Poytaxt aeroportining bojxonasi Misrdan uchib kelgan ayoldan Nil timsohi, iguana va piton bolalarini olib qo‘ydi. Noto‘g‘ri tashilgani sabab jonivorlarning ahvoli qoniqarsiz. Ushbu sudralib yuruvchilarning umumiy bahosi taxminan 77 mln so‘m ekani aytilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Yangihayot tumanida ko‘tarma kran qulagani haqida xabarlar tarqaldi. FVV hodisa Sergelida yuz berganini ma’lum qildi. Sergeli hokimligi kran qulagan vaqtda unda odam bo‘lgani haqidagi gap-so‘zlarni rad etdi. Qurilish mas’ullariga ko‘ra, qulagan kran endi utilizatsiya qilinadi.
IIV «xalqaro terrorchilik tashkilotlari ta’sirida» 2021 yili Suriyaga borib, u yerda jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan ikki fuqaro qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarilganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ular «O‘zbekistonga qarshi o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda» ayblanmoqda.
Kasaba uyushmalari federatsiyasida bolalarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashuvchi jamg‘arma va departament ochiladi. Uyushma a’zolarining farzandlari dam olishi uchun xarajatlarning 600 ming so‘mi shu jamg‘armadan qoplanadi. Mahalliy budjetning prognozdan ortgan qismidan 10 foizi har chorakda jamg‘armaga o‘tkaziladi.
Senatning 19 noyabrdagi majlisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shuxrat Polvanov Oliy sud raisi o‘rinbosari etib saylandi. Shu majlisda Gulnora Mirzayeva, Abdikamal Abdikarimov va Askar Bekmanov Oliy sud sudyaligiga saylandi.
Toshkentda Assalom Havo turar joy majmuasi qurilishi rejalashtirilgan maydonda 16 ta daraxt noqonuniy kesib tashlangan. obyekt quruvchisi sifatida Yangi Zamon Bino kompaniyasi ko‘rsatilgan, uning hammuassislaridan biri — «O‘zbekiston temir yo‘llari»dir. Yetkazilgan zarar 3,5 mlrd so‘mga baholanmoqda.
Juma kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 92 ta holat qayd etildi, ushbu holatlarining 71 tasi Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan. Bir kun avval 69 kishining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natijani bergandi.
Folgada pishirilgan baliq, rangdor gulmohi balig‘idan steyk, baliqli kotletlar, pomidor va tunets balig‘idan tayyorlangan pasta, tunets balig‘idan salat va boshqalar — Zira.uz noodatiy taomlarni xush ko‘ruvchilar uchun baliqdan tayyorlangan taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Yakshanba kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Bu safar qozoq xalqida barcha nomzodga qarshi ovoz berish imkoniyati ham mavjud. Qozog‘iston davlat maslahatchisi Erlan Karin jurnalistlar bilan uchrashuvda muxolifatni «mazkur siyosiy o‘zgarishlarning hammuallifi» deb atadi.
18 noyabr kuni Salam Air aviakompaniyasi Maskat-Namangan-Maskat yo‘nalishi bo‘yicha yangi parvozlar qatnovini yo‘lga qo‘ydi. Juma kuni kompaniyaning A-320 rusumli samolyoti Namangandan Maskat shahriga 184 nafar yo‘lovchini olib ketdi.
Prezident «Yashil makon» loyihasini kengaytirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Unda atmosfera havosi ifloslangani haqida ham so‘z bordi. Ko‘chatlar ekish va parvarishlash jarayonlariga O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini yagona mas’ul tashkilot etib belgilash taklif etildi.
Rossiyaning Tambov viloyatida qiz bolani o‘ldirganlikda gumon qilinib 25 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Qizning pichoqlangan jasadi Moskvada topilgan. Bir kun oldin jabrlanuvchi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, ta’qib etilayotgani haqida xabar bergan.
O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari ko‘magida raqamli tarmoqlar, jumladan, suv osti va yer usti optik tolali kabellar hamda himoyalangan kosmik aloqa tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha Yevropa bilan hamkorlik qilishga tayyor, deya ma’lum qildi tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov.
Bosh prokuratura oxirgi 3 yilda 464 ta sport muassasasida davlat budjetidan ajratilgan 27 mlrd so‘m mablag‘ talon-toroj qilinganini qayd etdi. Shundan 10 mlrd so‘mi undirilib, 431 nafar shaxsning buzilgan huquqi tiklandi. Holatlar bo‘yicha 66 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
AQSh elchisi Jonatan Xenik O‘zbekistondagi xorijiy investorlar uchun to‘siqlar va imkoniyatlarni sanab o‘tdi. «Ochig‘ini aytaman, qonun ustuvorligi, intellektual mulkni himoya qilish va korrupsiya bilan bog‘liq muammolar hali ham mavjud, biroq plyuslar orasida o‘qimishli mutaxassislar va katta bozor bor», — dedi u.
Samarqand tumanida 26 yoshli ayol qaynonasiga «achchiq qilib», o‘zi va bolalarini suvga tashladi. Oqibatda bolalarning ikki nafari halok bo‘lgan. Voqeadan so‘ng viloyat IIB boshlig‘i ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda «mahalla mutasaddilarining faoliyati qoniqarsiz» deb baholangan.
Juma kuni bo‘lib o‘tgan Senatning navbatdagi yalpi majlisida moliya vaziri Timur Ishmetov 2023 yil 1 yanvardan davlat xaridlari portali yangi shaklda ishga tushishini ma’lum qildi. Majlisda vazir davlat budjetini shakllantirishda barcha vazirlik va idoralarni intizomli harakat qilishga chaqirdi.
Senatorlar o‘zbek-qirg‘iz chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomani hamda Andijon (Kampirobod) suv omborini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunlarni ma’qulladi. Ushbu qonunlar parlament quyi palatasi tomonidan 14 noyabr kuni qabul qilingan edi.
Afg‘onistondan O‘zbekistonga o‘tgan yili olib o‘tilgan harbiy aviatexnika kelajagiga doir muzokaralar hamon davom etmoqda. Bu haqda AQShning Toshkentdagi yangi elchisi Jonatan Xenik ma’lum qildi. «Bu borada qaror qabul qilinganicha yo‘q», — dedi u.
Prezident qarori bilan 2023 yil 1 yanvarga qadar qurilish obyektlarini ro‘yxatga olishdan boshlab, foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar raqamlashtiriladi. «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimining mobil ilovasi yaratiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting