Pensionerlarga bank xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida xizmat ko‘rsatadigan banklarni tanlash imkoniyati beriladi. Markaziy bank pensiya mablag‘larini yagona bank orqali pensionerlarga yetkazish tizimining samarasiz ekanligi va bu amaliyotdan voz kechish lozimligi bo‘yicha xulosaga kelgan.
Toshkent viloyati hokimligi viloyatda koronavirus infeksiyasiga qarshi olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Jumladan, “Bilayn” kompaniyasining 91 nafar ishchisi Yuqori Chirchiq karantin poligoniga joylashtirilgani ma’lum qilindi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yerni noqonuniy tortib olgan mansabdor shaxslar uchun javobgarlik kiritilmoqda. Qoidabuzarlik takror sodir etilsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Senatorlar MJTK va JKga tuzatishlar kiritilishini ma’qulladi.
Prezident topshirig‘i bilan Dubay, Minsk, Seul va Dehliga charter reyslar tashkil etildi. 8−10 may kunlari O‘zbekistonga 800 nafardan ziyod fuqaro qaytarildi. Frankfurtdan reys amalga oshirilishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda tashkil etiladigan Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi mustaqil huquqni muhofaza qilish organi maqomida bo‘ladi. U parlament a’zolari, prezident adminstratsiyasi, hukumat a’zolari va boshqa mansabdor shaxslar ishini ham o‘rganadi. “Maishiy korrupsiyadan elitar korrupsiyani o‘rganish darajasiga chiqiladi”, — deya ma’lum qildi bosh prokuror.
Zarafshonda koronavirus bilan kasallanishning yangi o‘choqlari vujudga kelgani munosabati bilan shahar «qizil» toifali hududga o‘tkazildi.
Prezident ijtimoiy ob’ektlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash, tezkor mobil internet qamrovini yil yakunigacha 90 foizga yetkazish hamda 30 million dollarlik «data sentr» qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Eng zarur bo‘lgan davlat xizmatlari tezkor ravishda elektron shaklga o‘tkaziladi.
“Biz hozir birovdan qochib yoki birovga qarshi bu yerga [YeOIIga] a’zo bo‘lib kirayotanimiz yo‘q”. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov YeIH va YeOII bilan hamkorlik o‘rtasidagi “prinsipial farqni” aytib o‘tdi. TIV o‘rinbosari Ilhom Ne’matov YeOIIda qatnashish boshqa davlatlar bilan munosabatlarning yomonlashishiga olib kelmasligini ta’kidladi.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 29 taga oshib, jami 2482 taga yetdi.
Qirg‘iziston Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishidan jabrlangan sirdaryoliklarga insonparvarlik yordami yubordi.
Toshkentdagi Farhod avtomobil ehtiyot qismlar bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorda isitma aniqlangani sababli bozor faoliyati to‘xtatilib, sanitariya kuni e’lon qilindi.
Janubiy Koreya yuborgan insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasi Toshkentga yetib keldi. Yuk tarkibidan qariyb 192 ming dollarlik tibbiy vositalar o‘rin oldi.
13 maydan butun mamlakat bo‘ylab momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati +18…+23 darajagacha tushadi, bu — may oyi uchun o‘rtacha ko‘rsatkichlardan past.
Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tomorqadan oqilona foydalanish bo‘yicha tuzatishlar kiritishni ko‘zda tutgan qonunni rad etdi. Senatorlar fikricha, qonundagi noaniq tushunchalar korrupsiyaga olib kelishi mumkin.
Senat ko‘pchilik ovoz bilan O‘zbekistonning YeOII bilan kuzatuvchi davlat sifatida hamkorligini ma’qulladi. 100 senatordan 91 nafari ovoz berishda ishtirok etdi. Ulardan 71 nafari qarorni ma’qulladi, 16 kishi «qarshi», 4 kishi betaraf bo‘ldi.
Senatorlar “Salomatlik” ordeni (ikki darajadan iborat) va “Sog‘lom turmush” medalini ta’sis etishni ma’qulladi. Ular sog‘liqni saqlash va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda munosib hissa qo‘shganlarga taqdim etiladi.
Avvalroq karantin choralarini yumshatgan Janubiy Koreya, Xitoy va Germaniyada koronavirus bilan kasallanish holatlari soni oshgani qayd etildi. Dunyo bo‘yicha COVID-19 holatlari soni 4 milliondan oshdi.
AQSHda ishsizlik darajasi 1930 yillardagi “Buyuk Depressiya” davridan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetmoqda — 14,7 foiz. Donald Trampning ikki yuqori darajali iqtisodiy maslahatchilari AQSHda koronavirus pandemiyasi davom etavergan holda ishsizlik darajasi ko‘tarilashi va iyun oyida ishsizlik ko‘rsatgichi 20 foizgacha yuqorilashi mumkinligini ma’lum qilishdi.
2020−2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida Britaniya menejment universiteti faoliyat olib boradi. Ta’lim ingliz tilida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Universitetda loyihalarni boshqarish, tadbirkorlik va innovatsiyalar hamda raqamli iqtisodiyot kabi ta’lim yo‘nalishlari mavjud bo‘ladi.
Namangan viloyatida 16 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1897 kishiga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting