Koronavirus bemorlari soni 5000 nafardan oshdi
14 iyun 2020, 17:15

Koronavirus bemorlari soni 5000 nafardan oshdi

Tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 57 nafarga ortib, jami 5051 kishiga yetdi. Yangi holatlarning 14 nafari aholi orasida, 42 nafari karantindagilar orasida va 1 holat xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting