Mudofaa vazirligi Sport klubi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markaziga aylantiriladi. Markaz mustaqil boshqarma sifatida armiyada ommaviylashtirilayotgan sport turlarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
Surxondaryodagi eng oxirgi COVID-19 bemori sog‘ayib, viloyat koronavirusdan xoli hududga aylandi. Infeksiyadan sog‘ayganlar soni 2369 nafarga yetdi.
O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 47 taga oshdi va jami 2927 taga yetdi. Yangi holatlarning 28 tasi karantindagilar, 19 tasi xorijdan kelganlar orasida aniqlandi.
Xalq qabulxonalariga suv toshqinidan zarar ko‘rgan fuqarolardan 1,1 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 89 foizi joyida hal qilindi. Shuningdek, vaqtincha ko‘chirilgan oilalar holidan muntazam xabar olinib, ularning kunlik ehtiyojlari qondirilmoqda.
Britaniyaning Kembrij universiteti keyingi o‘quv yilini ham to‘liq onlayn shaklga o‘tkazishga qaror qilgan dunyodagi birinchi oliy ta’lim muassasasi bo‘ldi.
Sirdaryo viloyatida ochiq maydonda yoqilayotgan buyumlarning suv bosgan uylardan olib chiqilgani va foydalanishga yaroqsiz ekani ma’lum qilindi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda xayriya uchun yuborilgan buyumlar yoqib yuborilayotgani xaqida xabarlar tarqalgan edi.
Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi “tramadol” savdosiga chek qo‘yildi.
Falastin prezidenti Isroil hukumati Falastin yerlarini o‘ziga qo‘shib olmoqchi bo‘lgani uchun Isroil va AQSH bilan tuzilgan barcha kelishuvlardan chiqilishi haqida e’lon qildi.
Prezident qaroriga binoan, 2021 yil 1 yanvargacha import qilinadigan yangi qurilish va maxsus texnikalar hamda yuk tashish transport vositalari bojxona to‘lovidan ozod etiladi. Bundan tashqari, 1 iyuldan 2023 yil 1 iyulgacha import qilinadigan beton quyish qoliplari, beton tayyorlash mashina va mexanizmlarini olib kirish uchun qo‘yilgan bojxona to‘lovlari ham bekor qilinadi.
O‘zbekistonda aprel oyi davomida 336 ta YTH sodir bo‘lib, ular oqibatida 76 nafar kishi vafot etgan. Aksariyat YTHlar haydovchilar tomonidan belgilangan tezlikka rioya qilmaslik va ularning ehtiyotsizligi sababli sodir etilgan.
Koronavirus bemorlari soni 25 nafarga ortib, jami 2880 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 529 kishi davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 48 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 528 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.
Mirali Hamroyev Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo‘jaligi vazirlari onlayn yig‘ilishda pandemiya davrida oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov joriy yilda maktablarda yakuniy imtihonlar o‘tkazilmasligini ma’lum qildi. Maktablarga o‘quv yili davomidagi o‘zlashtirishga qarab yakuniy baholarni qo‘yish tavsiya etildi.
O‘zbekistonda kun davomida 64 ta yangi koronavirus holati qayd etilib, jami 2855 taga yetdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev hozirgi kunga qadar 39 ming nafar fuqaro mamlakatga qaytarilganini ma’lum qildi. Yana 12 ming nafar fuqaro horijdan qaytarilishi rejalashtirilmoqda.
“Birorta tadbirkorning mulki noqonuniy olib qo‘yilsa, hokim faqat ishdan ketish bilan qutulmaydi, balki qonun oldida javob beradi”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. Biznes-ombudsman tadbirkorlar huquqi va mulk daxlsizligini buzgan tuman va shahar hokimlari to‘g‘risida hukumatga ma’lumot kiritib boradi.
Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida o‘zini o‘zi band qilgan 60 dan ziyod kasb egalari daromad solig‘idan ozod qilinishi haqida ma’lumot berildi. Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun telefon orqali soliq idoralarini xabardor qilish kifoya.
25 maydan Bishkekdagi jamoat transporti o‘z ishini qaytadan boshlaydi. Yo‘lovchilar masofa saqlashlari va niqob kiyishlari kerak.
KOICA Sirdaryo viloyatida suv toshqinidan jabrlanganlarga insonparvarlik yordami yubordi. Yuk tarkibidan shaxsiy gigiyena vositalari, birlamchi mahsulotlar va bolalar ozuqlari o‘rin olgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting