Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi Baxtiyor Boltaboyev vazifasidan ozod etildi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda uning xodimlarini so‘kayotgani tasvirlangan video tarqalgan edi.
Bosh vazir Abdulla Aripovning So‘x tumani aholisi bilan o‘tkazgan uchrashuvida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev tanqid qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda hokim “janjalkash” qishloqlarni So‘x tumani xaritasidan o‘chirib tashlashini aytgan audioyozuv tarqaldi. Viloyat hokimligining matbuot xizmati rahbari reytingi baland hokimlarni ham yoqtirmaydiganlar borligini ta’kidladi.
“Gazeta.uz saytida yaqinda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, aksariyat o‘quvchilar, ishonchni oqlamayotgan bo‘lsalar ham, O‘zbekistondagi mehribonlik uylari saqlab qolinishi kerak, deb hisoblaydi. Ular nima sabablarga ko‘ra bolalar uchun zararli va bolalarni qanday qilib oilaviy vasiylikka topshirish kerak? Dilmurod Yusupov bolalar uylarining kerakligi haqidagi afsonalarning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini asoslaydi.
Toshkentda Yaponiya raqamli universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Unga ko‘ra, universitetda ta’lim 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi, o‘qish jarayoni esa yapon va ingliz tillarida olib boriladi.
O‘zbekistonda koronavirus holatlari 32 taga ko‘payib, jami 3750 taga yetdi. Kun davomida 48 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.
Prezident topshirig‘i bilan bir guruh hukumat a’zolari va vazirlar So‘x tumaniga vertolyot orqali yetib kelishdi. Ular tumandagi muammolarni o‘rganib, ularni bartaraf etish bo‘yicha dastur ishlab chiqadi.
Toshkentda Korean and migrations xususiy bandlik agentligi mansabdor shaxslari ustidan ochiq sud jarayoni boshlandi. Sudlanuvchilar orasida ikki ayol va Janubiy Koreya fuqarosi ham bor.
AQSHda Jorj Floydning o‘limidan so‘ng boshlangan irqchilik va politsiyaning o‘zboshimchaligiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. O‘nlab shaharlarda komendandlik soati joriy etildi.
Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisaga yoqilg‘ini quyishda yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik sabab bo‘lgani aytilmoqda. Jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Bosh vazir Abdulla Aripov So‘x-Rishton yo‘li 2019 yil avgustida ochilganidan ikki kun o‘tib Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan YeOII talabi bilan yopilganini ma’lum qildi. Qirg‘iz delegatsiyasi bilan uchrashuvda yo‘lni qisqa muddatlarda ochish masalasi yana ko‘tarildi.
Qizil kitobga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan 2 mingdan ziyod yo‘rg‘a tuvaloqlar Qo‘ng‘irot tumanida tabiatga qo‘yib yuborildi.
«O‘zagrosug‘urta» tomonidan so‘nggi bir oy ichida tabiiy ofatlar uchun to‘langan sug‘urta tovoni qariyb 5 mlrd so‘mni tashkil qildi. Xususan, kompaniya mirzaobodlik tadbirkorning baliqchilik xavzasi va binolariga yetkazilgan zarar bo‘yicha 138 mln so‘mlik sug‘urta qoplamalarini to‘liq amalga oshirdi.
2 iyundan Buxoro viloyatidagi Shofirkon hamda G‘ijduvon tumanlarida shaxsiy avtotransport vositalari maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishi to‘xtatildi. Buxoro shahri hududiga boshqa shahar va tumanlardan stikersiz faqatgina kunning muayyan vaqtida kirib-chiqishga ruxsat berildi. Viloyatda yo‘nalishsiz taksi faoliyatida yo‘lovchi tashish uchun ruxsat beriladi.
Koronavirus bemorlari soni 16 nafarga ortib, jami 3718 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanganlarning 12 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida va 2 nafari yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan. Shuningdek, Toshkent shahri aholisi orasida 2 ta holat qayd etilgan.
Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida sodir bo‘lgan ikkita YTH natijasida 6 va 13 yoshdagi ikki bola vafot etdi.
IIV PPX va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasiga Azizxon Umarxonov boshliq etib tayinlandi. Bunga qadar u Toshkent IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Yaponiya hukumati O‘zbekistonga koronavirusga qarshi tezkor javob choralarini ko‘rishi uchun 1,9 mln dollar ajratmoqda.
O‘zbekiston hukumati Rossiya, Turkiya, BAA va Misrdagi vatandoshlarni olib kelish uchun yana to‘qqizta charter reysini tashkil etadi.
Janubiy Koreya O‘zbekistonga shpritsli nasoslar, antiseptika vositalari va tibbiyot karavotlarini yordam sifatida yubordi. 66 ming dollarga yaqin qiymatdagi yana bir yukning kelishi kutilmoqda.
Noyabr keksa yoshdagi sayohatchilar uchun turizm oyi deb e’lon qilindi. I guruh nogironligi bo‘lgan keksalar yilda bir marta bepul sayohat qilishlari mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting